Aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş işlarining holati örganildi
Ijtimoiy obʼektlarining doimiy hamda uzluksiz işlaşi nafaqat aholining kundalik hayot sifatini belgilab beradi, balki butun mamlakatning tizimli va barqaror rivojlanişi uçun eng muhim poydevorlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, iqlim şaroitlari öziga xos bölgan hududlarda, jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasida suv taʼminoti masalasi doimo diqqat markazida turadi.
Maʼlumki, suv – bu tiriklik manbai, usiz heç bir sohaning, heç bir jamiyatning kelajagini tasavvur etib bölmaydi. Uşbu hayotiy muhim maqsadlarni röyobga çiqariş, mavjud infratuzilmalarning bekami-köst işlaşini nazorat qiliş hamda aholiga munosib turmuş şaroitlarini yaratiş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasi xodimlari tomonidan joylarda muntazam ravişda keng kölamli örganişlar ötkazib kelinmoqda.
Xususan, masʼul mutaxassislar tomonidan Çimboy tumanida ötkazilgan navbatdagi örganişlar davomida Paşenttaö ovul fuqarolar yiğini hududida joylaşgan Paşenttaö yer ostidan suv oliş va suvni tozalaş inşootining holati hamda iş jarayoni atrofliça közdan keçirildi.
Uşbu inşoot hudud aholisini toza içimlik suvi bilan taʼminlaşda beqiyos örin tutadi. Mazkur texnologik tizim 450 metr çuqurlikdan yer osti suvlarini kuçli nasoslar yordamida yuqoriga tortib oladi. Söngra bu suv maxsus çuçuklantiruvçi va tozalovçi inşootlar orqali barça sanitariya-gigiyena talablariga mos holatga keltirilib, ovul aholisiga quvurlar orqali uzluksiz yetkazib beriladi.
Bugungi kunda mazkur hududda jami 1512 nafar aholi istiqomat qiladi va tizimdan doimiy ravişda 314 ta abonent foydalanib kelmoqda. Suv tozalaş inşootining işlab çiqariş quvvati sutkasiga 250 kub metrni taşkil etadi, ovul hududidagi içimlik suvi tarmoqlarining umumiy uzunligi esa 10 kilometrdan iboratdir.
Tuman hududida aholini içimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlaş maqsadida davlat va xalqaro taşkilotlar hamkorligida muhim loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Alohida taʼkidlaş joizki, 2025-yilda ovul markazini içimlik suvi bilan taʼminlab turgan «Salikeş» suvni çuçuklantiriş inşooti Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Taraqqiyot dasturi mablağlari hisobidan töliği bilan rekonstruktsiya qilindi. Uşbu keng kölamli yangilaş va zamonaviylaştiriş işlariga qöşimça ravişda yana 1 kilometr masofaga yangi içimlik suvi tarmoği tortildi. Amalga oşirilgan uşbu yirik quriliş va taʼmirlaş işlari natijasida hududdagi 300dan ortiq xöjalikning içimlik suvi taʼminoti tubdan yaxşilandi. Şuningdek, ilgari tarmoqqa ulanmagan 13 ta xöjalik ilk bor toza içimlik suvi bilan taʼminlanişiga erişildi.
Bunday tizimli saʼy-harakatlar natijasida odamlarning turmuş tarzi farovonlaşib, uzoq hududlarda ham qulay yaşaş şaroitlari yaratilmoqda. Jumladan, mazkur ovul hududida ham içimlik suvi ekosistemasini yanada rivojlantiriş va suv resurslarini asrab-avaylaş bugungi kunning eng dolzarb va ahamiyatli vazifalaridan biri bölib qolmoqda.
Zero, toza içimlik suvi avvalo aholining salomatligini mustahkamlaş, tabiatdagi ekologik muvozanatni barqaror saqlaş hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini taʼminlaş uçun ulkan ahamiyatga egadir. Tabiatning bu bebaho neʼmatidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalaniş, suv resurslarini ifloslanişdan asraş va uni toza holda kelajak avlodlarga yetkaziş barçamizning eng muhim burçimizdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶