Gulzor mahalla fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida oçiq va sayyor sud majlisi bölib ötdi
Amudaryo tumanida aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan oçiq va sayyor sud majlisi bölib ötdi. Joriy yilning 5-mart kuni Gulzor mahalla fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida ötkazilgan tadbirda jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi J.Baltabayev, sudya yordamçisi E.Jumaniyozov hamda tuman prokurorining katta yordamçisi R.Temirbayev iştirok etdi.
Sayyor sud majlisida fuqaro Q.B.ga oid jinoyat işi körib çiqildi. Sud materiallariga köra, u özaro kelişmovçilik oqibatida tanişi X.J. bilan örtalarida kelib çiqqan özaro kelişmovçilik natijasida unga yengil tan jarohati yetkazgan. Sud tibbiy ekspertizasi xulosasi va iş materiallari asosida sudlanuvçi Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybli deb topilib, unga 2-yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.
Şuningdek, sud majlisi davomida 6 nafar mahkumga nisbatan jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilişga oid işlar ham körib çiqildi. Özbekiston Respublikasi JKning 73-moddasi (Jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş) tartibida ilgari jinoyat sodir qilib, xozirgi kunda tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan hamda örnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bölgan 6 nafar mahkum özlariga nisbatan qöllanilgan muayyan huquqdan mahrum qiliş jazolarning ötalmay qolgan qismini ötaşdan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilindi.
Tadbir yakunida iştirokçilarga korruptsiyaga qarşi kuraşişning mazmuni, printsiplari va ahamiyati haqida keng tuşunçalar berildi.
Bu kabi sayyor sud majlislari joylarda qonuniylikni taʼminlaş va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jasurbek Baltabayev, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶