19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 20:16
Maqolalar 👁 182

BIROV ZOR, BIROV BEZOR...

BIROV ZOR, BIROV BEZOR...

Yaqindagina tovugʻimiz joʻja ochdi. Joʻjalari bir-biridan yoqimtoy, bir-biridan shirin. Erkalatib, joʻjalaridan birortasini qoʻlimga olmoqchi boʻlsam ona tovuq yonimga qanotlarini yoygancha hurpayib kelib, vajohatini koʻrsatadi. Ona tovuq oʻnta bolasini ortiga ergashtirib oladi-da, dalaning oʻrtasida turib goh osmonga, goh yon-atrofga alanglab, joʻjalaridan koʻz uzmaydi. Mabodo birorta begona mushuk yoki daydi itga koʻzi tushsa, “qaqagʻ”lagancha bizga xabar beradi...

Qoʻshnimiz sigirini sogʻishidan oldin buzoqchasini ona sigirning oldiga bogʻlab qoʻyadi. Qoʻshni yangam to sutni sogʻib boʻlgunga qadar ona sigir buzoqchasini yalab, erkalaydi. Agarda buzoqchani yoniga bogʻlamasa, jonivor sut bermaydi. Xalq tili bilan aytganda “iymay” qoʻyadi... Mana ona mehri! Mana onalik masʼuliyati!                                                                                                                                      Yaratgan Egam mehr tuygʻusini jamiki maxluqotga teng taqsimlagan: Tabiatga ham, jamiyatga ham. Har ikkisiga ham ona mehri suv va havoday zarur. Har ikkisida ham onaga buyuk zot, dunyodagi eng mukammal zot deya qaraladi.  Ammo, bir ogʻriqli savol qiynaydi. Hamma onalarni ham buyuk, deb ayta olamizmi? Bola tuqqanning hammasi onalik maqomiga loyiqmi? Afsuski, yoʻq!

Bugun jinoyatchilik deb atalgan jirkanch koʻchada yana bir jinoyat turi paydo boʻlib, avj olmoqdaki, ayrimlar uchun bu odatiy “biznes”ga aylanayotganday. Bu – bola oldi-sotdisi, yaʼni farzand savdosi.   Yo alhazar! Insoniyat shu qadar tubanlashib ketdimi, oʻzi dunyoga keltirgan norasidani oʻzi sotsa?! Bunday mudhish jinoyatlarni OAV orqali har kuni koʻraverib, eshitaverib odatiy holga ham aylanib qoldi. Shu oʻrinda, internet materiallari asosida tayyorlangan statistikaga diqqatingizni qaratmoqchiman.

Internet tarmoqlaridagi xabarlarga koʻra, ana shunday bolafurushlardan bittasi A.Oʻ ismli ayol 2020-yilning iyul oyida oʻz hamshahari X.M bilan tanishib, hozirda sharoiti ogʻirligi va moddiy tomondan qiynalayotgani sabab pul kerakligini, buning evaziga oʻz farzandi – 2019-yilda tugʻilgan Oʻ.ni 17 ming AQSh dollariga sotishini aytadi. Va bu haqida xabar topgan IIB xodimlari tomonidan qoʻlga olinib, ayolga 5-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. Avvalroq, Sirdaryoda toʻrt kunlik chaqalogʻini 20 ming dollarga sotayotgan ayol, Xivada 4 oylik qizini 120 mln. soʻmga pullamoqchi boʻlgan hamda Namanganda 6 oylik chaqalogʻini 1,9 mln. soʻmga sotib yuborgan turmushga chiqmagan ayol qoʻlga tushgani haqida xabar berilgandi, – deyiladi ijtimoiy tarmoqlardan birida. Soʻnggi uch yil mobaynida Oʻzbekistonda chaqaloq savdosi boʻyicha 185 ta holat aniqlangan. Ushbu jinoyatlarning asosiy sabablari onalarning ijtimoiy-moddiy jihatdan himoyasizligi va nikohsiz tugʻilgan bolalar tugʻilishini yashirish istagi ekanligi maʼlum boʻlgan.

Sabablarga eʼtibor bering, ijtimoiy-moddiy himoyasizlik va nikohsiz tugʻilgan bolalar... Nikohsiz tugʻilgan bolalar bu oʻz oldiga, alohida mavzu. Biroq, ijtimoiy-iqtisodiy yetishmovchilik mening nazarimda, oʻz tuqqan farzandini sotib yuborishga aslo sabab boʻla olmaydi. Shu kabi jinoyatlarni amalga oshirgan koʻpchilikning topib olgan gapi shu – moddiy yetishmovchilik.             Soʻnggi yillarda boʻsh ish oʻrinlarini yaratish, aholini ish bilan taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlatimiz tomonidan qanchadan-qancha islohotlar amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlikka keng yoʻl ochilmoqda. Mana shunday imkoniyatlar yaratilgan bir sharoitda, farzandini sotib yuborishning sababi – pul tanqisligi, deyish oʻta uyat. Shu oʻrinda haqli bir savol tugʻiladi. Agar bola savdosining sababi haqiqatan moddiy yetishmovchilik boʻlsa, u holda, bolani sotib, pulni choʻntakka urgan ona shu pul evaziga vaqtincha yaxshi yashashi mumkindir. Lekin oʻsha pul tugagach qanday kun koʻradi? Yana bola tugʻib, yana sotadimi?!

Aslida bunday qabih jinoyatlarning asosiy sababi – dangasalik, boqimandalik, oriyatsizlikdir! Ana shu uchta salbiy illat odamlarni oson pul topish va boylik orttirish tomon yetaklaydi. Va oxirida sovuq panjaralar ortiga itaradi. Nima boʻlganda ham kimlar uchundir xulosa qilishdan yiroqmiz. Holbuki, inson hayoti davomida “muqaddima” va “xulosa”larni oʻzi yaratadi. Demoqchi boʻlganim, kattalarning xatosi uchun bolalar badal toʻlamasligi kerak.

Aziza MADRAHIMOVA,

QDU talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026