MAYDA BEZORILIKNING HAM OQIBATI OGʻIR
MAYDA BEZORILIKNING HAM OQIBATI OGʻIR
Har bir fuqaro kishilik jamiyatida yashar ekan, shu jamiyat qonun –qoidalariga boʻysunib yashamogʻi, uni hurmat qilmogʻi lozim. Buning uchun mazkur huquqiy-meʼyoriy hujjatlardan xabardor boʻlmogʻi talab etiladi.
Aytaylik, Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksining 41 moddasidan bexabar kishi kimnidir haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish eng kam ish haqining yigirma baravaridan qirq baravarigacha jarima solishga sabab boʻlishi belglab qoʻyilganini bilmaydi.
Mana shunday holatni sodir etib qoʻygan vaqtida esa pushmaymondan oʻzini qoʻyarga joy topolmay qoladi. Axir qancha iqtisodiy zarar koʻradi-da.
Buningdek holatlarning, mayda bezoriliklarning oldini olish, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzi, tinchlik-osoyishtalikning barqaror boʻlishiga erishish uchun koʻpgina saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Yaqinda Oʻrta qalʼa ovul fuqarolar yigʻini majlislar xonasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maʼmuriy sudi sudyasi Poʻlat Doshmurodov, tuman maʼmuriy sudi raisi Ilhom Shomurodovlar ovul faollari, aholisi uchun Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksi 41-moddasi, 183-moddasi mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida oʻquv-seminar oʻtkazdilar.
Kun tartibidagi mavzular yuzasidan qilingan maruzalar ishtirokchilar qiziqib tingladilar, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Aynan shunday oʻquv seminar Mangʻit qishloq xoʻjaligi va kasb-hunar kollejida ham boʻlib oʻtdi.
Tadbirni kollej direktori Maxsud Yoʻldoshev ochdi va olib bordi.
Oʻquv seminarda kollej oʻqituvchilari, oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Ularga tuman maʼmuriy sudi raisi Ilhom Shomurodov turmushimizda uchrayotgan mayda bezoriliklar ularning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntiradi. Xususan, mayda bezorilik yaʼni jamoat joylarida uyatli soʻzlar bilan soʻkinish, fuqarolarga haqoratomuz gaplarni aytib, shilqimlik qilish, hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarni sodir etish Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksining 183-moddasiga koʻra, eng kam oylik ish haqining uch baravaridan oʻn besh baravarigacha jarima solishga, yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa solishga sabab boʻlishi haqida batafsil maʼlumot berdi.
Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Buningdek oʻquv seminarlar koʻpgina OFY, MFYlarda ham oʻtkazilayapti va aholining huquqiy savodxonligi oshishiga xizmat qilayapti.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶