ALIŞER NAVOIY ASARLARIDA ONAGA HURMAT-GÖZAL QADRIYaT
Bir ummonki, adosi yöq xazinalarin…
Ha, bu hazrat Navoiy ijodiga berilgan taʼrif. Uşbu taʼrif neçoğliq töğriligiga uning asarlarini har safar varaqlaganingizda amin bölasiz. Yaratganga va yorga muhabbat, rostlikning kuç-quvvati, sidq-u sadoqat, maʼrifat-u hidoyat xitobi millionlab qalblarni taʼlim-tarbiyaga çorlab turgan bölsa, adib asarlarida yana bir ahamiyatli , taʼlim-tarbiyada ibratli bölgan bir jihat borki, bu onaga hurmat masalasidir.
Ayolga hurmat va muhabbat, jamiyatdagi örniga eʼtibor va talab kuçaygan bir davrda yaşab, bu millatning ajdodlari ham onani eʼzozlagan va bu qadriyat asrlar oşa avlodlarga ötib kelganligining yorqin misolini Navoiy asarlarida köramiz.
Mutafakkirning “Nasoim ul-muhabbat” asarida juda qisqa bir hikoyat bor. Unda Ismoil Dabbos Şayx Mömin Şeroziyga haj niyati borligini bildiradi. Şunda Şayx Mömin: “Onang bor, yonib onang mulozamatiğa bor! Men ellik haj qildim, yalang boş, yalang oyoq, zodu hamrohsiz. Barçasin savobin senga berdim, sen onang könglin şodliğin menga ber» deb javob beradi. Navoiy onaning roziligi darajasi islomning farz amallaridan biri – haj amali savobining darajasidan ham yuksakroq ekanligini taʼkidlab, bugungi kundagi «jannat onalar oyoği ostidadur” xitobiga tutaş fikrlar taʼrifini keltiradi.
Ona rizoligi, ona mulozamatidan farzandlar ne-ne balo-qazolardan omon bölişi haqida «Saddi Iskandariy» dostonidagi Iskandar ölimi oldidan onasiga bitgan maktubida ham kuzatamiz:
Sanga aylabon xoki dargohlik,
Aning otin etsam erdi şohlik,
Rizong ölmasa köngluma ğamzuday,
Bu darmondağa voyu, yuz qayta voy!
Iskandarning ona rizoligida ojizlik qilgani, aslida ona xizmatida böliş eng katta hukmdorlik ekanligini öqib , Navoiy nazdida onalarning neçoğliq uluğligini köramiz. Biz har kuni farzandlarimizga uqtiradigan rostlik va töğrilik haqidagi ğoyalarni ham Navoiy öz ijodida uluğlaydi:
Har kişikim, tuzluk erur peşasi,
Kajrav esa çarx ne andişasi
misralari bilan boşlanuvçi «Hayrat ul-Abror» dostonining öninçi maqolotida oltmiş otliq yöltösar -zörovonlar oldida Ummulxayr onaning öğlini «Nimang bor?» deb söroq qilganlarida bolakay: «Qirq oltinim bor», deb javob beradi. Zöravonlar titkilab, qirqta oltin tangani topib, hayratga tuşadi va bolakayni yana söroqqa tutadi. Şunda bola: “onamga ahd berdim töğri sözlaşga”, deb javob beradi. Zöravonlar: «sen onang haqiga xiyonat qila olmayapsan, biz tangri haqiga xiyonat aylab yuribmiz», deb nadomat çekadi, rostlik şarofati tufayli karvon Bağdod şahriga salomat yetib boradi. Bu bolakay hadis ilmining yetuk bilimdoni, ön uçta fanni mukammal bilgan Abdulqodir Jiliydir. Uşbu martabaga erişuvida u onasining rostlik taʼlimotini asos deb biladi.
Buyuk bobokolonimiz tavallud ayyomi arafasida adib asarlarini yana bir bor varaqlab, farzandlarimiz tarbiyasida dasturilamal bölgulik taʼlimotlarni hayotga tatbiq etsak, katta ijtimoiy-tarbiyaviy, maʼrifiy va estetik ahamiyatga ega satrlarni farzandlarimizga ham mutolaa qildirsak, yurtning egasi va ertasi bölgan farzandlarimiz kamida Şayx Abdulqodir kabi bölur edi.
Hayotda şunday insonlar borki, ularning diydori ham bir kaʼba kabi… Şunday qabrlar borki, tinçlik-osoyiştalik zamonida ham ziyorat qilgulik insonlari yöq. Şu örinda Özbekiston qahramoni Said Ahmadning: «haykalni insonlar tirikliklarida öz qöllari bilan qöyadi. Unga inson panjasigina muhr böladi”, degan jumlalarini eslab, Navoiy bobomiz har bir qalbga öz qöllari bilan haykal qöyganini eʼtirof etgim keldi. Muhammad Yusuf taʼriflaganidek:
Haqiqiy şoirning qabri bölmaydi,
Yurakka kömilar asl şoirlar.
Munira Kamolova,
11-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶