14-sonli maktabda Navoiy va Bobur ijodiga bağişlangan maʼnaviy-maʼrifiy keça ötkazildi
Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 14-sonli umumtaʼlim maktabida özbek adabiyotining ikki uluğ namoyandasi — Alişer Navoiy tavalludining 585 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy keça taşkil etildi. Tadbir yoş avlod qalbida milliy merosga hurmat, ona tiliga muhabbat va adabiyotga qiziqişni kuçaytiriş maqsadida ötkazildi.
Mazkur tadbir maktabning özbek tili hamda ona tili va adabiyot fani öqituvçilari Dilfuza Ğaipova, Feruza Xöjamuratova, Sadoqat Davletova va Dilnoza Safarboyevalar rahbarligida tayyorlandi. Ular öquvçilar bilan birgalikda buyuk mutafakkirlar hayoti va ijodiga bağişlangan mazmunli dastur işlab çiqib, keçani haqiqiy adabiyot bayramiga aylantirdilar.
Keça davomida öquvçilar Alişer Navoiyning ğazal va ruboiylarini ifodali öqib, uning insonparvarlik, ezgulik va komillik ğoyalariga yöğrilgan hayot yöli va ijodi haqida batafsil maʼlumotlar berdilar. Şuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari asosida sahna körinişlari namoyiş etilib, uning sarkardalik jasorati, Vatanga muhabbati va yurt soğinçi badiiy obrazlar orqali yoritib berildi. Sahna çiqişlari öquvçilarning isteʼdodi va tayyorgarligi yuqori darajada ekanini namoyon qildi.
Tadbirda maktabning 5-“A”, 5-“B”, 6-“B”, 4-“A” va 7-“B” sinf öquvçilari faol iştirok etdilar. Ayniqsa, maktabning faol va aʼloçi öquvçilari Anargul Uzoqboyeva, Madina Jiyanboyeva, Çarosxon Amanbayeva, Aydana Abatova, Jasmina Tazaboyeva, Ulmeken Töxtasinova hamda 7-“B” sinf öquvçilari Çaros Tursunbayeva, Farangiz Ğaypova, Umida Yusupboyeva tomonidan Vatanni madh etuvçi kuy-qöşiqlar va musiqalarga ijro etilgan raqslar keçaga yanada fayz bağişladi.
Aytiş joizki, Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur — özbek maʼnaviyati va davlatçilik tarixining ikki uluğ ustunidir. Navoiy Hirotda kamol topib, davlat işlarida faol qatnaşgan, ilm-maʼrifat va bunyodkorlikni qöllab-quvvatlagan arbob sifatida tanilgan. Bobur esa Farğonada hukmdor bölib, oğir siyosiy kuraşlardan söng Qobul va Hindistonda yangi davlat — Boburiylar saltanatiga asos solgan.
Navoiy ijodi turkiy adabiyotni yuksak poğonaga kötardi: uning ğazallari, dostonlari va maʼrifiy asarlari insonparvarlik, adolat, muhabbat va vatan tuyğusini tarğib qiladi. Bobur ijodida esa şoh va şoir ruhi uyğun: “Boburnoma” orqali u öz davrining siyosiy hayoti, tabiati va urf-odatlarini jonli tasvirlab, tarix uçun bebaho manba qoldirdi.
Ikki buyuk ajdodimiz öz hayoti va ijodi bilan turkiy til va adabiyotni, xalqimiz tafakkurni boyitgani, özligini mustahkamlagan bilan avlodlar uçun nihoyatda ahamiyatli va ibratlidir. Yoşlar uçun Navoiy va Boburni örganiş nutq madaniyatini oşiradi, ötmişdan ibrat olişga, maqsadga qatʼiyat bilan intilişga, milliy ğurur va maʼnaviy masʼuliyatni his etişga undaydi.
14-sonli maktabdagi tadbir ham ana şu maqsadlarni özida mujassam etdi. Mazmunli çiqişlar, şeʼrxonlik va sahna körinişlari orqali öquvçilar nafaqat adabiy bilimlarini namoyon etdilar, balki milliy qadriyatlarimiz, tarixiy merosimiz va maʼnaviy boyligimizga bölgan hurmatini ham ifoda etdilar. Keça davomida öquvçilar tomonidan bildirilgan fikr va taassurotlar ularning buyuk ajdodlarimiz ijodiga qiziqişi tobora ortib borayotganini körsatdi.
Mazkur tadbir yoş avlodni milliy adabiyot durdonalari bilan yaqindan taniştiriş, ular qalbida vatanparvarlik va maʼnaviy kamolot tuyğularini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etdi. Bunday maʼnaviy keçalar yoşlarning maʼnaviyatli va maʼrifatli şaxs bölib kamol topişiga xizmat qilişi bilan alohida qadrlidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶