Navoiy va Bobur merosi — qalblarda mangu
Bugun ğazal mulkining sultoni, sözdan saroy qurgan, maʼrifatdan yöl oçgan uluğ zot — hazrat Alişer Navoiyning tavallud ayyomi. U zotning qalamida muhabbat ham, hikmat ham birdek jilolanadi. Navoiy asarlari asrlar oşa sönmaydigan maʼnaviy çiroqdir. Şu sababli ham Navoiy bobomizning ijodi insonni ezgulikka yetaklaydi.
Şu bilan bir qatorda, yana bir buyuk mutafakkir — Zahiriddin Muhammad Boburning ham tavallud kuni yaqinlaşmoqda. Bobur nafaqat şoh, balki nozik qalbli şoir ham edi. U qiliç bilan yurtni, qalam bilan esa qalblarni zabt etgan uluğ siymodir. Uning “Boburnoma” asari tarix, hayot va haqiqat oynasidir.
Ayni kunlarda respublikamizning barça taʼlim muassasalari va bilim dargohlarida buyuk bobokalonlarimiz xotirasiga bağişlangan adabiy keçalar ötkazilmoqda. Jumladan, tumanimizdagi 1-sonli maktabda 9-fevral kuni “Navoiy va Bobur merosi qalblarda mangu” şiori ostida badiiy keça hamda davra suhbati kötarinki ruhda taşkil etildi.
Badiiy keçada 5-“B” va 9-“A” sinf öquvçilari iştirokida “Boş va qiliç” mavzusi asosida sahna körinişi namoyiş etildi. Maktabning öquv zalida ona tili va adabiyot öqituvçilari, şuningdek kutubxona mudirasi Allaniyazova Iroda opa iştirokida davra suhbati ötkazildi. Suhbatni ona tili va adabiyot fanlari uslub birlaşmasi raisi Xalillayeva Muborak opa oçib berdi.
Davra suhbatida 6-sinf öquvçilari Navoiy bobomizning “Qilğil”, “Junun vodiysiğa”, “Qizil, sariq, yaşil” ğazallarini ifodali öqib, tinglovçilar qalbini şod etdilar. 7-sinf öquvçilari esa “Navoiy ijodini kim mukammal tasvirlaydi?” mavzusida çiqiş qilib, buyuk mutafakkirning ijodiy merosini kengroq yoritişga harakat qildilar.
Tanlov yakunlariga köra, Madrahimova Oltinoy “Ğaroyib us-siğar” devoniga kiruvçi “Junun vodiysiğa” ğazalini mazmunli va ifodali aytgani uçun 1-örinni egalladi. 7-sinf öquvçilari orasidan esa 7-“V” sinf öquvçilari Töraboyeva Muhabbat va Ibragimova Şaydo Alişer Navoiy ijodini mukammal tarzda tasvirlab bergani uçun ğolib deb topildi. Ğoliblarga esdalik sovğalari topşirildi.
Inobat Odilboyeva, 1-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶