Mustaqillikning 35 yilligi oldidan Bobur nomli ovulda haşar ötkazildi
Şu kunlarda butun mamlakatimiz böylab Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib oliş va keng nişonlaşga katta tayyorgarlik körilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2026-yil 1-apreldagi «Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nişonlaşga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida»gi qarori bu borada muhim dasturilamal bölib xizmat qilmoqda. Mazkur hujjatda uşbu qutluğ ayyomni Yangi Özbekistonning bugungi ulkan salohiyati hamda jahon maydonidagi tobora oşib borayotgan nufuziga muvofiq tarzda, yuksak saviyada ötkaziş böyiça qator ustuvor vazifalar va aniq topşiriqlar belgilab berilgan. Bu ezgu maqsadlar yölida yurtimizning har bir göşasidagi mahalla va ovullarda bayram şukuhi erta boşlandi.
Amudaryo tumanining ovul va mahallalarida ham uşbu eng uluğ, eng aziz bayramimizga bağişlangan tayyorgarlik işlari allaqaçon qizğin pallaga kirgan. Azal-azaldan xalqimiz har qanday töy va tantanani, qutluğ bayramni eng avvalo öz atrofini, mahalla-köyni tozalaş, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlaridan boşlagan. Bu gözal anʼana bugungi kunda ham öz ahamiyatini yöqotmasdan, jamiyat jipsligini taʼminlovçi muhim omil bölib kelmoqda.
Ana şunday ezgu maqsadlarni özida mujassam etgan holda, tumandagi Bobur nomli ovul fuqarolar yiğinida mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan haşar taşkil qilindi. Ovul fuqarolar yiğini raisi Davron Şukurlayev taşabbusi bilan ötgan mazkur ekologik tadbirda ovul aholisi va mahallaning eng faol fuqarolari uyuşqoqlik bilan iştirok etişdi.
Haşar doirasida hudud qiyofasini tubdan yaxşilaş va yaşil maydonlarni kengaytirişga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, ovulga kiriş yölida, aniqroq qilib aytganda, Jumurtov yölidan boşlab to ovul fuqarolar yiğini maʼmuriy binosi yonigaça bölgan masofada yölning bir tomoniga manzarali arça köçatlari ekildi.
Bu xayrli işda jamoatçilik vakillarining özaro hamjihatligi yaqqol közga taşlandi. Jumladan, tuman boş imom-xatibi Abdurahmon hoji Matsapayev mazkur savobli işga öz hissasini qöşib, homiylik asosida 90 tup arça köçatlari hamda ularning baquvvat ösişini taʼminlovçi biogumus öğitlarini taqdim etdi.
Şu kuni ilgarigi haşarlar vaqtida ekilgan, ammo turli sabablarga köra tutib ketmagan va rivojlanmay qolgan arça köçatlarining örniga yangi nihollar ötqazildi. Şu bilan birgalikda, ayni vaqtda yöl böyida yaşnab ösib turgan 90 tup arçaga şakl berilib, ularning körinişi yanada körkamlaştirildi.
Bobur nomli ovulda amalga oşirilgan bunday obodonlaştiriş işlari yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik siyosatining joylardagi amaliy ifodasidir. Birgina mahalla misolida közga taşlanayotgan bunday ahillik, yaratuvçanlik va tabiatga bölgan mehr-eʼtibor, albatta, yaqinlaşib kelayotgan Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik şodiyonalariga munosib tuhfa böladi. Zero, ozod va obod Vatanni birgalikda barpo etiş, uning har bir qariç yerini köz qoraçiğidek asrab-avaylaş hamda kelajak avlodga yaşil va toza tabiat qoldiriş barçamizning umumiy burçimiz ekanini şu kabi amaliy harakatlar, uyuşqoqlik bilan ötkazilayotgan obodonlaştiriş işlari yana bir bor isbotlamoqda. Bu kabi xayrli taşabbuslar bayram kunlariga qadar yurtimizning barça hududlarida izçil davom etadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶