26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 15:10
Maqolalar 👁 205

OʻJAR QAYNONA VA AHIL OVSINLAR

OʻJAR QAYNONA  VA AHIL OVSINLAR

(Boʻlgan voqea)

Sharifa ena uch oʻgʻil oʻstirdi. Oʻgʻillarining uchovi ham oʻqimishli, davlat idoralarida ishlashadi. Shuning uchunmi, kelin tanlashda ham oʻgʻillarining koʻngliga qarab oʻtirmadi, oʻqimishli, kasb-korli qizlarga ogʻiz soldi. Ikkala kelinning biri shifokor, biri esa pillachilik sohasi agronomi. Nima boʻldi-yu kenja oʻgʻli Abrorjon oʻz aytganidan qaytmadi, kollejni tikuvchilik yoʻnalishi boʻyicha tugatgan qizni tanladi. Tagʻin qoʻshni tumandan.

Tibbiyot oliygohini tugatib qoʻshni tumanda ishlab yurgan Abrorjon Shodiyaxondan boshqasiga uylanmasligini aytganida tepa sochi tikka boʻldi.

– Qoʻysang-chi, kampir, – dedi umr yoʻldoshi Tangri bobo uni fikridan qaytarish uchun, – hozirgi zamonda yoshlarning koʻngliga qaramasak boʻlmaydi. Surishtirdim, juda-a yaxshi oilaning qizi ekan. Axir oʻgʻling ham aqlsiz emas-ku!

– Men qayoqdagi oʻqimagan qiz uchun Abrorjonimni doʻxtirlikka  shuncha yil oʻqitdimmi? – qizishdi Sharifa ena.

– Hov, kampirjon, – kuldi Tangri bobo, – mening onam rahmatlik seni kelin qilayotganlarida Tangriboy oʻgʻlimni falon yil oʻqitdim, Sharifa oʻqimagan ekan, demagan edi-ku!.

– Bu boshqa masala...

– Oʻgʻlingga kelganda “masala” oʻzgarib qoldimi?

Tangri bobo kampirining nozik jihatiga ishora qilgandi. Sharifa ena jim boʻlib qoldi.

Baribir toʻydan soʻng ham Sharifa ena oʻzicha “oʻqimagan kelin”ga unchalik roʻyxushlik bermay yurdi. Roʻzgʻori boʻlak katta kelini Nasiba shifokor boʻlgani uchunmi, sal shamollasa ham yotib oladi-da, qoʻngʻiroq qiladi. Boyaqish kelin ishdan chiqib ham, ishiga borayotib ham qaynonasining ahvolidan xabar olishni kanda qilmaydi. Ikkinchi kelini esa uch farzandini bogʻchaga tashlab, ishga chiqib ketaveradi. Bolalarni bogʻchadan Tangri bobo yoki Sharifa ena olib kelishadi. Pilla qurti parvarishi mavsumida-ku pillachi kelin kecha-kunduz tinim bilmaydi. Bunday paytlarda oshxona-yu, barcha uy yumushlari, bola tarbiyasi ham Sharifa enaning oʻziga qoladi. Abrorjon uylangach, Sharifa enaning kun tartibi oʻzgardi. Yangi keliniga unchalik roʻyxushlik bermagan Sharifa enaning joni orom topdi.

– Oyoq-qoʻli chaqqongina  ekan, oʻqimagan boʻlsayam, –dedi bir kuni choliga.

– Nima, oʻqiganning oyoq-qoʻlida avtomobilnikiday tezlikni oshiradigan murvat boʻladimi, qiziqsan-a, kampir, – yarim hazil, yarim chin gapirdi Tangri bobo. – Shu qiligʻingni qoʻy endi, uyat boʻladi.

– Shuncha yil doʻxtirlikka oʻqigan bolamni aytaman-da, otasi, oʻziga oʻxshagan diplomli qizga...

– Bas qil, – jahli chiqdi Tangri boboning, – sening ham diploming yoʻq edi, men ham falon yil oʻqib doʻxtir boʻlgan edim. Nima, sen ham mening tengim emasmiding? Yoki uyingga qaytarib yuborishim kerakmidi?

Sharifa ena oʻpkalaganday, choliga orqa oʻgirib oʻtirib oldi. Shunda ochiq turgan oshxona eshigi oldida Shodiyaxonning barcha gapni eshitib, asta uy tomon yoʻnalganiga koʻzi tushdi-yu, choliga jahl bilan aytmoqchi boʻlgan gapi boʻgʻzida qoldi.

Abrorjon oʻziga umr yoʻldosh tanlashda yanglishmagandi. Shodiya aqlli, shu bilan birga oʻz kasbining ustasi, oʻta mulohazali qiz edi. Qisqa fursat  ichida butun mahalla ahlining “chevar kelin”iga aylandi. Kun boʻyi uy-roʻzgʻor ishlaridan ortib, baʼzan kechalari ish tikdi. Qaynotasi yordami bilan mahalla guzaridan ikki xonali qarovsiz uyni ijaraga olib, chevarlik ishini kengaytirdi. Yosh kelinchaklar, qizlarga ish oʻrgatdi. Ikki-uch yil ichida chevarlik ustaxonasiga 6-7 ta yangi rusumdagi tikuv mashinalari oʻrnatdi. Farzandli boʻlgach, bichish-tikish ishlarini shogirdlari orqali boshqardi. Faoliyat koʻlami kengayib, qoʻshni mahallada, Mangʻit buyum bozorida oʻzi tayyorlagan kiyim-kechaklar bilan savdo qiluvchi ikkita doʻkon ishini yoʻlga qoʻydi.

– Imorating bitdi, qolgan-qutganini  oʻzlaring koʻchib borib, eplab olasizlar, – dedi  bir kuni pillachi kelini Zubaydaga Sharifa ena.

– Hozir pilla mavsumi boʻlsa, bolalar bilan...

– Hay, bolam, – kelinini gapirgani qoʻymadi Sharifa ena, – oʻqib-oʻqib, kecha-kunduz yugurib-yoʻrtasan, sening xizmatingni qilayinmi, bola-chaqangnikinimi?  Endi oʻz aravangni oʻzing tort.

Qaynonasining gapi kelinga ogʻir botdi. Doim ikki kelinim ham oliy maʼlumotli, deb koʻkragiga urib yuradigan  qaynonasini  tanimay qoldi. “Birov nimadir dedimikan?”  oʻyladi ichida. Lekin sirtiga chiqarmadi. Sharifa ena qatʼiylashdi. Hafta oʻtmay, ikkinchi oʻgʻlining ham roʻzgʻorini boʻlakladi.

Shunday kunlarning birida shifokor kelini oyogʻi qayrilib ketib, toʻpigʻidan sindi. Shifoxonada bir hafta davolangach, uyiga qaytdi-yu, roʻzgʻorning mayda-chuyda ishlari  unga ogʻirlik qilib qoldi. Ikkala farzandi ham Toshkent shahrida taʼlim olishayotgani uchun Anvar xotinining osh-ovqatiga oʻzi qaraydigan boʻldi. Buni koʻrib Sharifa ena jahl otiga mindi.

– Men bolamni xotinining qoʻliga sochiq tuttirish uchun oʻqitganmidim?!

– Kampir! – Ovozini koʻtarib urishib berdi Tangri bobo. – Shunday paytda biri-birini suyamasa, bunday turmush nega kerak? Narvondan yiqilib, oyogʻing singanida men seni opichlab yurganman-a!

Sharifa ena bu safar ham tilini tishlab qoldi.

– Ena, hech xavotir olmang, – gapga aralashdi Shodiyaxon, – men har kuni chechamning uy ishlarini qilib berayapman. Axir mening ovsinlarim bilan sizdan boshqa bu yurtda kimim bor?

Sharifa ena battar mulzam boʻldi. Bilsa, Shodiya ovsinining uy yumushlarini qilishdan tashqari, oʻrin-koʻrpasini solish, yigʻishtirishni ham bajarayotgan ekan.

– Baraka topsin, – dedi kelini Nasibaxon Sharifa enaga Shodiya haqida gapirarkan. – Qaynogʻamning oldida choʻloqlanib yurmang, deb har kuni oʻrnimni sozlab, ertasiga yana yangidan toʻgʻrilab beradi. Kir-chirlarimizni ham yuvayapti. Zubayda ham tez-tez kelib turibdi. Kecha non, somsa yopgan ekan, olib keldi.

Sharifa ena kelinlarining bunchalik ahil ekanligini bilmas edi. Umrida birinchi marta ona boʻlib oʻzining xato va gumonlarga oʻralashib, kelinlarini birini-biridan ayirib yurganidan pushaymon boʻldi, ich-ichidan mamnunligini sezdirmaslik uchun asta  oʻrnidan qoʻzgʻaldi. “Kecha-kunduz ishdan beri kelmaysan”, deb roʻzgʻorini dabdurust boʻlaklab tashlagan oʻrtancha kelini Zubaydani ham birrov koʻrish maqsadida oʻgʻli Azimjonning uyi tomon yoʻl oldi.

– Hay, nodon-a, nodon, – oʻzini-oʻzi koyib borardi u yoʻl boʻyi. – Sen ne desang  koʻnib, biri-birining oldidan kesib oʻtmagan kelinlaringdan oʻrgan turmushni, odamgarchilikni!

Baribir Sharifa enaning koʻngli toʻq edi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026