AHIL VA INTILUVÇAN PEDAGOGIKA JAMOASI
Inson umrining eng aziz, şu bilan birga öta muhim damlari maktab hayoti bilan boğliq. Çunki maktab taʼlim-tarbiyasi jarayoni uning xulqini mukammallaştiradi, şaxs sifatida şakllanişi uçun imkon yaratadi. Şuning uçun hayotda yuksak obrö-eʼtibor qozonib, xalq hurmatiga sazovor bölgan insonlar haqida gap ketganida, eng avvalo, u öqigan muqaddas dargoh—maktab va taʼlim-tarbiya bergan ustozlari tilga olinadi. Agar taʼbir joiz bölsa, sobiq 8-sonli maxsus iqtidorli bolalar litsey-internati negizida taşkil etilgan Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 87-sonli umumtaʼlim maktabining sobiq öquvçilari orasida ham el-yurt eʼtiborini qozongan fidoyi insonlar talaygina. Ular orasida işbilarmon tadbirkorlar, mamlakatimizdagi nufuzli OTMlar pedagog-olimlari, xorijiy işbilarmonlar bilan hamkorlikdagi korxonalar rahbarlari, şifokorlar va taʼlim tizimi rahbar xodimlari, taniqli huquqşunoslar bor.
Taşqi körinişidan oddiy va kamtaringina köringan mazkur maktab binosi 1989-yilda maktabgaça taʼlim muassasasi sifatida bunyod etilgan va 1993-yilda maktab taʼlimi uçun moslaştirilib, bir neça yil davomida 8-sonli maxsus iqtidorli bolalar litsey-internati sifatida faoliyat olib borgan. Hududi salkam 1 gektarga yaqin bölgan muassasa 2007-yilda davlat dasturi asosida joriy taʼmirlanib, öqituvçilar va öquvçilar uçun maʼlum darajada taʼlimiy şaroitlar yaratilgan. 300 öquvçi örniga möljallangan maktabda ayni paytda 233 nafar yoşlar taʼlim-tarbiya olişadi. 2021-yildan boşlab özaro ahil va biri-biriga hamkor pedagogika jamoasiga Samad Djallayev rahbarlik qilib kelmoqda.
Öquv işlari bir navbat asosida olib boriladigan muassasada 28 nafar oliy maʼlumotli, öz kasbining bilimdonlari bölgan öqituvçilar faoliyat yuritişadi. Ulardan 3 nafari oliy, 7 nafari 1- va 8 nafari 2-toifaga ega pedagoglar bölib, 5 nafar öqituvçi xalqaro va milliy darajadagi sertifikat sohiblaridir.
Ötgan 2023-2024 öquv yilida maktabning 11-sinfini 20 nafar öquvçi bitirib, ularning 18 nafari mamlakatimizdagi nufuzli OTMlarga öqişga qabul qilindilar va bitiruvçilarning OTMlarga kiriş körsatkiçi 90 foizni taşkil etdi. Maktabdagi mavjud 12 ta sinf xonasidan faqat bittasi maxsus informatika fani xonasi bölib, 12 ta kompyuter bilan jihozlangan va töliq internet tarmoğiga ulangan.
– Şaroitlarimiz juda zamonaviy körinişda bölmasa-da, öqituvçilar darslarni qiziqarli tarzda olib borişadi, – deydi maktab direktori Samad Djallayev. – Öquvçilarimiz ham intiluvçan, faol.
Darvoqe, maktabda maxsus fan xonalari (informatika fanidan taşqari) yöq hisobi. Fizika, kimyo, biologiya, mehnat darslarini fan öqituvçilari öz taşabbuslari bilan qiziqarli tarzda ötkazişga harakat qilişadi va öquvçilarning nazariy bilimlarini boyitiş maqsadida ularni “ZiyoNet” internet tarmoği orqali amaliy tajribalar jarayoni bilan taniştirib borişadi. Şu bilan birga uşbu fanlar böyiça taşkil etilgan tögaraklar faoliyatiga alohida eʼtibor qaratişadi.
Maktabda zamonaviy sport zali, faollar zali, oşxonaning yöqligi, kutubxonaning taʼmirtalab holatdaligi doimiy va jiddiy muammo bölişiga qaramay, pedagogika jamoasi ham, öquvçilar ham taʼlim-tarbiya sohasida yuqori natijalarga erişayotgan maktablardan qolişmaslik maqsadida hamjihatlik bilan harakat qilayotganlaridan, mukammal şaroitlar mavjud bölmagan vaziyatda ham yaxşi natijalarga erişayotganlaridan mamnunliklarini yaşirişmaydi.
87-sonli maktabning bilimdon va taşabbuskor öqituvçilari tahsilini olgan sobiq zukko öquvçilar bugungi kunda jamiyatda yuksak mavqega ega insonlar bölib yetişdilar. Bugungi kunda ulardan Nurbek Darvişev Toşkent Investitsiya fondining xorijiy kompaniyasida, Dilmurod Rustamov BMTning Soğlikni saqlaş taşkilotida, Uluğbek Xudoyberganov, Mohira Eşmurodova, Uluğbek Pölatovlar Içki işlar sohasida, Otabek Yeşçanov Bolgariyaning “PRIMA TEXTIL” kompaniyasiga qaraşli korxona rahbari vazifasida faoliyat yuritişmoqda.
Şuningdek, maktabning sobiq bitiruvçisi Ravşan Törayev Nukus Tibbiyot birlaşmasining tez tibbiy yordam bölimi rahbari, Asadbek Yöldoşev Amudaryo tumanidagi “Advance” öquv markazi direktori, Botirjon Sultonov Özbekiston oliy Harbiy aviatsiya bilim yurti katta öqituvçisi, Nurbek Yöldoşev va Davron Rözmetovlar umumtaʼlim maktabi direktorlari, Nilufar Jumaniyozova hamda Jahongir Rözmetovlar advokat... Bu röyxat juda uzun. “Men 87-sonli maktabda öqiganman”, deya faxrlanib yurguvçilar bisyor.
– Şaroitlari zamon talablari darajasida bölgan maktablardan qolişmaslik uçun intilamiz, – deyişadi maktab öqituvçilari samimiyat bilan.
Maktab pedagogika jamoasining 2024-2025 öquv yilidagi rejalari, orzu-niyatlari yanada ezgu: mazkur öquv yilida bitiruvçilarning OTMlarga kiriş körsatkiçini yuz foizga yetkazişga erişiş. Buning uçun, garçi maktabda zamonaviy şart-şaroitlar bölmasa-da, öqituvçilarda ham, öquvçilarda ham kuçli intiliş, iştiyoq bor. Intiliş va iştiyoq bor joyda ezgu orzular röyobi uçun imkoniyatlar sari yöl oçiladi. Biz işçan va taşabbuskor, ahil pedagogika jamoasiga bu borada muvaffaqiyatlar yor bölişini tilaymiz!
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶