Taşabbuskor rahbar va ahil jamoaning yutuqlari
Inson borki, umri davomida yaxşi şaroitlarda yaşaş va işlaşni orzu qiladi, doimo özi uçun ana şunday tökislikni yaratiş iştiyoqi bilan yaşaydi. Agar u rahbar bölsa, bu boradagi masʼuliyati yanada oşadi. Taʼbir joiz bölsa, tumanimizdagi 50-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Alişer Eşniyozov 2014-yilda zimmasiga mazkur taʼlim-tarbiya muassasasi rahbarligini qabul qilib olganida, birinçi galda nafaqat özi, balki butun pedagogika jamoasi uçun zamon talablari darajasidagi mehnat şaroitini yaratiş, ösib kelayotgan yoş avlodning har tomonlama yetuk, mustaqil fikrlovçi insonlar bölib voyaga yetişlarini taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş zarurligini his etdi. Çunki 1971-yilda, moslaştirilgan binoda öz faoliyatini boşlagan va 220 öquvçi öringa möljallangan maktabda taʼlim-tarbiya işlari 2 navbatda olib borilar, aksariyat sinfxonalari jiddiy taʼmirga muhtoj edi. Şu bois, maktab direktorining şaxsiy iş rejasidan heç bölmaganda muassasa binosini joriy taʼmirlaş borasidagi qaydlar joy oldi.
Amudaryo tumani hokimligi, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi rahbariyatining qöllab-quvvatlovi bilan 2018-yilda maktab binosi 510 mln. sömlik mahalliy byudjet mablaği hisobidan joriy taʼmirlanib, öqituvçi va öquvçilar uçun zarur şart-şaroitlar yaratildi. Natijada qobiliyatli, intiluvçan öquvçilarning çuqur bilim olişlarini taʼminlaşga qaratilgan fanlar böyiça tögaraklar faoliyati yölga qöyilib, tabiiy fanlardan laboratoriya maşğulotlarini olib borişdagi muammolarga barham berildi.
Şunday bölsa-da, maktabda faollar zali yöqligi, maşğulotlar hamon 2 navbatda olib borilayotgani jamoani qiynab keladi. Lekin maktab pedagogika jamoasi örtasida ahillik va maʼnaviy soğlom muhitning mavjudligi, qolaversa, öqituvçilarning öz ustlarida tinimsiz öqib-izlanişlari tufayli qisqa vaqt içida muassasa tumandagi ilğor maktablar qatoridan joy oldi.
Ayni paytda muassasada 400 nafardan ziyod öquvçi-yoşlar taʼlim-tarbiya olişmoqda. Biri-biriga hamkor 39 nafar pedagoglarning 5 nafari oliy, 13 nafari 1-toifali, 11 nafari 2-toifali, 10 nafari mutaxassis toifasiga ega izlanuvçan va bilimdon öqituvçilardir.
Milliy sertifikat sohibalari bölgan ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Dildora Davlatboyeva, boşlanğiç sinf öqituvçilari Guliruxsor Rahimboyeva hamda Gulnoza Rahimovalarning har bir darsi öquvçi-yoşlar uçun qiziqarli taassurotlarga boy tarzda ötadi.
Ayniqsa, Xalqaro S1 sertifikati sohibasi, rus tili fani öqituvçisi Feruza Ajmağambetova, S1 va V2 darajadagi sertifikat sohibi, öz mutaxassisligining bilimdoni, ingliz tili öqituvçisi Javlonbek Örozboyev, S1 darajadagi sertifikat egasi, matematika fani öqituvçisi Şoira Erkaboyeva, S1 darajadagi sertifikat sohibasi, informatika fani öqituvçisi Gulsara Kaljanovalarning darslari va tögaraklar böyiça maşğulotlari öquvçi-yoşlarning özlari tanlagan yönalişlar böyiça puxta bilim olişlarini taʼminlamoqda.
Muvaffaqiyatlarga erişiş yölini kimdir qattiqqöllikda, yana kimdir ustozning qatʼiyatida, deb biladi. Balki şundaydir. 50-sonli umumtaʼlim maktabi pedagogika jamoasi uçun esa taʼlim-tarbiya sohasida muvaffaqiyatlar sari eltuvçi yöl – bu pedagogik jamoaning ahilligi va zamon bilan hamnafas iş yuritiş, qolaversa, öqituvçi bilan öquvçi örtasida yaratilgan samimiy, döstona munosabat asosiga qurilgan öziga xos iş uslubida. Aynan ana şunday maʼnan soğlom muhitda faoliyat yuritayotgan öqituvçilar taʼlimini olgan yoşlar esa haqiqatdan ham bilimga çanqoq, iqtidorli va intiluvçan bölişadi.
50-sonli maktab öquvçilari orasida bunday bilimdon yoşlar juda köp. Xususan, 2023-2024 öquv yilida maktabning 11-sinfini bitirgan 25 nafar yoşlardan 18 nafari Özbekistondagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarining talabalari bölişdi. Qolgan 7 nafar bitiruvçilar ijtimoiy foydali iş bilan şuğullaniş orqali öz ustlarida işlaşda davom etib, tanlagan yönalişlari böyiça OTMga kiriş uçun tayyorgarlik körişmoqda.
2024-2025 öquv yilida esa iqtidorli öquvçilar örtasida ötkazilgan asosiy fanlar olimpiadasida 10-sinf öquvçisi Maşhura Boltaboyeva kimyo fanidan 1-örinni, 9-sinf öquvçisi Maşhuraxon Hayitboyeva ham kimyo fanidan 3-örinni, 9-sinf öquvçisi Azamat Örozimbetov ingliz tilidan, 11-sinf öquvçisi Musabek Töramuratov geografiya fanidan 3-örinlarni egalladilar.
Maktab pedagogika jamoasining yagona, ezgu maqsad – yoş avlodni ona Vatanga, istiqlol ğoyalariga, milliy-maʼnaviy qadriyatlarga yuksak ehtirom va sadoqat ruhida tarbiyalaşdek şarafli vazifani ado etiş yölidagi ahilligi tahsinga munosib. Ana şu ahillik va özaro birdamlik tufayli bugungi kunda mazkur muassasa tumandagi maktablar orasida taʼlim-tarbiya işlari yaxşi yölga qöyilgan maktab sifatida “yaşil” toifaga kiritilgan.
Muassasada obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlariga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Yil sayin kökalamzor va tobora obod göşaga aylanib borayotgan maktab hovlisiga birgina 2024-yilning kuz faslida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida 70 tup mevali, 155 tup manzarali, jami 225 tup daraxt köçatlari ötqazildi. Ekilgan har bir tup köçatning tuproqqa ildiz qöyib, unib-ösib ketişi uçun maktabning texnik xodimlari masʼul qilib qöyildi. Obodon va kökalamzor göşada yoşlarga taʼlim-tarbiya beriş pedagogika jamoasi uçun qançalik kötarinki kayfiyat bağişlasa, öquvçilarning musaffo havodan bahramand bölib taʼlim olişlari esa ularni yanada yaxşiroq öqişga rağbatlantirişi tabiiy.
Şundanmi, maktabni turli yillarda bitirib, mustaqil hayotga qadam qöygan sobiq öquvçilar orasida ilm-fan, soğlikni saqlaş, agrar va sanoat, quriliş sohalari fidoyilari, davlat va jamoat arboblari, Armiya zobitlari ham bor. Ular faxr bilan “Biz 50-sonli maktabda öqiganmiz”, – deya ğururlanişadi.
Maktab pedagogika jamoasi 2024-2025 öquv yilini yanada ezgu rejalar bilan boşladilar. Ayni paytda öquv yilining 3-çoragini bilimdon va salohiyatli, taşabbuskor ustoz Alişer Eşniyozov rahbarligida “Öqiş va izlaniş – kamolot sari yöl!” şiori ostida davom ettirayotgan maktab pedagogika jamoasiga hamda mazkur taʼlim dargohining ilm-u ziyoga çanqoq öquvçilariga yanada ezgu orzular va yutuqlar yor bölişini tilaymiz!
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶