20.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
20.10.2026, 07:15
Maqolalar 👁 206

“BILMAGANIN SOʻRAB OʻRGANGAN...”

“BILMAGANIN SOʻRAB OʻRGANGAN...”

Mutoyiba hikoya

– Oʻzing dehqonchilikni oʻrganguningga qadar boshqa tajribali dehqonlardan koʻz olib yur, bolam. Ana, Yangiboy aka tomorqasini sugʻorsa,  sen ham sugʻor, u nima eksa shuni ek,  oʻgʻit-dori bergan paytda sen ham oʻgʻitla. Xullas, “Qari bilganini pari bilmas”, deydilar. Hech kim dehqon boʻlib, yo usta boʻlib tugʻilmaydi. Oʻrganib yur, bolam, oʻrganib, – deb tez-tez taʼkidlardi Mirzaga onasi.

Yangiboy akaning yeri ham ularning yeriga teng, suvi ham bir ariqdan. Lekin u hosilni yaxshi oladi: ayniqsa, kartoshkalari yirik-yirik, bozorda xaridorgir. Nima siri bor ekan-a?

Yangiboy akaning oʻzidan soʻrayin desa, hamishagi hazilkashligi... teskari maslahat beradimi deb, gumonlanib qoʻrqadi. Pandlab qoʻyib, kulgiga olgan paytlari ozmi? Yana odamlarning oldida kulgiga qolib yursa...

Shuning uchun Mirza oʻtsa-ketsa poylab yuradi, nima qilayotgan ekan, deb: sugʻorsa – sugʻoradi, haydasa – haydaydi va hokazo. Hatto bir oʻtirishmada gullab ham qoʻydi:

– Men yoʻlini topdim, Yangakangdan soʻrab oʻtirmayman. U nima qilsa, men ham shuni qilaveraman.

Yangiboy aka uning bu gapini eshitib:

– Bilganimizcha aytamiz-ku, soʻrasang. Hay, soʻramasang ham oʻzing bilasan, – deb miyigʻida kulib qoʻydi.  

Bir kuni Yangiboy aka uyining oldida Mirzani toʻxtatib, murojaat qilib qoldi:

– Mirza, bir iltimos bor. Mashinani bola minib ketgandi, ishxonasidan komandirovkaga yuborishibdi. Endi haftadan keyin keladimi, menga doʻkondan bir qop selitra keltirib bersang...

– Yuring, birga borib kelamiz, – dedi Mirza.

Yangiboy aka bir xalta selitra, bir xalta ammofos oldi. Yana bir xalta olmoqchi edi. Mirza:

– Men ham olaman,endi mashinaga ogʻir boʻlib ketadi. Yana kelib olib ketarmiz, – deb toʻxtatdi.

Yangiboy aka oʻgʻitni tushirayotganlarida:

– Hozir ayni paytida, Mirzaboy, rahmat senga, dori berishni kechiktirsang boʻlmaydi, shu bugunoq ammofosni sepib sugʻoramiz, xudo xohlasa, – deb qoʻydi. Mirza ham xuddi  shunday oʻgʻit oldi. Kechqurun pushtalarga bir tekisda ammofos sochib sugʻorib yubordi.

Kartoshka palagi koʻk yoyib pushta toʻldira boshladi. Mirza deyarli har kuni mashinasini sekin haydab, Yangiboy aka nima qilayotgan ekan deb nazar solib, poylab yurishi. Yangiboy aka ham otizda yurgan boʻlsa, qoʻl koʻtarib salomlashib qoladi. “Ha, soʻrashga boʻyning yor bermay poylab yuribsanmi meni”, deb qoʻyadi ichida. Shunday qilib, hafta, oʻn kun oʻtdi, u ham, bu ham kartoshkaning  oʻtogʻini olib, yengil chopiq qilib yuborishdi.

Mirza shunday kunlarning birida mashinasini sekin haydab, qarab borayotsa, Yangiboy aka chelakni koʻtarib, changitib dori berayotir... Uyiga borib choyga ham qaramasdan  bir qop selitrani olib chiqdi-da, kartoshka pushtalariga engashib yurib berib chiqdi, boʻlmasa palak ustiga tushsa quritadi, axir. Yangiboy aka suv ochadi baribir, deb suvni qaratdi.

Ikki kundan keyin kartoshka palaklari soʻlib, shalpaya boshladi. Kun issigʻidan boʻlsa kerak, kechqurun salqinda tiklanib ketadi, deb qoʻydi oʻzicha. Ammo kechqurun qarasa, badtar soʻlib qolibdi. Juda ichi kuydi. Oxiri chidamay, Yangiboy akaning yoniga bordi. Uning kartoshkalari yashnab turibdi.

– E, Yangaka, sizni dori beryapti deb men ham dorilagandim, qurib qolyapti-ku?!

– E kalla, kallavoy, – dedi u bola faqirga pand berganidan, bir tomondan ekinga chinakam achinib... Doridan qurigan boʻlsa, endi tekislab sugʻorda, sabzi ekib tashla. Yaxshi sabzi boʻladi xudo xohlasa. Yovvoyi oʻtlar urugʻi ham koʻkaradi, haydagach, ular oʻladi, bir oʻtoqdan qutulasan .

Sabzi, rostdan ham yaxshi koʻkardi. Kartoshkaning alamini unutib, Mirza sabzi parvarishiga ahamiyat berib yurgan edi, bir kuni Yangiboy akaning mashinasi kelib toʻxtadi va signal berdi.

Mirza chiqib salomlashdi. Yangiboy aka oʻgʻli bilan kelgan ekan. Mashina yukxonasining kapotini koʻtarib, “olinglar buni”, dedi. Mirza va Yangiboy akaning oʻgʻli ikkalasi ikki qop kartoshkani tushirgach, Yangiboy aka Mirzaning qoʻltigʻidan tutib, sal chetga chiqardi va dedi:

– Bu, Mirzaboy, bizning kartoshkadan ushrkavsan. “Bilmaganin soʻrab oʻrgangan olim, orlanib soʻramagan oʻziga zolim”, deganlar. Hoʻ boyagida, sen meni poylab yurgan kunlaringda changitib sepayotganim selitramas, soʻndirilgan ohak edi, kartoshkaga qurt tushmaydi, yerning zaxini neytrallaydi. Hm! Bilib qoʻyganing yaxshi deb aytyapman-da...

– Hi-hi-hi, ha-ha-ha, hi-hi, – deb kulishga harakat qilardi Mirza nima deyarini bilmay...

Tursunboy Abdullayev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026