14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 07:22
Fan va taʼlim 👁 295

OʻQIShNI OʻRGANGAN BOLALAR QUVONChI

OʻQIShNI OʻRGANGAN BOLALAR QUVONChI

Umumtaʼlim maktablarida oʻquv yilining ikkinchi chorak yakuni biri-biridan quvonchli voqealarga boy boʻldi. Ayniqsa, oʻquv yilining ikkinchi choragini muvaffaqiyatli yakunlagan oʻquvchilar Yangi yil tomoshalarida Qorbobo va Qorqiz tomonidan ragʻbatlantirilgani ularga yanada zavqli lahzalarni hadya etdi.

Tuman xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 20-sonli umumtaʼlim maktabining 1-sinfiga mazkur oʻquv yilida 25 nafar oʻquvchi qabul qilindi. Sinf rahbari Dildora Jumaboyeva  oʻquvchilarni belgilangan dars-rejasiga muvofiq  oʻqitish, “Alifbo”ni mukammal oʻzlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida oʻquv yili boshidanoq taʼlim-tarbiya jarayonini uzviylik asosida puxta tashkil etdi. Innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan holda har bir dars-mashgʻulotni koʻrgazmali vositalar asosida namunali tarzda amalga oshirdi.

Natijada oʻquv yilining ikkinchi choragi yakunlanmasidanoq oʻquvchilar “Alifbo” saboqlarini puxta  oʻzlashtirdilar. Alifboni oʻzlashtirib, oʻqish, yozishni oʻrgangan bolajonlar endilikda oʻzlari uchun qadrli boʻlgan Ona, Vatan kabi soʻzlarni hech qiynalmay oʻqiy oladi.

Joriy yilning 23-dekabr sanasida maktabda “Savodxonlik bayrami” tashkil etilib, unda 1-sinfning 25 nafar oʻquvchisi oʻzlarining “Alifbo”dan olgan saboqlarini amalda namoyish etishdi.

“Savodxonlik bayrami”ga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirni maktab direktori Jahongir Matnazarov ochdi va 1-sinf oʻquvchilari va ularning ota-onalarini bayram bilan samimiy tabrikladi.

Shundan soʻng, farzandlarining quvonchlariga sherik boʻlish uchun bayram tadbiriga tashrif buyurgan oʻquvchilarning ota-onalari va maktab oʻqituvchilarining olqishlari ostida davraga oʻquvchilarning “Alifbo” kitobi  hamda ona tilimizdagi barcha harflarni ifoda etuvchi koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi. Bolalar alfavit tartibida saflanib, har bir harfning sheʼriy talqinini ifodalab berdilar. Bundan tashqari, oʻquvchilar oʻzlari yodlagan sheʼr va qoʻshiqlarni aytib berishib, ota-onalari hamda ustozlarini xursand qildilar.

Tadbir davomida bilimdon bolalarni tabriklash uchun ular davrasiga Qorbobo va Qorqiz sovgʻalari bilan kirib kelishdi. “Alifbo”dagi barcha harflarni tartibi bilan yoddan aytib bergan, tabiatdagi fasllar, ona tabiat neʼmatlari, ona Vatan, doʻstlik, tinchlik, ota-ona va mehr-oqibat mavzularida sheʼrlar aytgan oʻquvchilarga, 1-sinfning  ikkinchi choragini faqat “aʼlo” baholarga  yakunlagan bilimdon bolalarga Yangi yil sovgʻalari berildi.

“Savodxonlik bayrami”da 1-sinf oʻquvchilarini ularning ota-onalari ham tabriklab, sovgʻalar taqdim etishdi. Davraga kirib kelgan “Oʻqish kitobi va “Ona tili” kitoblarini quvonib qarshi olgan oʻquvchilar ota-onalari va ustozlari bilan raqsga tushdilar.

“Savodxonlik bayrami”da ishtirok etish, alifbodagi harflar bilan boshlanuvchi sheʼrlar aytish bolajonlarga oʻziga xos zavq bagʻishladi. Qolaversa, bayramda ota-onalarining ishtirok etgani bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshdi. Ota-onalar ham farzandlarining yutuqlarini oʻz koʻzlari bilan koʻrib, ularning savodxon boʻlib olganidanqalblarida faxr-iftixor tuygʻularini tuydilar. Bu sana bolajonlar va ularning ota-onalarining qalbida bir umr muhrlanib qolishi tabiiy.

Risolat IBRAGIMOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019