BOŞ EGAR POYIDA OLIM-U ARBOB!
(Barça öqituvçi va murabbiylarga bağişlayman).
“Ne uçun muallim bölmadim? – deya,
Afsus qilgan edi Abdulla Orif.
Boş egib tursa-da, nazmiga dunyo,
Ustozlar şaʼniga topmayin taʼrif.
Katta izdihomda, katta minbarda,
Jaranglar soçganda şoir sözlari.
Gul tutdi butun xalq muallimlarga,
Quyoşday çaraqlab yuz-u közlari.
Axir u onaday aziz, mukarram,
Millatni asragan ne zavollardan.
Sohirqalb otaday uluğ, muhtaram,
Çamanlar yaratgan navnihollardan.
Men ham yuragimda havaslar bilan,
Xayolda neça bor böldim muallim.
Ustozlar yölini ixloslar bilan,
Tutsam-da, bölmadim dono muallim.
Angladim, ustozlik eng uluğ şaraf,
Buyuk saodatdir bani Odamga.
Uning tahsilidan neça ming salaf,
Neça ming donişmand kelmiş olamga.
Yaşar u bolalik dunyosi aro,
Serfarzand onaday, otaday baxtli.
Ilm-u maʼrifatning ziyosi aro,
Muallim bor uçun hayot farahli.
Kördim, davralarda olim-u arbob,
Boş egib turganin uning poyida.
Yuraklar törida mangu bir xitob:
“Ustozga ehtirom – oltin qoida!”
Ungadir ardoqlar, unga şaraf-şon,
Aziz nomi doxil abadiyatga.
Har bitta amali bebaho imkon,
Eng uluğ mohiyat adabiyotga!
Şoirlar nazmida madhiga söz yöq,
Nasriy bitiklarda ojizdir lison.
Mehr qaytarmoqdan uluğ qarz yöq:
Oddiy Muallimga ming bor ehtirom!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶