TUMAN MADANIYaT MARKAZIDA “ŞOIR VA DAVLAT ARBOBI” MAVZUSIDA Z.M.BOBUR IJODIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Zahiriddin Muhammad Bobur. Biz uni nafaqat betakror şoir, ğazalnavis, adabiyot fidoyisi, balki öz davrining adolatparvar, xalqparvar hukmdori, tarixçi-etnografi, ölkaşunos, biolog-dorişunos, ötkir tilşunos olim sifatida bilamiz. Arab alifbosini örganiş borasidagi imloviy muammolarni bartaraf etiş maqsadida “Xatti Boburiy” alifbosini yaratgan Bobur davlatni boşqariş tizimida vaqt meʼyorini soddalaştirilgan tarzda işlab çiqib, öz hukmronligi davrida poçta-aloqa tizimiga öziga xos tartib bergan, zamondoş hukmdorlardan farqli ravişda Hindiston va Qobul muzofotlarida yirik şaharlarni obodonlaştirib, betakror meʼmoriy obidalar bunyod etgan serqirra olim, davlat va jamoat arbobi, tarixçi, şoh va şoir, tengsiz dinşunos bölgan.

Özining juda qisqa, 47 yillik umri davomida buyuk vatandoşimiz Hind diyorini havasga munosib mamlakat sifatida dunyo ahliga tanita oldi. Nafaqat Hindiston, balki Xurosonda ham Movarounnahr tamaddunini yoyib, oddiy xalq uçun fidoyilik qildi: madrasalar, şifoxonalar, masjid va rabotlar bunyod etdi. Dinşunoslik sohasida misli körilmagan islohotlarni amalga oşirdi: Hindistonda tarqoq diniy qaraşlarni birlaştirdi, buddizmning eng xurofiy odatlaridan biri – eri vafot etsa, u bilan birga xotinini ham tiriklay olovda kuydirişdek yovuz odatga barham berdi. Bu uning mahalliy xalq orasida katta şon-şuhrat qozonişga sabab böldi.

Z.M.Bobur asarlari esa, mana, beş asrdan oşdiki, hamon dunyo xalqlarining maʼnaviy olamini boyitib, kitob javonlarini bezab turibdi. Uning vatanparvarlik, xalqparvarlik mavzusidagi şeʼriyati, tarixiy-memuar “Boburnoma” asari bugungi davr uçun ham nihoyatda qadrli, beqiyos ulkan maʼnaviy taʼlimdir. Onaga, Vatanga, döst-yorga, jigarbandga çeksiz mehr, har qanday razolatga nisbatan murosasizlik ruhidagi ijod namunalari özining boy tili, xalqonaligi bilan har birimizning qalbimizdan munosib joy olgan.
Tuman Madaniyat markazida Nasiba Eşçonovaning stsenariysi asosida Z.M.Bobur tavalludining 537 yilligiga bağişlab ötkazilgan “Şoir va davlat arbobi” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbirda sözga çiqqan adabiyot va Bobur ijodi ixlosmandlari bu haqda faxr bilan sözladilar. Bobokalonimiz hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi biri-biridan mazmundor adabiy maʼruzalar tadbir iştirokçilariga maʼnaviy ruh bağişlovçi musiqiy lahzalarga ulanib ketdi. Bobur ğazallari bilan aytiladigan aşulalarni mahorat bilan ijro etgan “Uçqun” aşula va raqs xalq dastasi xonandalarining har bir çiqişi olqişlar bilan kutib olindi.

Ayniqsa, 16-sonli maktab öquvçilari tomonidan sahnalaştirilgan “Bobur va Xonzodabegim” adabiy kompozitsiyasida vatanparvarlik, insoniylik, jigarbandlik mehr-oqibati, ayollik nazokati mahorat bilan körsatib berilgani tomoşabinlar qalbida buyuk vatandoşimizdan faxrlaniş tuyğularini uyğotdi.
Özbekiston xalq yozuvçisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub maşhur “Yulduzli tunlar” asari asosida 38-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçi-yoşlari tomonidan tayyorlangan sahna körinişi özining hayotiyligi, ijroning samimiyligi, Bobur Mirzoning sargardonlikda keçgan va buyuk işlarga qodir şaxs sifatidagi jasorat va matonatga töla hayoti aks ettirilgani bilan barçada katta taassurot qoldirdi.
Şuningdek, tadbirda 16-sonli IDUM öquvçilari tomonidan mahorat bilan sahnalaştirilgan Navoiy va Bobur haqidagi adabiy kompozitsiya tadbir iştirokçilarini maʼlum vaqt Navoiy va Bobur yaşagan davr bilan oşno etdi. Ikki buyuk şoirning ijod lahzalari hamda şoh Boburning davlatni boşqarişdagi odilona siyosati, buyuk meʼmorçilik obidalarini yaratiş yuzasidan olib borgan sermahsul faoliyati şoh va şoir, tarixçi va etnograf, biolog va dorişunos Bobur qiyofasida körsatib berildi.

Tadbir davomida “Uçqun” aşula va raqs xalq dastasining xuşovoz xonandalari Vahobjon Abdullayev, Raşid Rahimov, Sardorbek Kamolov hamda Otabek Ahmadovlar tomonidan Bobur ğazallari bilan aytiladigan mumtoz aşulalarga keng örin berildi, dillarga xuş yoquvçi mumtoz navolar jörligida sahnalaştirilgan raqslar barçaga xuş kayfiyat bağişladi.
Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, “Şoir va davlat arbobi” adabiy-musiqiy tadbirining hayotiyligi, Bobur yaşagan davr ruhining aks ettirilişida sahna bezatuvçilari Mehribon Yöldoşeva, Dilzfuza Bobojonova, Nazokat Ismoilovalarning mahorati alohida ahamiyatga ega böldi.
Bölib ötgan adabiy-musiqiy tadbir amudaryolik yoşlarning, Bobur ijodi ixlosmandlarining qalbida yanada yorqin taassurotlar uyğotib, buyuk ajdodimiz adabiy merosi qadr-qimmatini yanada yuksak poğonaga kötardi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶