21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 20:15
Jamiyat 👁 305

Atoqli davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Qahramoni Musa Tajetdinovich Yerniyazovning xotira kechasi boʻlib oʻtdi

Atoqli davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Qahramoni Musa Tajetdinovich Yerniyazovning xotira kechasi boʻlib oʻtdi

Shu yilning 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Atoqli davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Qahramoni Musa Tajetdinovich Yerniyazovning 75 yilligini keng tarzda nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Qarorga muvofiq 19-dekabr kuni Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi binosida xotira kechasi boʻlib oʻtdi.

“Atoqli davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Qahramoni Musa Tajetdinovich Yerniyazovning mehnat yoʻli – ibrat maktabi” nomli xotira kechasida tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, fuqarolar yigʻinlari raislari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbir avvalida ustoz sanʼatkorlar tomonidan mumtoz navolar ijro etildi.

Xotira kechasida Musa Tajetdinovich Yerniyazovning porloq xotirasiga bagʻishlab “Oʻzbekkino” milliy agentligi buyurtmasi asosida “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan hujjatli film namoyish etildi.

Stsenariy muallifi Kenesbay Karimov marhumning umri davomida uchragan toʻsiq va qiyinchiliklarga qaramasdan qoraqalpoq xalqi uchun chin dildan fidokorona xizmat qilganligini uning zamondoshlari, hamkasblari, yaqinlarining xotiralari, samimiy fikrlari orqali toʻliq gavdalantirib bergan.

Xotira kechasida tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov Musa Yerniyazovning 18-yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi lavozimida faoliyat yuritib, Qoraqalpogʻiston Respublikasining gullab-yashnashi yoʻlida bor kuch, bilim va gʻayratini safarbar qilganligini, har bir sohada erishilgan salmoqli yutuqlarni qoraqalpoq xalqi Musa Yerniyazovning nomi va faoliyati bilan bogʻlashini aytib oʻtdi.

Musa Yerniyazovning amudaryoliklar uchun chindan ham qadrli el oqsoqoli boʻlganligi, uning tumanga boʻlgan tashrifi davomida aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash, iqtisodiy va ijtimoiy sohani rivojlantirish boʻyicha bildirgan taklif va tavsiyalari ijrosi bugungi kunda oʻzining ijobiy samarasini berib kelayotganligi taʼkidlandi.

Darhaqiqat, uning davrida Qoraqalpogʻistonda boshqa sohalardan orqada qolayotgan qishloq xoʻjaligi sohasi gurkirab rivojlandi. Yurtimiz yirik sanoat markaziga aylandi. Katta zavod va fabrikalarning ishga tushirilishi, investitsiyalarning kirib kelishi sababli ochilgan yer osti va yer usti boyliklari bugungi kunda xalqimizning turmushi farovonligiga xizmat qilib kelmoqda.

Xotira kechasida “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi oʻrinbosari Bekman Allaberganov Muhtaram Prezidentimizning boshlab bergan odilona siyosatini Musa Yerniyazov munosib davom qildirganini eʼtirof etib oʻtdi.

U oʻz nutqida Orolning chekinishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik muammolarning oldini olish, Ustyurt, Moʻynoqning turmushini yangilashda Musa Yerniyazovning xizmatlari katta ekanligini taʼkidladi. Qolaversa, marhum davlat va jamoat arbobining Amudaryo tumanining eng olis qishloqlarida boʻlib, har bir soha xodimlarining muammolarini tinglashi, ularni oʻzining tashvishidek qabul qilib tezroq hal qilishga oshiqishi har bir rahbar uchun oʻrnak va ibrat yoʻli boʻlib kelayotganligini aytib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston Qahramoni Musa Yerniyazovning porloq xotirasini yod etib u bilan bogʻliq boʻlgan voqealarni esga olishdi, uning xalq manfaati yoʻlida qilgan xayrli ishlarini yana bir bor eʼtirof etishdi.

 Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026