12.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
12.09.2026, 13:00
Jamiyat 👁 390

Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi

Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi

Inson umrining haqiqiy mazmuni va mohiyati uning ortidan qoldirgan ezgu ishlari, el-yurt farovonligi yoʻlidagi fidokorona mehnati, jamiyatda topgan hurmati va albatta, oʻzidan keyingi avlodlarga bera olgan goʻzal tarbiyasi bilan oʻlchanadi. Bugun Amudaryo tumanining Qangli ovulida joylashgan "Turon" toʻyxonasida ana shunday sermazmun va ibratli hayot yoʻlini bosib oʻtgan inson, mehnat faxriysi va jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Mazkur fayzli va unutilmas kechada qahramonimizning oila aʼzolari, farzandlari, nevara-chevaralari, yaqin doʻstlari, qarindoshlari va sobiq kasbdoshlari jam boʻlib, uni bu tabarruk yoshi bilan samimiy qutladilar. Tantanali davrada Yangiboy Rajapovning eng yaqin safdoshlari va qarindoshlari soʻzga chiqib, uning sermazmun hayot yoʻli, yuksak insoniy fazilatlari haqida iliq va samimiy dil soʻzlarini izhor etdilar.

Yangiboy Rajapov 1946-yilda dunyoga kelgan. Uning bolalik yillari Ikkinchi jahon urushi endigina tugagan, el-yurt boshida ogʻir sinovlar turgan, qimmatchilik va yoʻqchilik odamlarning turmush tarzida hamda ruhiyatida oʻz izini qoldirgan nihoyatda murakkab davrga toʻgʻri keldi. Urushdan keyingi ogʻir jarohatlar asta-sekin bitib, hayot oʻz iziga tusha boshlagan pallada, yaʼni 1952-yilning kuzida 6 yoshga toʻlgan Yangiboy oʻzi tugʻilib oʻsgan Qangli ovulidagi Yoʻldosh Oxunboboyev nomli 7 yillik maktabning 1-sinfiga qadam qoʻydi. Onasi oʻz qoʻllari bilan tikib bergan yangi kiyim va kitob xaltasini koʻtarib, ilm dargohiga ilk bor qadam qoʻygan kunini u oradan qancha yillar oʻtsa hamki, hamon cheksiz hayajon va zavq bilan xotirlaydi. Aynan mana shu tarixiy kun uning butun kelajak hayotini, faoliyatining debochasini va maqsadlarini belgilab bergan eng muhim tayanch nuqtasi edi.

Maktabda faqat aʼlo baholarga oʻqigan qahramonimiz qishloqdagi 7 yillik taʼlimni muvaffaqiyatli tamomlagach, 1959-1963-yillar davomida uyidan 7-8 kilometr uzoqlikda joylashgan maktabga piyoda qatnab, oʻrta maʼlumot olishga muvaffaq boʻldi.

Otasining vafoti va oilaviy sharoitning ogʻirligi sababli markaziy shaharlarga ketib oliygohda oʻqish imkoni boʻlmadi va u 1963-yilda jamoa xoʻjaligida oddiy ishchi boʻlib oʻz mehnat faoliyatini boshladi. 2 yillik mashaqqatli mehnatdan soʻng, qatʼiyati sababli 1964-yilda Nukus shahridagi gidrotexnikumga oʻqishga kirib, 1965-yilda uni aʼlo baholarga tamomladi. Soʻngra 1965-1968-yillarda harbiy xizmatni oʻtab qaytdi.

Yangiboy Rajabov 1970-1980-yillarda Yoshlar uyushmasi faoli sifatida va boshqa koʻplab masʼuliyatli lavozimlarda samarali ishladi. 1991-yilda yurtimiz mustaqillikka erishgach, boshqaruv tizimida yuz bergan oʻzgarishlar davrida u tuman kengashi raisi, keyinchalik esa Amudaryo tumani rahbari etib tayinlandi. Bu davrda Yangiboy Rajapov tumanning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va aholi turmush farovonligini oshirishga beqiyos hissa qoʻshdi. Uning el-yurt oldidagi halol mehnatlari yuksak baholanib, 1978-yilda “Mehnatdagi oʻrnakligi uchun” medali bilan taqdirlangan. 2022-yilda Mahallalar kengashi tomonidan unga “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni topshirildi. 2023-yilda faol jamoatchi va yoshlarga ibrat maktabini yaratgan inson sifatida “Ardoqli nuroniy” koʻkrak nishoniga sazovor boʻldi.

Yangiboy Rajapov nafaqat el-yurt koriga yaragan rahbar, balki nihoyatda oilaparvar va mehribon insondir. U umr yoʻldoshi Roziya opa bilan hayotning bor quvonchu tashvishlarini baham koʻrib, birgalikda el xizmatiga kamarbasta boʻlgan farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazdilar.

Katta qizi Feruza hamshira boʻlib ishlaydi. Katta oʻgʻli Muzaffar Nukus davlat pedagogika institutida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritadi. Ikkinchi oʻgʻli Xayrulla tez tibbiy yordam boʻlimida ishlaydi. Qizi Farida tadbirkor boʻlib elga xizmat qilib kelmoqda. Olamdan oʻtgan kichik qizi Xolida esa hamshira edi.

Bugungi kunda Yangiboy Rajapov umr yoʻldoshi Roziya opa bilan birgalikda pir-u badavlat otaxon va onaxonlar boʻlib, el-yurti va shogirdlari ardogʻida, farzandlari eʼzozida, shuningdek, suyukli nevara va evaralarining quvonchiga sherik boʻlib, fayzli va shukronalikka toʻla umr kechirmoqdalar.

Uning 80 yilligi sharafiga uyushtirilgan yubiley tantanasi yaqinlari va doʻst-yoronlarining ezgu tilaklari, chiroyli kuy-qoʻshiqlar bilan davom etdi. Bunday sermazmun va sharafli hayot yoʻli nafaqat uning oila aʼzolari, balki butun jamiyat, xususan, bugungi va kelajak yosh avlod uchun haqiqiy matonat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik hamda sadoqat maktabi boʻlib xizmat qilishi shubhasizdir.

Fursatdan foydalanib biz ham Yangiboy ota Rajabovni tabarruk 80 yoshi bilan qutlab, unga uzoq umr, mustahkam salomatlik va hamma havas qilgulik baxt tilaymiz!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026