«Sevsangiz, avval şu Vatanni seving!»
«Inson biron joyga borişdan oldin, u yerga uning xayoli borib keladi», – deydi Mavlono Rumiy. Şu yurt farzandi sifatida mening ham xayollarim Sirdaryoda! Qalbim Sardobada! Odamlarning iztiroblarida! Faqatgina – sabr qilişlik, özaro hamjihatlik bilangina ertangi gözal kunlarga boramiz!
Sönggi ikki hafta içida bölib ötgan taşvişlar (ofat) jabrini totgan xalqimiz sabrli, irodali, kuç-qudratli ekanligini yana bir bor isbotladi. “Birlaşgan özar” degan maqol bor dono xalqimizda. Azal-azaldan bir-birlarining yaxşi-yomon, bor-yöq, quvonçu-taşvişli kunida kamarbasta bölib, yakdillik bilan hayot keçirib kelayotgan ota-bobolarimizdan ötgan azaliy eng buyuk qadriyat desak xato qilmaymiz. Eng buyuk qadriyat! Ha, bu sözning zamirida neça-neça maʼnolar jilvalanib, Özbekiston degan uluğ diyorni köz öngimizda zohir qilmoqda.
Hamon esimdaki, öşanda ön beş yoşar öspirin edim. Hali fermerlik harakati ançayin taraqqiy topmagan, kolxoz va sovxozlar öz egalariga bölib berilayotgan ikkiminginçi yil boşlarida edi. 10 gektar paxta yerimizni kalamuş uyasidan sizib kirgan suv dambani öpirib, paxta dalamizni suv oldi. Men suvga qoravul edim. Uxlab qolibman, akalarim yetib kelsa, dalaning u boşiga çiqqan. Birinçi çopiği qilinib, hali öğit bilan oziqlantirişga tayyor holatga keltirilgan paxta dalasini suv bosdi! Sarosimaga tuşib qolgan akamlar “Endi nima qilamiz, hokim buva yerimizni olib qöyadi, suv bosgan paxta paxta böladimi?” deganiça kuyingandi. Otam ham heç nima demay, bir çekkaga çiqib, içidan qanday iztirob ötdi, bilmayman! Bilganim biron hafta oilamiz xomuş, eng kerakli buyumimizdan ayrilib qolgandek yaşadik. Eng zarur zotimizdan ayrilib qolgandek – sukunat çökdi boşimizga. Öşanda mahallada “falonçini dalasini suv uribdi, endi ulardan yerni olib qöyişadi, paxta örniga mollarini topşiradi” degan miş-mişçilarga ham kun tuğib qoldi. Yuzimga ketma-ket tuşgan şapaloq zarbini eslasam – suvning ofati yomon, unday baloning oxirgisi bölsin degan içki bir eziliş ötadi qalbimdan!
Öşa yili na hokim keldi, na yerimizni olib qöydi! Rahmatli Amudaryo tuman hokimi Rajabboy Yöldoşev qaytamga otam bilan körişib qolib, “Sizga işonaman, öğlingizni paxtasini körsam kayfiyatim kötariladi, bizdan nima yordam” deganlari keçagidek esimda. Öşa yili suv urgan paxta 40 tsentnerdan berib, rejani ovulimizda birinçilardan bölib bajardik. Sabr Allohdan! Otamning Allohdan söraganlari ijobat böldi. Yaratgan oilamizdan mehrini dariğ tutmadi, marhamatini ayamadi.
Sardobalik hamyurtlarimiz boşiga tuşgan ulkan savdo ham arib, yaxşi kunlari hali oldinda ekanligini, Yaratganning marhamati keng, heç bir bandasini şundoq yolğiz taşlab qöymasligini takror aytmoqçiman. Bir yomon işning bir yaxşi fazilati bordir. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek: “Bu körgulik ilohim oxirgisi bölsin” deya otalarça ğamxörligini körib, azmu şijoatli elimiz bir yoqadan boş çiqardi. Biz azal-azaldan özi yemay, özi kiymay, özi şafoatini boşqalarga ilingan, mehru mahabbatini berib, uning evaziga qalbida mamnuniyat tuyğusini tuyğib yaşaydigan xalqmiz. Körsatilayotgan insonparvarlik yordamlardan ham bilsa böladiki, heç qaçon bir-birimizni şundoq öz holiga taşlab qöyyadigan vatandoş emasligimizni yana bir bor isbotladik.
Bilaman, oila qurib, boşpona tiklaş uçun yillar davomida mehnat qilinadi. Lekin buni kim bilibdi deysiz? Hukumat Komissiyasi yetkazilgan zararlarni töliq qoplab, “Yangi Sardoba”, “Obod qişloq”, “Obod şahar” qilib berişini har kuni uqtirmoqda. Uy ham quriladi, odamlar öz hayot tarziga qaytadi. Har bir uçraşuvlarida qayta-qayta takrorlaydigan Prezidentimizning şiorga aylangan hikmati “Tomoşabin bölmaylik, bir-birimizga kamarbasta bölaylik” deganida men yana ulkan niyatni his qildim.
Bu yil Vatanimizga oğir yil bölib keldi. Buni pandemiya, Buxorodagi şamol yetkazgan zarar oqibatlari va Sarbodadagi kutilmagan suv omboridagi ofatning ketma-ket sodir bölişi, har bir yurt fuqarosini albatta, taşvişlantirdi. Yaratganning sinovi! Bizning qay darajada irodali, iymonli, eʼtiqodli ekanligimizni yana bir bor sinov qildi. Ana şunday vaziyatda, holatda öz uylaridan boşpana berib, eng birlamçi kerakli zaruriy aşyolar bilan yordam qölini çözgan hamyurtlarimizga savoblari buyursin!
Uluğ ramazon oyida Qoraqalpoğiston Respublikasidan yuborilgan insonparvarlik yordami ham sirdaryoliklarning heç bölmasa bir kuniga madad bölsa, ajabmas!
Biz qalban, ruhan birlaşib, şunday şaroitda jipslaşib, xalqimizning töyu tomoşalariga hamroh bölişlik nasib qilsin. Alloh taolo gözal Özbekistonimizni yomon közlardan, balo-ofatlardan özi saqlasin!
Sevimli şoirimiz Muhammad Yusuf qalbidan çiqqan olov misralar ayni şu tobdagi umumiy kayfiyatimizga taskin va malham böla oladi:
Kimlardir kaftida gul uşlab yurar,
Kimlardir qölida palaxmon toşi.
Çayqalib turganda dunyo guldirab,
Yurtning poyidadir yigitning boşi.
Sevsangiz, avval şu Vatanni seving,
Söng şahlo közu gulbadanni seving!..
Xursandbek TÖLIBOYeV, filologiya fanlari böyiça falsafa (PhD) doktori, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶