Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boşlanadi
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining şu yil 28-fevraldagi farmoyişiga asosan 13–14-mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boşlanadi” şiori ostida mamlakatimiz böylab ötkazilgan umumxalq xayriya haşari aholi birdamligi, mehr-oqibati va bunyodkorlik salohiyatini yana bir bor namoyon etdi. Ayniqsa, hududlarni obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş va tozalik işlari ekologiya va atrof-muhit musaffoligiga ham ijobiy taʼsirini körsatdi.
Amudaryo tumanida mazkur umumxalq xayriya haşariga 49 ta mahalla va 30 ta taşkilot jalb etildi. Haşarda jami 15 ming nafar fuqaro iştirok etib, şundan 8 ming 500 nafarini yoşlar taşkil etgani ayniqsa ahamiyatlidir. Bu yoş avlodning yurt taqdiri, mahalla obodligi va ekologik madaniyatga daxldorlik tuyğusi yuksalib borayotganini körsatadi.
Haşar davomida tumanda umumiy hajmi 12 gektar bölgan maydonlar obodonlaştirilib, jami 18 tonna maişiy va quriliş çiqindilari taşkiliy ravişda olib çiqib ketildi. Şuningdek, 25 kilometr uzunlikdagi ariq va lotoklar tozalanib, bu işlarga 25 ta texnika vositalari jalb etildi. Obodonlaştiriş tadbirlari doirasida 22 ming tup daraxt köçatlari ekildi, 25 ming tup daraxt oqlanib, suğorildi va parvariş qilindi.
Amaliy işlar kölami obʼektlar misolida ham yaqqol közga taşlanadi. Jumladan, bozorlar hududida 20 ming kvadrat metr maydon tartibga keltirildi, 74 ta qabriston, 3 ta boğ obodonlaştirildi. Şuningdek, 392 ta köça tozalanib, 2 ta bolalar va ösmirlar sport maydonçalari taʼmirlandi. Ijtimoiy soha obʼektlarida ham salmoqli işlar bajarilib, jami 165 ta obʼekt tartibga keltirildi. Ular orasida 86 ta maktab, 56 ta maktabgaça taʼlim taşkiloti, 15 ta soğliqni saqlaş muassasasi va 8 ta boşqa obʼektlar bor. Uşbu obʼektlar atrofi va ularga tutaş hududlarga jami 8 mingdan ortiq tup daraxt köçatlari ekildi.
Ayni paytda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga kömak beriş masalasi ham eʼtibordan çetda qolmadi. Xususan, yakka-yolğiz va boquvçisini yöqotgan insonlarga qaraşli 82 ta xonadon tomorqasi tartibga keltirildi. Şuningdek, 2 ta oilaning uy-joyi taʼmirlanib, mazkur yordamga muhtoj oilalar xonadonida jami 200 kvadrat metr hajmda quriliş-taʼmirlaş işlari amalga oşirildi.
Xulosa qilib aytganda, umumxalq xayriya haşari nafaqat hududlar qiyofasini yangilaş, balki odamlar qalbida hamjihatlik, bağrikenglik va vatanparvarlik tuyğularini yanada mustahkamlaşga xizmat qildi. Obod mahalla, orasta köça va fayzli xonadonlar esa, şubhasiz, yurt taraqqiyotining muhim mezonidir.
Saʼdulla Sadikov, Özbekiston Ekologik partiyasining Amudaryo tuman Kengaşi raisi
Maqola “Jayxun ilhomlari” NNTning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi
Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan
“Ekologik madaniyat – soğlom kelajak asosi” nomli loyihasi doirasida tayyorlandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶