12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 19:26
Jamiyat 👁 361

Umumxalq xayriya haşari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boşlanadi!” şiori ostida uyuşqoqlik bilan ötkazildi

Umumxalq xayriya haşari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boşlanadi!” şiori ostida uyuşqoqlik bilan ötkazildi

Bahor — tabiatning uyğoniş, yangilaniş va yaşariş fasli. Bu fasl atrof-muhitga özgaça fayz, insonlar qalbiga esa yangiça şijoat va kötarinki ruh baxş etadi. Qişning sovuq va izğirinli kunlaridan söng yer yuziga iliq nafas qaytadi, daraxtlar kurtak yozadi, maysalar unib çiqadi, tabiat yana bir bor hayot davomiyligini namoyon etadi. Şu bois ham bahor fasli azaldan obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş, yaratuvçanlik kabi ezgu amallar mavsumi sifatida qadrlanadi.

Bahorning dastlabki kunlarida, Navröz bayrami arafasida köçat ekiş, ariq-zovurlarni tozalaş, mahalla va köçalarni obod qiliş, xonadonlar atrofini sarişta qiliş kabi işlar milliy turmuş tarzimizning ajralmas qismiga aylangan. Yurtdoşlarimiz orasidagi özaro ahillik va hamjihatlik ana şunday haşar va obodonlaştiriş tadbirlarida yanada yaqqol közga taşlanadi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-fevraldagi 72-son farmoyişiga asosan “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boşlanadi!” şiori ostida yurtimiz böylab 13–14-mart kunlari umumxalq xayriya haşari ötkazildi. Mazkur haşar yurtimizni yanada obod va körkam qiliş, mahallalarda ozodalik va sariştalikni taʼminlaş, eng muhimi, aholi örtasida hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etdi.

Amudaryo tumanining ovul va mahallalarida ham mazkur haşar yuqori uyuşqoqlik bilan ötkazildi. Hududlarda keng kölamli obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari boşlanib, ayniqsa haşar kunlarida köçalar, yölaklar, jamoat joylari va aholi gavjum hududlar saranjom-sarişta qilindi. Atrof-muhitni tartibga keltiriş, çiqindilarni taşkiliy ravişda olib çiqiş, ariq va yöl yoqalarini tozalaş işlariga alohida eʼtibor qaratildi. Ayniqsa, daraxtlarga şakl beriş, oqlaş, mavjud yaşil hududlarni yanada kengaytiriş tadbirlari nafaqat hududlarning sanitariya holatini yaxşilaş, balki ekologiya va atrof-muhit musaffoligini taʼminlaşga, hamyurtlarimizning turmuş madaniyatini yanada yuksaltirişga ham xizmat qildi.

Kelajak avlod uçun yanada yaşil, soğlom va musaffo muhit yaratiş maqsadida haşar kunlarida köplab mevali va manzarali daraxt köçatlari ekildi. Bu işlar nafaqat bugungi kun manfaati, balki ertangi avlodning soğlom hayoti, ekologik barqarorlik va hududlarning iqlimiy muvozanatini saqlaş nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Ekilgan har bir köçat — bu kelajakka qilingan sarmoya, tabiatga bildirilgan ehtirom va avlodlarga nisbatan mehr ifodasidir. Şu maʼnoda, bahorgi köçat ekiş işlari tuman ahlining ezgu maqsadlar yölidagi amaliy saʼy-harakatini yana bir bor namoyon etdi. Bu xayrli işlarda tuman hududidagi barça muassasa, korxon va taşkilotlar xodimlari, tuman Mahallalar uyuşmasi boşçiligida joylardagi fuqarolar yiğinlari masʼullari uyuşqoqlik bilan iştirok etdilar.

Obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlariga nafaqat davlat va jamoat taşkilotlari, balki nodavlat notijorat taşkilotlari xodimlari ham munosib hissa qöşmoqda. Xususan, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Ekologik madaniyat – soğlom kelajak asosi” nomli loyihasi doirasida bu yönalişda qator amaliy işlarni olib bormoqda.

Grant loyihasi doirasida joylarda uçraşuvlar ötkaziş, ommaviy axborot vositalarida çiqişlar qiliş va ijtimoiy tarmoqlarda maʼlumotlar tarqatiş orqali ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş sohasidagi qonun hujjatlari talablari aholining keng qatlamiga tuşuntirilmoqda.

Loyiha doirasida aholini elektr tejovçi uskunalardan foydalanişga rağbatlantiriş, şu orqali ekologiyani asraşga va tabiiy resurslarni tejaşga daʼvat qiliş maqsadida bir neça marta öquv-seminarlari hamda uçraşuvlar taşkil etildi. Faol iştirokçilarga energotejamkor lampoçkalar tarqatilişi esa tarğibotning amaliy natijasi sifatida ahamiyatli böldi. Bu orqali aholining nafaqat ekologik bilimlari, balki kundalik turmuşda tejamkorlikka amal qiliş könikmalari ham mustahkamlanmoqda.

Ötgan yilning kuzgi köçat ekiş mavsumida grant loyihasi doirasida tumandagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Ijtimoiy himoya” yagona reyestriga kiritilgan oilalar iştirokida “Oilamiz boğini yaratamiz!” nomli aktsiya taşkil qilingan edi. Aktsiya doirasida 50 ta oilaning har biriga 20 tupdan, jami 1000 tup mevali va manzarali daraxt köçati bepul tarqatildi. Tuman mahallalar uyuşmasi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda ötkazilgan uşbu aktsiya orqali oilalarning daromad manbalarini yaratişga, şuningdek, hududlarning yaşilligini va ekologik barqarorligini taʼminlaşga munosib hissa qöşildi.

Bu yönalişdagi işlar grant loyihasining iş rejasi asosida izçil davom ettirilmoqda. Taşkilot tomonidan bahorgi köçat ekiş mavsumida muassasa va korxona-taşkilotlar hamkorligida “Yaşil Özbekiston” aktsiyasining ötkazilişi ham ana şu saʼy-harakatlarning amaliy ifodasi böldi. Umumxalq xayriya haşari kunlarida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti masʼullari aktsiya doirasida taşkilotlar, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari maʼmuriyatiga mevali va manzarali daraxt köçatlarini bepul tarqatib, ularni ekiş jarayonida ham faol iştirok etdi.

Nodavlat notijorat taşkilotlari va jamoatçilikning hududlarni obodonlaştirişdagi iştiroki alohida ahamiyatga ega. Çunki bunday taşabbuslar faqatgina hududlarni tozalaş yoki köçat ekiş bilan çeklanib qolmay, balki fuqarolik jamiyatining faolligini, odamlarning umumiy maqsad yölida birlaşişini taʼminlaydi. Jamoatçilik iştirokida amalga oşirilgan har bir ezgu iş aholi ongida masʼuliyat, daxldorlik va tabiatga mehr tuyğusini kuçaytiradi. Eng muhimi, bunday hamkorlik natijasida ekologik madaniyatni şakllantiriş, hududlarning obod qiyofasini saqlaş va kelgusi avlodga munosib hayot muhitini qoldirişga mustahkam zamin yaratiladi.

Xulosa qilib aytganda, bahorgi obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş tadbirlari Amudaryo tumanida ham yuksak uyuşqoqlik, hamjihatlik va taşkilotçilik ruhida amalga oşirilmoqda. Umumxalq xayriya haşari, “Yaşil Özbekiston” aktsiyasi, nodavlat notijorat taşkilotlari va jamoatçilikning faol iştiroki natijasida hududlar yanada ozoda, körkam va yaşil tus olmoqda.

Bu esa nafaqat bugungi kun uçun, balki kelajak avlod uçun ham soğlom, musaffo va barqaror muhit yaratiş yölidagi muhim qadamdir. Zero, yurt obodligi mahalladan, mahalla ravnaqi esa har bir fuqaroning ezgu amallaridan boşlanadi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026