26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 01:01
Jamiyat 👁 947

Yaxshidan nom qoladi

Yaxshidan nom qoladi

Boʻronboy ogʻa Qoboqboyev Amudaryoning chap qirgʻogʻidagi Qipchoq ovulida, 1942-yilda tavallud topgan. Uning bolalik davrlari Ikkinchi jahon urushi davri va ocharchilik yillariga toʻgʻri  kelgan. Ularning oilasi ham koʻpchilik qatorida oʻsha yillarda och va yupun yashaganlar. Ilmga chanqoq bu yigit 1962-yilda umumtaʼlim oʻrta maktabini bitirib, Toshkent Davlat tibbiyot institutining davolash kulliyotiga oʻqishga kiradi. 1967-yilda oliygohni muvaffaqiyatli tugatib, 1969-1979-yillarda Amudaryo tumanining markaziy shifoxonasida terapevt-shifokor va bir vaqtning oʻzida markaziy poliklinikada mudir lavozimida ham ishlaganlar. Shuningdek, 1979 va 1984-yillar oraligʻida terapiya boʻlimining mudiri, 1984-2006-yillarda  tuman VTEK raisi, keyinchalik VTEKda terapevt-shifokor boʻlib ishlab kelgan. U 2003-yilda Qozogʻiston Respublikasiga oilasi bilan koʻchib ketdi va 2007-yilda vafot etdi.

Ushbu maqolada tumanimizda tugʻilib, voyaga yetgan va tumanimiz tibbiyotining ravnaqiga oʻzining salkam 40 yillik halol mehnati bilan hissa qoʻshgan kamtarin inson, tajribali terapevt-shifokor, mahoratli rahbar Boʻronboy ogʻa Qoboqboyevning oʻziga xos hayot faoliyatini imkon qadar yoritishni joiz deb bildim.

Boʻronboy ogʻa tibbiyot oliygohini bitirib, Mangʻit shahri markazidagi shifoxonaga ilk bor qadam qoʻygan kunidan boshlab uzluksiz, sal kam qirq yil tumanimiz aholisining sogʻligini saqlash yoʻlida sabr-qanoat va bardosh bilan xizmat qila olgan, shu sababli tuman aholisi oldida tanilib, hurmat-eʼtibor qozongan inson edilar. Oʻz davrida tumanimizda yangi zamonaviy tibbiyot ilmini oʻzlashtirib kelgan oliy maʼlumotli terapevt-shifokorlar uch nafargina boʻlgan, xolos. Zamondoshlarining uni eslashlaricha, ogʻa oʻz kasbining etagidan mahkam tutib, hech injilmasdan, qish-u yoz uyidan shifoxonaga, shifoxonadan uyiga har kuni, har qanday vaziyatlarda, eng kamida besh marta qatnar ekanlar. Bu qirq yilda qancha boʻladi? Yiliga kamida 300-martadan hisoblasak, 40-yilda oʻn ikki ming marta boʻlar ekan!

Qoboqboy ogʻa kabi insonlarning el duosini olish va elga manzur boʻlish uchun qanchalar zahmat chekkanliklarini bir oʻylab koʻring-a! Qariyib oʻn yil oddiy terapevt-shifokor boʻlib ishladi, oʻqidi, oʻrgandi, tajriba orttirdi, u el-yurtni, el-yurt uni tanidi, eldan ajralmadi va kibrlanib ketmadi, doimo xalq xizmati va nazarida boʻldi. Besh yil tuman poliklinikasi va terapiya boʻlimining mudiri, oliy toifadagi terapevt-shifokor maqomiga ega boʻldi. Bemorlarni oilasi bagʻriga sogʻ-salomat qilib qaytarish uchun boʻlim xodimlari kunni-tunga ulab ishlashlariga toʻgʻri kelgan edi oʻsha yillarda. U jamoani hamjihat boʻlib ishlashga, yagona maqsad yoʻlida harakat qilishga unday olgan rahbar sifatida tuman tibbiyot sohasida oʻz mavqeiga ega boʻldi.

Baxt deganda nimani tushunamiz? Boʻronboy ogʻaning baxti nimada?

Birovga oliy oʻquv yurtiga kirib, oliy maʼlumot olish, yana birovga dangʻillama uylar qurish yoki xorij avtomashinasini sotib olish – baxt. Boshqa birovlar esa farzand koʻrib, voyaga yetkazishni – bu eng zaruriy va mohiyatan buyuk baxt deb biladi. Sababi, farzandi ulgʻayib, ogʻirini yengil qiladi, suyanchigʻiga aylanadi, Vatanimizga xizmat qiladi – bu eng zoʻr, goʻzal baxtdir.

Alloh rahmat qilsin Boʻronboy ogʻachi, u ham bu foniy dunyodan baxtli boʻlib, yashab oʻtganmikan?

Ha, bizlar, uning zamondoshlari – “Boʻronboy ogʻa ham chinakam baxt-u saodatli insonlardan edi”, – deb baralla ayta olamiz. Chunki bunga hayotiy asoslarimiz yetarli. Sababi, u ham oʻzi tugʻilib-oʻsgan yurtida, tengdoshlari qatorida oʻqib, ilm olib, solih farzandlar oʻstirgan, el-yurt koriga yarashga musharraf boʻla ol-gan insonlardan edilar.

Boʻronboy ogʻa oʻzi sevgan kasbi bilan oʻz xalqiga 40-yil xizmat qilish baxtiga muyassar boʻlgan baxtiyor inson edilar.

Qodirbergan hoji.

Qatralar

Eh, OdamzoT, odamzoT!

Millati, dini, Vatani, mazhabi bir xil boʻlishi mumkin, lekin feʼl-atvori ming xil. Ularning ishidan xuddi sen kabi fikrlaydigan, hayotga sen kabi qaraydigan, koʻngli koʻnglingga mos keladiganini topish qiyin. Bor, lekin kam. Tavba! Atrof toʻla odam. Sirdosh kam, dildosh kam.

Enam bir maqolni koʻp aytar edi: “Boʻyingdek boʻy topiladi, koʻnglingdek koʻngil topilmaydi”.

***

Odamzot amal, mansab kursisiga oʻtirsa, qaysidir sohada shon-shuhratga erishib, davlati ortsa, oʻzidagi oddiy, samimiy, insoniy munosabatni, unuta boshlaydi. Axir shon-shuhrat odamiylikni yoʻqotish evaziga topilsa...

Hayotda inson degan nomga munosib yashab oʻtish har kimga ham nasib qilavermas ekan...

Manzura SULTONOVA,

44-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026