16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:02
Maqolalar 👁 1,086

Yaxshidan qolgan bogʻlar

Yaxshidan qolgan bogʻlar

Xalqimiz zakosi tufayli yaralgan goʻzal bir ibora bor: “Yaxshidan bogʻ qoladi!” Men bu iborani juda koʻp eslayman va haqiqatdan ham hayotda yaxshi insonlardan yaxshiliklar, shu barobarida bogʻ-rogʻlar, chamanlar qolganiga guvohman.

Mening bolalik davrim azim Qilichboyning Doʻrman ovulida yashovchi yaqin qarindoshlarim mehr-muhabbat chashmalaridan bahramand oʻtgan. Garchi, ota-onam bilan Xitoy qishlogʻida yashasamda, oʻquv yili davomidagi toʻrtta choraklik taʼtillarini Doʻrmanda, Yusufxoʻja bobom va momomning uylarida oʻtkazardim.

Qilichboyning Doʻrman ovuliga eltuvchi yoʻl boʻyida saf tortgan azim teraklar, quyuq soya solgan qoratollarni koʻrganmisiz? Xalqimiz tilida “Qilichboyning terak qatori” degan atamaning qanday paydo boʻlganini bilasizmi?

Men har gal odamlar ogʻzidan shu soʻzlarni eshitganimda qalbim faxr-iftixorga toʻladi. Sababi, ana shu goʻzal tabiat manzarasining yaratuvchisi mening jonajon bobom edilar!

Bobom har kuni ertalab eshagiga zarur lash-lushlarni ortgancha, oʻzining taʼbiri bilan aytganda “ish joyi” – yoʻl boʻyiga otlanardilar. Erta bahordan to kech kuzgacha ana shu yoʻl boʻyiga terak, qoratol qalamchalaridan ekilgan nihollar parvarishi bilan band boʻlardilar.

Manzarali daraxtlar orasiga olcha va qaroli koʻchatlarini oʻtqazardilar.

Shunda men:

– Bobo, bu daraxtlar meva qilsa, ularni kim terib oladi? – derdim hayron boʻlib.

– Yoʻlovchilar terib yeyishadi, mana sen, sening joʻralaring, ovul-el terib olaveradi, bolam. Muhimi, ekib-undirishda, – derdilar boshimni silab.

– Teraklar, qoratollar-chi? – hayronligim oshardi.

– Hay bolam-a, teraklar muhtojlarning tomboshini yopadi, qoratol xodalari uzumlarga zangi boʻladi, harna elga quvvat, koʻmakda, bolam...

Men har gal bobo yurtim – Doʻrman tomonlarga oʻtsam, har bir niholga girdikapalak boʻlib yurgan Yusufxoʻja bobom koʻz oldimga keladi. Bobomga hech kim shu ishlarni qiling, demagan. U kishi oʻz istagi, xohishi, elparvarligi boisidan el gʻamida mehnat qilganlarini ulgʻayganimda anglab yetdim. Yillar oʻtib, daraxtlar atrofga zeb berib, soya soldi. Mevali daraxtlarning shoxlari larzon meva tugdi. Teraklar muhtojlarning tomini yopdi, qoratol xodalari baland ishkomlarga tirgak boʻldi. Olcha, qaroli mevalaridan bahramand boʻlganlarning barchasi Yusufxoʻja bobomni yodga olib, haqlariga duo qildilar.

Bobomdan yuqqan odatim – oʻzim qayerda ishlasam, oʻsha joyga daraxt ekdim. Mangʻit shahri markazidagi “Mangʻit” MChJ ofisi oldida ham moʻʼjazgina gulzorim bor. Gulzorga besh oltita topinambur koʻchatini oʻtqazganimdan beri 25-27-yil vaqt oʻtdi. Alloh rahmat qilsin, tumanimizning sobiq hokimi Rajabboy Yoʻldoshev mustaqillikning ilk yillarida ofisimiz oldida chamanday ochilib yotgan topinamburni koʻrib soʻradilar:

– Ogʻa, bu gulingiz ajoyib ekan, nomi qanday? – dedilar qiziqib.

– Asli topinambur, buni xalqimiz kartoshkagul ham deydilar. Sentyabr oyida gullagani uchun men uni mustaqilligimizga qiyosan “mustaqillik guli”, deb atadim, – dedim.

– Juda ajoyib nom tanlabsiz, bu guldan hamma joyga, hatto yoʻl va ariqlar boʻyiga ham ekaverish kerak, yer tanlamas ekan, – dedilar rahmatlik.

Rajabboy Yoʻldoshevning oʻzi ham nihoyatda savobli ishlarni yaxshi koʻradigan inson boʻlganidan har bir goʻzallikdan zavq olardilar. Shuning uchun ham u kishining ortlarida Amudaryoning soʻlim bogʻlari qoldi.

Bugungi yoshlarga har doim uqtiraman:

– Ezgulikka, yaxshilikka intilib yashang, bir kuni unga yetishasiz va ana shu fazilat sizni elda aziz qiladi, – deyman.

Tursunboy AHMEDOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026