AMUDARYo TUMANIDA JORIY YILDA 20 GEKTAR MAYDONDAGI BOĞLAR ORASIGA TÖQSONBOSTI EKINLAR EKIŞ REJALAŞTIRILGAN
Mamlakatimizda aholining kundalik sabzavot mahsulotlariga bölgan talabini töliq qondiriş, şuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş maqsadida hosildan böşagan maydonlarga, boğ qator oralariga sovuqqa çidamli sabzi, piyoz, sarimsoqpiyoz, oş lavlagi, kaşniç, petruşka, selderey, salatbarg kabi kökatlarni töqsonbosti usulida ekişga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Kuz oylarining quyoşli kunlaridan unumli foydalanib, töqsonbosti usulida yerga uruğ qadagan dehqon heç qaçon yutqazmaydi. Çunki aynan ana şu usulda ekilgan ekinlar juda erta, qiş nisbatan iliq kelgan yillarda hatto fevral oyi oxirlaridanoq unib çiqişni boşlaydi va dehqon uçun haqiqiy daromad manbaiga aylanadi.
Amudaryo tumanida ham fermer xöjaliklarining hosildan böşagan dalalarida, aholi tomorqa yerlarida, boğ qator oralariga sovuqqa çidamli, iqlim şaroitiga mos sabzavotlar uruğlari tanlanib, töqsonbosti usulida ekinlar ekişga alohida eʼtibor qaratiladi. Tumandagi boğdorçilik yönalişidagi fermer xöjaliklari ixtiyorida jami 1096 gektar mevazor boğlar mavjud bölib, şundan 2026-yil ertagi hosili uçun 20 gektar yerga töqsonbosti usulida ekin ekiş rejalaştirilgan.
Yaqinda tumandagi “Uluğbek Hosilbek” masʼuliyati çeklangan jamiyati tasarrufidagi dalada hosildan böşagan boğ qator oralariga töqsonbosti usulida ekinlar ekiş va parvarişlaş böyiça körgazmali seminar bölib ötdi.
Körgazmali seminarda Agrosanoatni rivojlantiriş agentligi Amudaryo tumani loyiha ofisi, tuman Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi mutaxassislari, boğdorçilik yönalişidagi fermer xöjaliklari rahbarlari va tajribali boğbonlar iştirok etdilar.
Seminarda soha mutaxassislari töqsonbosti usulida ekin ekiş uçun uruğliklarni tanlaş va saralaş, uruğ qadalgandan keyin dalaga işlov beriş, ekin ekilgan boğlarni ihotalaş, suğoriş va oziqlantirişning muddatlari, yerning yuza qismi muzlab qolmasligi uçun mahalliy öğit sepiş kabi zarur agrotexnik tadbirlar batafsil maʼlumotlar taqdim etdilar.
Taʼkidlanganidek, yerga uruğ qadalgani töqsonbosti ekinlaridan erta bahorda möl hosil olinadi, degani emas, balki uruğning bir tekis unib çiqişini taʼminlaş maqsadida amalga oşiriladigan agrotexnik tadbirlar sifatli va samarali bölganidagina közlangan maqsadga erişiş mumkin.
Xususan, Ösimliklar karantini va himoyasi agentligining Amudaryo tuman bölimi mutaxassislari töqsonbosti ekinlari uçun serhosil, sara uruğlarni tanlaş, şuningdek, kuzning iliq kunlarida ekilgan uruğlarga zarar yetkazişi mumkin bölgan haşarotlarga, hatto qattiq qiş sovuqlariga ham çidamli zararkunandalarga qarşi kuraş çoralari böyiça maslahatlar berdilar.
Körgazmali seminar davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qildilar va ularning barça savollariga soha mutaxassislari nazariy va amaliy, körgazmali vositalar orqali javoblar berdilar.
Mazkur seminar mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, yerdan unumli va samarali foydalaniş orqali aholi daromadlarini, şu bilan birga ekologik toza sabzavot mahsulotlariga bölgan ehtiyojini qondirişga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶