16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 17:42
Jamiyat 👁 302

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uylari taʼmirlab, yashashga yaroqsiz holga kelib qolganlari qaytadan qurib berilmoqda

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uylari taʼmirlab, yashashga yaroqsiz holga kelib qolganlari qaytadan qurib berilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevral kungi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga asosan, ogʻir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli uylarni taʼmirlash, tom qismini yopish, hamda yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uylarni yangidan qurish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Qarorga muvofiq Amudaryo tumanidagi jami 49 ta ovul va mahallalarda joylashgan jami 1868 ta xonadondan 1856 ta uyning tom qismi yopib beriladi. Shuningdek, yashash uchun va taʼmirlash uchun yaroqsiz boʻlgan 12 ta uy qaytadan quriladi. Qolgan 190 ta uy esa toʻliq taʼmirlab beriladi.

 Undan tashqari qarorga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasining janubiy tumanlari hisoblangan Amudaryo, Beruniy, Ellikqalʼa va Toʻrtkoʻl tumanlaridagi 2 ming kilometr tuproq yoʻllarga qum-shagʻal yotqizish ishlari olib boriladi.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumanidagi barcha xonadonlar toʻliq xatlovdan oʻtkazilib, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari oʻrganildi. Oʻrganishlar natijasida ushbu oilalar haqiqatdan ham yordamga muhtoj ekanligi aniqlandi. Bugungi kunda tumanda ushbu uylarni taʼmirlash va qayta qurish ishlari boshlab yuborilgan.

Amudaryo tumanining Boʻz yop ovul fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Amat Bazarbayev yakka-yu, yolgʻiz yashaydi. Fuqaroning uyiga tashrif buyurganimizda shu narsaning guvohi boʻldikki, uning uyi haqiqatdan ham yashashga yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Fuqaroning uyi bugungi kunda “Goʻna qalʼa Mangʻit” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan qayta qurilmoqda. 2 xonali zamonaviy uslubda qurib berilayotgan uyining qurilish ishlari boshlab yuborilganidan u juda ham mamnun boʻlib quruvchilarga oʻzi ham yordam bermoqda.

Yana shunday ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolardan biri Qizilcholi mahallasida istiqomat qiluvchi Nasiba Siytmamutova. U ikki nafar farzandi bilan yolgʻiz yashaydi. Turmush oʻrtogʻining vafotidan keyin yolgʻiz ona roʻzgʻor yukini koʻtarishga ancha qiynalib qolgan edi. Buning ustiga yashash uchun yaroqsiz ahvolga kelib qolgan eski uyning tomidan chakka oʻtishi, balogʻat yoshiga yetib qolgan farzandlarining moddiy zarurati yolgʻiz onani kecha-yu kunduz dala ishlaridan boʻshamay yollanma ishchi boʻlib mehnat qilishga majbur qilardi. Biz tashrif buyurgan paytimizda uy egasi mavsumiy ishchi boʻlib ishlayotganligi sabab oʻzi yetib kelolmadi. Prezidentimizning alohida gʻamxoʻrligi va eʼtibori sabab uning uyi ham yangidan qurib berilmoqda.

Qurilish ishlari “Jumurtov tex taʼmir servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan olib borilmoqda. Quruvchilarning taʼkidlashicha, qurilish ishlari iyun oyida nihoyasiga yetkazilib, uy egasiga tantanali tarzda topshiriladi.

Albatta, bunday xayrli ishlar mazkur xonadon sohibasi dilida ezgulik chirogʻini yanada ravshan etib, uning yogʻdusi yana bir qator xayrli yumushlarga turtki beradi. Zero, ezgulikning javobi ham ezgulikdir.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026