25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 18:21
Jamiyat 👁 227

SAMARQAND YoShLAR FORUMI – DUNYo TARIXIDA QOLADI

SAMARQAND YoShLAR FORUMI – DUNYo TARIXIDA QOLADI

Shu yilning 12-13-avgust kunlarida qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida videokonferentsiya shaklida inson huquqlari mavzusida yoshlar forumi boʻlib oʻtdi. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy Markazi oʻtkazgan ushbu anjuman inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalarini keng muhokama etish, yoshlar huquqlarini himoya qilish va ragʻbatlantirishga taalluqli mavjud xalqaro hamda mintaqaviy mexanizmlarni tahlil qilishga bagʻishlandi.

Eʼtiborlisi, ushbu forumda BMTning Yoshlar huquqlari boʻyicha Konventsiyasi loyihasi birinchi marta jahonning yetakchi ekspertlari muhokamasi uchun havola etildi. Konventsiya loyihasi mamlakatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida bildirgan takliflariga muvofiq tayyorlangan.

Ushbu anjumanda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, Islom Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Afrika Ittifoqi tizimidagi yoshlar tuzilmalari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, inson huquqlari boʻyicha xalqaro, mintaqaviy va milliy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari,  yoshlar tashkilotlari vakillari, olimlar va ekspertlardan iborat 300 nafardan ziyod kishi ishtirok etdilar.

Shuningdek, Forumda Oliy Majlis Senati, Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti, Yoshlar ishlari boʻyicha agentlik, yoshlar tashkilotlari vakillari ham qatnashdilar.

Shunisi eʼtiborliki, mamlakatimizda jami aholining 60 foizini tashkil etuvchi yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi etib belgilangan. Yosh avlodni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga, uygʻun rivojlantirishga, har biri jamiyatda oʻzining munosib oʻrnini topishiga xizmat qiluvchi qonunlar, Prezident Farmon va qarorlari, hukumat qarorlari qabul qilindi, Oliy Majlis Palatalari huzurida Yoshlar Parlamentlari tuzildi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar masalalari boʻyicha idoralararo kengash tashkil etildi.

Bugungi kunda dunyo miqyosida yoshlar duch kelayotgan koʻpgina muammolar – tinchlik va xavfsizlikka tahdidlar, terrorizm va ekstremizm, irqchilik, iqlim oʻzgarishlari oʻzaro kelishilgan global hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni, bularni hal etish jarayonlariga dunyo yoshlarini faol jalb etishni taqozo qilayotgan edi.

Samarqandda boʻlib oʻtgan “Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” mavzusida oʻtkazilgan forumda muhokamaga tashlangan BMTning Yoshlar huquqlari boʻyicha Konventsiyasi loyihasi ushbu vazifalarni qamrab olgani bilan ahamiyatlidir.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqand Forumi qatnashchilariga tabrik yoʻllab, ularni Xalqaro yoshlar kuni va ushbu nufuzli anjuman bilan qutladi.

Mamlakatimiz rahbari qutlovida yoshlarga “... kelajakka intilib yashaydigan yosh avlod sayyoramizda farovon hayot va yuksak taraqqiyot barqaror boʻlishi uchun yangi gʻoyalar va ijodiy ruhdagi saʼy-harakatlarni amalga oshiradigan beqiyos kuchdir” deya baho bergani har bir oʻzbekistonlik yigit-qizlar koʻnglini faxr-iftixorga toʻldiradi.

Yurtboshimiz “bugungidek sharoitda yoshlarning ovoziga quloq tutish muhim. Ularning dolzarb ehtiyojlarini taʼminlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan milliy, mintaqaviy va global strategiya va dasturlarni ishlab chiqish va amalga  oshirishda bevosita ishtirok etishlariga sharoit yaratib berish zarur”, deya taʼkidladilar.

Shu bilan birga forum ishtirokchilarini bunga xizmat qiluvchi BMTning Yoshlar huquqlari boʻyicha Konventsiyasi loyihasini qoʻllab-quvvatlashga va yangi maʼno-mazmun bilan boyitishga chaqirdilar.

Konventsiya loyihasida, hech mubolagʻasiz aytish mumkinki, dunyo yoshlari kelajagi porloq boʻlishiga xizmat qiluvchi masalalar chuqur oʻrin olgan. Kelgusida dunyo hayotida ushbu hujjat Samarqand yoshlar forumi bilan bogʻliq holda tilga olinishining oʻzi oʻzbekistonlik yoshlarga ulkan masʼuliyat hissini yuklaydi.

Sevara Ismoilova, QDU talabasi, yoshlar faoli.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026