16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 22:16
Jamiyat 👁 882

Firibgarlarning jinoyati fosh boʻldi

Firibgarlarning jinoyati fosh boʻldi

El orasida shunday insonlar borki, ular halol mehnati bilan roʻzgʻor tebratadi. Ammo yengil-yelpi hayot tarzini tanlab, oson yoʻl bilan katta mablagʻ topish uchun oʻzgalarni chuv tushirishni kasbga aylantirganlar soʻnggi paytlarda koʻpayib ketdi. Bunday kimsalar qilmishining oqibatini oʻylamasdan firibgarlik qilib, birovning mehnati evaziga kelgan mulkni qoʻlga kiritish yoʻlini izlashadi.

Firibgarlik – ogʻir jinoyatlardan biri hisoblanadi. U iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar jumlasiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida firibgarlik, aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqini qoʻlga kiritishdir, deb koʻrsatilgan. Demak, oʻzganing mulkini yoki mulkka boʻlgan huquqini yuqorida koʻrsatilgan ikki usulni qoʻllab, tekin qoʻlga kiritgan 16 yoshdan oʻtgan aqli raso har qanday shaxs firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs sifatida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Nukus shahrida yashovchi fuqaro T.P. (ismlar oʻzgartirilgan) oliy oʻquv yurti talabasi boʻlsa-da, muqaddam bir necha marta aynan firibgarlik jinoyatini sodir qilib, sudlanganiga qaramasdan yana shunday jinoyatga qoʻl urdi. Qilmishiga yarasha jazo olgan boʻlsa ham tegishli xulosa chiqarmasdan, yana firibgarlik qilib, oson yoʻl bilan pul topish uchun sodda odamlarni izlay boshladi. Shunday paytda oliy oʻquv yurtiga imtihon topshirib, talaba boʻlishga erisholmagan, ammo hali umidini uzmagan tanishi A.B.ni uchratib qoldi. U bu haqda A.B.ning oʻzidan eshitib, moʻmay pul oʻz oyogʻi bilan kelganidan nihoyatda xursand boʻldi. Oliy oʻquv yurtiga qoʻshimcha kontrakt asosida kirtib qoʻyishga shunday ishontirdiki, A.B. tanishi T.P. ga soʻragan 500 AQSh dollarini ota-onasidan olib kelib, qanday berganini oʻzi ham bilmay qoldi. Pulni qoʻlga kiritgan T.P. esa bu haqda unutib, oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yubordi. Birovning ishonchiga kirib, aldash yoʻli bilan pulini olgan va oʻzlashtirib yuborgan bu firibgar OʻzR JKdagi 168-, 211-moddalarga koʻra jinoiy javobgarlikka tortildi.

Nufuzli oliy taʼlim maskanlaridan birida tahsil olayotgan yana bir talaba T.K. ham birpasda moʻmay pulga ega boʻlish uchun shu yoʻldan borishni maʼqul koʻrdi. Oʻzining tanishi boʻlgan F.M.ning ishonchiga kirib, Nukus shahridan arzonlashtirilgan narxdagi bir xonali uydan olib berishni vaʼda qildi. Uyga ehtiyoj sezayotgan, ammo hujjatlari toʻgʻri kelmaganligi sababli undan umidini uzgan F.M.ga bu najotdek boʻlib koʻrindi. Uy olib berish uchun T.K.ga uch oy davomida jami 28 mln. soʻm pul berdi. Ammo uyni koʻrsatishga kelganida har xil sabablarni bahona qilib, undan uzoqlasha boshladi. Bundan shubhalangan F.M. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga majbur boʻldi va shu boʻyicha T.K.ga nisbatan oʻz aybiga toʻla iqror boʻlganligi sababli jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Aholi oʻrtasida oʻtkaziladigan profilaktik tadbirlarda, ommaviy axborot vositalarida pul va mol-mulkni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritishga urinuvchi shaxslarning aldovidan saqlanish, ular tomonidan rejalashtirilgan jinoiy qilmishlarning jabrlanuvchisi boʻlib qolishning oldini olish boʻyicha muntazam ogohlantirilib borilmoqda. Lekin afsuski, shunga qaramasdan bunday jinoyatlardan jabr koʻrayotganlar sira kamaymayapti. Firibgarlarning tuzogʻiga tushib qolmaslik uchun har bir fuqaro oʻz haq-huquqini, qonun-qoidalarni oʻrganib borishi, moddiy oldi-berdi, qarz oldi-berdisini qanday miqdorda va kim bilan amalga oshirilayotganidan qatʼiy nazar dalil bilan qayd etishni aslo unutmasligi kerak.

Umida Orazboyeva, Nukus shahar IIO FMB 1-son IIB huzuridagi

Tergov boʻlinmasi surishtiruvchisi, mayor.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026