PREZIDENTIMIZNING AMERIKAGA TAŞRIFI AMALIY NATIJALARGA BOY BÖLDI
Xalqimiz va dunyo hamjamiyati Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş. M. Mirziyoyevning Amerikaga taşrifini va taşrif doirasida ötkazilgan tadbirlarni katta qiziqiş bilan kuzatib turdi. Taşrif doirasida Prezidentimiz Amerika Prezidenti Donald Tramp va biznes doirasi vakillari bilan uçraşib, har ikkala mamlakat uçun foydali kelişuvlarga erişdilar.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 80-sessiyasida hurmatli Prezidentimiz tilidan özbekça kalom yangraganida hayajon va ğurur köksimni töldirdi. Prezidentimiz öz nutqlarida xalqaro global muammolarni hal etişda BMTning nufuzi va rolini oşiriş, Xavfsizlik kengaşining tarkibini kengaytiriş va vakolatlarini kuçaytiriş hamda zamon talablariga moslaştiriş zarurligi ğoyasini ilgari surdilar.
Prezidentimiz Özbekistonda taʼlim, soğliqni saqlaş tizimida olib borilayotgan tizimli islohotlar, xotin-qizlar va yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlarga batafsil töxtaldilar. Taşrif doirasida Amerikada yaşayotgan yurtdoşlarimiz va "El-yurt umidi" jamğarmasi sohiblari bölgan okeanorti davlatning nufuzli oliygohlarida öqiyotgan talabalar bilan bölgan uçraşuvda qoraqalpoğistonlik Gulxumor Jaqsiliqova yoşlar uçun yaratilgan imkoniyatlar yurtimizning eng çekka hududlaridagi yoşlarning iqtidori va qobiliyatlarini yuzaga çiqarişga yordam berayotgani uçun Prezidentimizga minnatdorçilik bildirdi. Taʼlim sohasi vakilasi sifatida bundan ğururlandim va Gulxumorga öxşab yaratilgan imkoniyatlardan töğri foydalanadigan yoşlarimiz köpayişini tiladim.
Mintaqaviy masalalar borasida Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari örtasida hamkorlikni mustahkamlaş, Afğonistonni xalqaro iqtisodiy jarayonlarga jalb etiş zarurligini taʼkidlab, Ukraina va Ğazodagi nizoli vaziyatlarning tinç va adolatli yeçim topişini qöllab-quvvatladilar. Prezidentimiz nutqining asosiy ğoyasi — "Yangi Özbekiston oçiq, pragmatik va hamkorlikka tayyor davlatdir", degan çaqiriq böldi.
Sanobar Xöjamuratova, Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumiy örta taʼlim maktabi direktori,
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶