21.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.10.2026, 00:17
Maqolalar 👁 836

104 YoShLI ONAXON HUZURIDA

104 YoShLI ONAXON HUZURIDA

Umr – oqar daryo. Goh shiddatli, toshqin, asov, gohida sokin. Inson umr daryosida shunday yashab oʻtaveradi. Umrining sokin damlari – nuroniylikka yetganida yashab oʻtgan yoʻllariga nazar tashlab, kimnidir armon, kimnidir pushaymon ezadi. Yana bir toifa insonlar qalbi xotirjam tortadi. Hayotidan, oʻzi bosib oʻtgan umr yoʻllaridan koʻngli toʻlib, Yaratganga ming-ming shukronalar aytadi, oʻtayotgan har bir kunini ana shu shukronalik tuygʻusi bilan shodon qarshilaydi.

Choykoʻl ovulining Qoraqipchoq mavzesida Xadicha momo Bekanova ismli keksa onaxon yashaydilar. Momoni hamqishloqlari faxr bilan:

– Acrni qaritgan matonatli enamiz, – deyishadi.

Qoraqipchoqliklarning bunday faxrli eʼtirofida jon bor. Xadicha momo yaqinda 103 yoshga toʻlib, umrining 104-bahoriga qadam qoʻydilar. Oʻtgan asrning 1917-yili boshida tavallud topgan onaxonning butun umri tumanimizning qishloq xoʻjaligi sohasida mehnat qilishdek fidoyilik onlarida kechdi. Bolaligi tuzum oʻzgargan, odamlar ongida turli siyosiy qarashlar, fikrlar xilma-xilligi hukm surayotgan ogʻir damlarga toʻgʻri keldi. Momo kolxozlashtirish yillarida oddiy xalq boshidan kechirgan ogʻir damlarni doim xotirasida jonlantirib turadi.

Xadicha Bekanova. Oʻz davrida bu ism-sharif anchayin taniqli, jarangdor boʻlganini hamqishloqlari mamnuniyat bilan eʼtirof etishadi. 14-15 yoshidan yangi tuzilgan kolxozga aʼzo boʻlgan Xadichaxon Bekanova kattalar bilan bab-baravar norma bajardi. Yelkasidan ketmoni tushmagan bu mehnatkash qiz oʻziga yarasha shaddod, oʻta qatʼiyatli, har qanday muammoni ijobiy hal etishda oʻz shaxsiy fikriga ega edi.

Ayol-qizlar kolxoz ishini amal-taqal bajarib yurganida Xadicha Bekanova, hatto ayrim erkaklardan ham koʻproq, samaraliroq ishladi. 1930-1935-yillardagi yangi tuzilgan kolxozlarning dalalariga chigit qoʻlda ekilar, yerlar hoʻkiz, ot va eshak yordamida haydalardi. Eshak qoʻshilgan omochning oldini tutib yurishni hamma ham uddalashi mumkin, lekin ot va hoʻkiz qoʻshilgan qoʻsh oldini tutish birmuncha ogʻir boʻlib, buni faqat kuchli erkaklargina bajarardi. Lekin shaddod va uddaburon Xadicha Bekanova bu borada erkak qoʻshchilardan qolishmas, ot va hoʻkiz qoʻshilgan omoch bilan yer haydashda normani bir yarim, ikki baravar oshirib bajarardi.

Ikkinchi jahon urushi boshlangan kezlar. Ishga yaroqli erkaklarning barchasi urushga ketgan, yaqindagina turmush qurgan Xadichaxonning ham umr yoʻldoshi Yoʻldoshboy Bekanov fashizmga qarshi janglarda jon olib jon berardi. Xalq tushkun – har kuni bir dilxiralik yuz beradi. Kimningdir bolasi urushga ketsa, xamqishloqlaridan qay birining farzandi bedarak ketganligi haqida xabar keladi yo kimningdir xonadonida aza ochiladi. Boz ustiga kamdan-kam oilalarninggina qora qozoni qaynaydi. Onalar och-yupun, yuragi zabun bolalarini ergashtirib dalada ishlar, kolxozning barcha ogʻir-u yengil ishi ayollar, keksalar va bolalar zimmasida edi.

Hech esidan chiqmaydi: Shunday ogʻir kunlarning birida oʻsha paytdagi Qipchoq tumanining bir guruh faollari Qoraqipchoq ovulida yigʻin oʻtkazdi. Yigʻinda qanday boʻlmasin, ekin-tikin pallasigacha Bosu kanalidan Qoraqipchoq ovuliga yangi yop – kichik kanal qazib keltirish haqida qaror qabul qilindi. Hech kim “kanalni kimlar qaziydi?” demadi. “Qanday qaziymiz, ishchi kuchi yetishmaydi?” degan gap ham boʻlmadi. Lekin ertasiga ishga yaroqli odam borki, kichik yop qazish ishlariga boshchi qilib tayinlangan qishloq katxudosi Kenjaboy otaga ergashishdi. Ular orasida Xadicha Bekanova ham bor edi. Tunni-tongga ulab ishlashgan oʻshanda. Qariyb ikki chaqirimcha uzunlikdagi yopni qoraqipchoqliklar qoʻlda qazib, ovul yerlariga suv olib kelishdi. Tuproq va loyni yelkalab tashishgan ovul ahli.

Eh-he, oʻshandan beri qancha suvlar oqib oʻtdi. Qazuv ishlariga bosh boʻlgan Kenjaboy ota nomini olgan “Kenja yop” tufayli ovul-el, xonadonlar obod boʻldi. Paxta va boshqa dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish koʻpaydi. Oilalar roʻshnolikka yetishdi. Xadicha momolar zamonida qoʻlda, bitta-bittalab chigit qadalgan yerlarda bugun ish tizimi tamoman oʻzgacha. Odam ish kuchi oʻrnini texnika egallagan. Hayot gurkirab rivojlanayotir. Har kuni bir oʻzgarish, yangilanish. Bu yangilanishlar ichida Xadicha momoning oʻzi ham borligidan quvonchi ichiga sigʻmaydi.

Umri mehnatga egiz oʻtgan onaxon farzand tarbiyasida ham koʻplarga ibrat boʻldi. Umr yoʻldoshi, Alloh rahmat qilsin, Yoʻldoshboy ota bilan uch oʻgʻil bir qizni mehnatkash, kasb-hunarli qilib tarbiyaladi. Oʻgʻillariga ergashib xuddi oʻzi kabi shaddod va uddaburon boʻlgan qizi Bibihojar Yoʻldosheva traktorda chigit ekkanida, mashinada paxta terib butun Oʻzbekistonga tanilganida Xadicha Bekanova xuddi onadan qayta tugʻilganday sevindi. Oʻgʻli Oʻrozimbat oliy oʻquv yurtini tugatib, oʻqituvchilik qilib yurganini koʻrgan onaxon faxr-u iftixordan toʻlib-toshdi. Har bir farzandining yutugʻidan bir yashnab-yashardi goʻyo.

Olis yoshlik yillarida goh temir yoʻl qurilishida ishlagan, goh koʻkragini kerib, hoʻkiz qoʻshilgan omoch bilan kolxoz yerini haydab, qoʻlda chigit ekkan, tonnalab paxta tergan kunlari ortda qolganidan, dorilomon kunlarga yetganidan Allohga shukri beadad koʻp bugun onaxonning.

Xadicha momo 104 yoshga qadam qoʻydilar. Umrining shu nuroniy pallasida ham koʻngli toshib turadigan onaxon har kuni bogʻ-u rogʻini birrov aylanishni, nevaralari bilan hovlida sayr qilishni xush koʻradilar. Chamandek ochilib yotgan gulzorga har boqqanida koʻngli gulday yashnab ketadi momoning.

Bugun Xadichaxon momo Bekanovaning atrofida nevara kelinlar, chevara-yu evaralari parvona. 50 nafardan ziyod nevara-chevaralari momoni bir zum yolgʻiz qoldirishmaydi. Biri sheʼr aytib bersa, boshqalari har xil oʻyinlar oʻynab, enajonini xursand qilish payida boʻlishadi.

Biz ijodiy guruhimiz bilan momoni ziyorat qilgan kunimiz onaxonni nevaralari, kelinlari qurshovida koʻrdik. Hazilkash, suhbatlashishni xush koʻradigan onaxon ketar chogʻimizda oddiygina xayr-xoʻsh, deb qolishni oʻziga ep koʻrmadilar.

– Xudoga shukur, kuch-quvvatim bor, – deya bizni oʻzlari hovligacha quzatib chiqdilar va uzundan-uzoq duo qildilar.

Prezidentimizga omonlik, xalqimizga tinchlik, xonadonlarga, har bir insonga roʻshnolik va baxt-saodat, el-yurtga tinchlik tiladilar. Momo bilan xayrlasharkanmiz, mening koʻnglimda ajib ber sheʼr tugʻildi.

Onalar duosi asragay bizni,

Asragay Vatanni, har oʻgʻil-qizni.

Oppoq tonglar otar roʻyi zaminda

Hayot hadya etar yorugʻ kunduzni.

Robiya YOʻLDOShEVA,

Choykoʻl ovuli.

🎬 Videogalereya Barchasi →
«Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi 20.10.2026 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda ▶ 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026