Nuroniy onaxonlar – elning fayzi va duogöyi
Insoniyat tarixida ayol har doim ezgulik, vafo va mehr-muhabbat timsoli bölib kelgan. Ayniqsa, xalqimiz uçun ona siymosi har narsadan ustun, uning duosi esa eng buyuk kuç sanaladi. Şu bois yurtimizda xotin-qizlarga, xususan, hayotini el-yurt xizmatiga bağişlagan nuroniy onaxonlarga eʼtibor va hurmat ustuvor ahamiyat kasb etadi.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida ötkazilayotgan ezgu taşabbuslar bunga yorqin dalildir. Bayram munosabati bilan tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburova boşçiligidagi masʼullar nuroniy onaxonlarning xonadonlariga taşrif buyurib, ularni samimiy qutlaşdi.
Çordara mahallasida istiqomat qiluvçi 80 yoşli nuroniy onaxon Svetlana Plotşina umrining 37-yilini yoş avlodga bilim berişga bağişlagan. U maktabda rus tili öqituvçisi sifatida minglab şogirdlarga taʼlim-tarbiya bergan. Bayram munosabati bilan taşrif buyurgan masʼullar uni samimiy muborakbod etib, sovğa-salomlar tuhfa qilişdi.
Şuningdek, masʼullar Xizr eli mahallasida yaşovçi 110 yoşli nuroniy onaxon Pardagul Bekniyozova xonadoniga ham taşrif buyurişdi. 110 bahorni qarşilagan uşbu tabarruk onaxon uzoq yillar el-yurt xizmatida bölib, bugun farzand, nabira va çevaralarining duogöyi sifatida umr keçirmoqda.
Şu kuni Kuyuk köpir ovulida yaşovçi 102 yoşli Şarifa Babaniyozova xonadoniga ham taşrif buyurildi. Ona mehrining çeksizligi, inson hayotidagi beqiyos örni haqida söz ketganda, mana şunday nuroniy onaxonlar timsolida bu haqiqat yanada yaqqol namoyon böladi. Ular yoşligida hayot qiyinçiliklari bilan kuraşib, maşaqqatli mehnat qilgan, bugungi farovon kunlarning asosini yaratgan fidoyi avlod vakillaridir.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi iştirokini kengaytiriş, ularning mehnat şaroitlarini yaxşilaş, ijtimoiy muhofazasini taʼminlaş borasida izçil islohotlar olib borilmoqda. Ayollar nafaqat oilada, balki davlat boşqaruvi, iqtisodiyot, fan-taʼlim, tibbiyot, sanʼat va madaniyat sohalarida ham yetakçi kuçga aylangan.
Bugun jamiyatda nuroniy onaxonlarimizning duosi, hayotiy tajribasi bebaho xazinaga aylanmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oşiriş, ularga munosib şaroit yaratiş masalalariga alohida eʼtibor qaratilyapti. Şu bois, 8-mart arafasida bunday hurmat-eʼtiborning namoyon bölişi yuragida ona siymosiga nisbatan çeksiz muhabbat bilan yaşaydigan xalqimizga xos ezgu qadriyatlarning ifodasidir.
Nuroniy onaxonlar – ötgan asrning barça sinovlarini öz közi bilan körgan, el-yurtga fidoyi xizmat qilgan insonlar. Ular tinç va farovon yurtda farzandlari, nabiralari davrasida umr keçirayotganidan şukronalar aytib, duolar qilmoqda. Ularning xonadoniga taşrif buyuriş, köngliga quvonç ulaşiş eʼtibor bilan birga insoniy burç hamdir.
Bugun mamlakatimizda xotin-qizlar, ayniqsa, hayotini fidokorona mehnatga bağişlagan nuroniy onaxonlar doimiy eʼtibor va eʼzozda. Zero, ayol – jamiyat tayançi, oila bekasi, farzand tarbiyaçisi. Ularga bölgan hurmat esa faqat bayram arafasida emas, balki doimo yuksak bölişi kerak.
S. Olloyorova, Amudaryo tumani hokimligi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶