2-10 yoşli bolalar orasida içak gelmintozi böyiça ommaviy skrininglar ötkazilmoqda
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyuldagi “Aholiga körsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisidagi”gi va 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining soğlom ovqatlanişini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorlari asosida 2-10 yoşdagi bolalarning soğliğini yaxşilaş hamda içak gelmintozi bilan kasallaniş holatlarini kamaytiriş maqsadida Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan qator amaliy işlar qilinmoqda.
Şu maqsadda bölim tomonidan Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalari Soğliqni saqlaş vazirliklarining körsatma xatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasining topşiriq xatiga asosan belgilangan jadvallar böyiça joylarda laborator tekşiriş tadbirlari taşkil qilinmoqda.
Gelmintoz kasalliklariga laborator tekşirişlar bölim boşliği tomonidan tasdiqlangan hamda Tibbiyot birlaşmasi, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi bilan kelişilgan reja-grafik böyiça tumandagi maktab va maktabgaça taʼlim taşkilotlarida hamda ambulator va statsionar şaroitda davolanayotgan bolalar orasida ötkazilmoqda.
Tadbirlarga asosan maktablarning 1-4-sinf öquvçilari, maktabgaça taʼlim taşkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar jalb qilinayotgan bölib, 2-10 yoşli uyuşgan va uyuşmagan bolalar orasida ommaviy skrininglar ötkazilmoqda. Skrining natijasida gelmint tuxumlari aniqlangan holatlarda esa davolaş çoralari körilmoqda.
Jumladan, bunday toifa bolalar va ular bilan muloqotda bölgan tengdoşlariga yaşaş manzilida yoki maktab sinflari hamda maktabgaça taʼlim taşkilotlari guruhlarida “Vermoks” yoki “Albendazol” dori preparatlari tarqatilmoqda.
Degelmintizatsiya tadbirlarini ötkaziş işlariga yetarli darajada tibbiyot hodimlari jalb qilingan bölib, işlar maxsus reja-grafik asosida taşkil qilinmoqda.
2023-yil 18-dekabr kunidan boşlab joriy yilning 1-çoragi yakuniga qadar Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli jami 25ta maktabdan 5134 nafar bolalar gijja kasalliklariga laborator tekşirilgan bölib, şundan 21 maktabdan jami 352 nafar bolalarda enterabioz gijja kasalligi qayd etildi. 8ta maktabgaça taʼlim taşkilotlaridan esa jami 965 nafar bolalar gijja kasalliklariga laborator tekşirilgan bölsa, şundan 6 ta muassasada jami 21 nafar bolalarda enterabioz gijja kasalligi qayd etilgan.
Joriy yilning 1-aprel sanasigaça jami tuman böyiça 12 ming 464ta holatda uşbu kasallikdan davolanişga muhtoj bölgan, yaʼni içak gelmintozi aniqlangan bolalar va ular bilan aloqada bölganlar röyxatga olinib, ularda degelmintizatsiya tadbirlari ötkazildi.
Bundan taşqari, tumandagi maktab va maktabgaça taʼlim taşkilotlarida bolalar va ota-onalar orasida hamda mahallalarda uyma-uy yurib gelmintoz kasalliklari va boşqa yuqumli kasalliklar profilaktikasi böyiça hamda şaxsiy gigiyena va sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilişni tuşuntiriş böyiça tarğibot işlari olib borilmoqda.
Bu işlardan közlangan maqsad – bolalar salomatligini saqlaş va ularning soğlom bölib voyaga yetişlariga zamin yaratişdir.
Jamol Kamolov, Tuman SEO va JS bölimi parazitologiya bölinmasi va laboratoriyasi mudiri.
Töliboy Atamuratov, Parazitologiya bölimi laboratoriyasi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶