ONANGIZ YoNINGIZDAMI, UNI ASRANG VA QADRLANG!
Bir kuni maktabdan qaytayotsam, qoʻshnimiz Sharofat aya oldimdan chiqib qoldi. Qoʻllarida katta bir sumka, kun issiqligidan yuzi boʻgʻriqib ketgan, havo yetishmayotgandek zoʻrgʻa nafas olar, goh-goh yoʻtalib ham qoʻyardi. Bu ayolni koʻrishim bilan nimagadir achinib ketdim. Qarigan chogʻida farzandlar baxtini, nevaralar quvonchini koʻrish oʻrniga koʻchada tentirab, kun oʻtkazish uchun savdo-sotiq qilib yursa, inson bola-chaqam deb yugur-sa-yu, lekin farzand...
Esiz umr. Avvallari mahallada toʻy boʻladimi, boshqa maʼrakami, bariga bosh-qosh boʻlib turadigan bu ayol keyingi paytlarda bunday yigʻinlarga chiqavermaydigan boʻlib qoldi. Chunki odamlarning gap-soʻzidan, farzandlarini soʻrashidan qoʻrqadi. Bir emas, ikki oʻgʻli bor. Katta oʻgʻli bir yillar oldin kelini bilan nevaralarini olib, Rossiyaga ishga ketgan. Aytishlaricha, kichik oʻgʻli shaharda, katta bir firmaning boshligʻi emish. Nima keragi bor, bunaqa qilib topgan mol-dunyoning? Axir shu ayol emasmi, farzandlarining baxti uchun umrini oʻtkazgan, ayol boshi bilan otadan erta yetim qolgan farzandlarini katta qilgan. U oʻttiz yoshga yetmay beva qolib, farzandlari uchun boshqa oila qurmadi.
Aybi oʻzini unutib yashagani, yoshligini ikki oʻgʻliga bagʻishlaganimi? Xudodan ota-onalar nimaga oʻgʻil tilashadi? Qariganimda belimga mador boʻlsin, debmi? Albatta, shunday! Lekin mana bu sumka koʻtargan onaxonga farzandlari mador boʻlishni unutishdi. “Balki ikkovidan biri qiz boʻlganida, hech boʻlmasa, kir-chirimni yuvib, issiq-sovugʻimdan xabar olarmidi”, deb qoʻyadi onaxon baʼzi-baʼzida.
Eh azizlar, ish deb, oʻqish deb, qandaydir oʻtkinchi mol-dunyoga havas qilib, oʻz yaqinlarimizni, biz uchun borini bergan ota-onamizni unutib qoʻyayotganimiz yoʻqmikan!? Yonimizda bor paytda ularni asraylik!
Mohira YOʻLDOShEVA,
70-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶