OILANI ASRANG
Bahorda ekilgan nihol yoz jaziramasida toblanib, kuzning muzdek şamollariga doş bersagina, qahraton qişning qorli sovuqlariga çiday oladi. Xuddi şunday ikki yoş bir-birini emas, aksinça öz maqsadini, yaʼni özini hurmat qilsa, hayot tösiqlarini mardona yengib ötadi. Turmuş muştiga doş bera olmagan erkak yoki xotin ajraşiş tufayli boşqa muhit, bekam-köst turmuş örtoq, tortişuvsiz oila topa oladimi? Qahraton qiş sovuği çillasiga çiday olgan nihol yana bahor yuzini köradi. Xuddi şunday, turmuşdagi toliqiş, köp mehnat qilib, kam dam oliş sababli jahl va asabiylikni yengiş bilan oilani saqlab qoliş mumkin.
Avval mehnat, boşqaruv, moslaşuv va sönggi örinda hissiyot şakllanadi. Avvalgi hissiyot örnini voyaga yetgan hissiyot, hurmat, fidoyilik, tuşuniş, kelişuv egallaydi. Voyaga yetgan hissiyotning bolalik hissiyotidan farqi – kutmaydi. Kutiş psixologiyasi bu kuçsizlik psixologiyasidir. Mehr kutilmaydi, beriladi. Sabr qiliş söralmaydi, özi sabr qiladi. Tarbiyalaş bilan şuğullanilmaydi, inson özini tarbiyalaş bilan band böladi. Bu eng kuçli insonlarga xos sifatlar bölib, şu sifatlar şakllanişi orqali bolani ham tarbiyalaş zamini yaratiladi. Farzand otadan jahlni yengişni, ğayrat bilan maqsadga yetişni, erta uyğonişni, öz gapiga javob bera olişni, böysunişni, rahbarning qarorlarini puxta bajarişni, mehr berişni, qiyinçiliklarni sabr bilan yengişni örganadi. Bolangizni tarbiyalaş turmuş örtoğingizni tarbiyalaş emas, özingizni tarbiyalaşdir. Faqat va faqat özingizni tarbiyalaş orqali oilangizni asray olasiz. Oilangizni asrang, azizlar!
H.ABDURAHMONOVA,
“Oila” markazi tuman bölimi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶