12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:37
Jamiyat 👁 541

BAFRI OBOD OILANING SAODATLI BEKASI

BAFRI OBOD OILANING SAODATLI BEKASI

Inson uçun hayotini özi öylaganiday tartibga soliş oson emas. Buning uçun odamda sabr-toqat, mehnatsevarlik, intiluvçanlik  fazilatlari uygun bölmoği joiz. Qipçoq qişloğida, ziyoli oilada tuğilib-ösgan Dilbarxon aynan ana şunday fazilatlarni öz feʼllarida mujassam etgan Kamol ota bilan Oyşa onaning biri-biridan aqlli, öqimişli 6 nafar farzandining biri sifatida sabri gözal, mehnatkaş, ilmga intiluvçan, oqila qiz bölib voyaga  yetdi.  

Dilbarxon şifokorlik kasbiga bölgan mehri balandligidanmi,  umumtaʼlim maktabi dasturidagi kimyo-biologiya fanlarini qunt bilan örganişga kirişdi. Ayniqsa, kimyo fanining nozik sirlaridan voqif böliş borasidagi intilişlari bois, maktabdagi va hayotdagi ustozi, onasi Oyşa opaning har bir maşğulotini sabr-toqat bilan özlaştirişga intildi. Intilişlari zoye ketmadi. 1995-yilda Toşkent Tibbiyot Pediatriya institutining Nukus filialiga, pediatriya yönalişi böyiça öqişga kirdi. U yetti yil davomida özi tanlagan yönalişi böyiça mukammal bilim oldi. Institutni muvaffaqiyatli tamomlagan Dilbarxon Allamberganova ilk mehnat faoliyatini 2002-yilda Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli Qipçoq şifokorlik punktida bolalar şifokori lavozimida işlaşdan boşladi.

Şifokor uçun muolaja çoralarini belgilaşda bemorning ruhiy holatini aniqlaş öta muhim ahamiyatga ega. Bemor katta yoşdagi inson bölsa, bu borada şifokorga öz holati haqida maʼlum maʼnoda kömakçi bölişi mumkin. Lekin bolalar şifokori uçun öz bemorining ruhiyatiga kirib boriş, töğri taşxis qöyiş ançayin maşaqqatli bölib, şifokordan kuçli bilim va sinçkovlikni talab etadi. U 2003-2015-yillarda Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasi qoşidagi köp tarmoqli Markaziy Poliklinikada, Manğit şahrining 11-hududiy bolalar şifokori lavozimida işlaş jarayonida ustozlari, Alloh rahmat qilsin, Xudoyor Şomurodov, Mohimjon Rajabova, ayni paytdagi Tibbiyot birlaşmasining boş pediatr-şifokori Gulşod Yusupovalarning kasbiy mahorati, tajribalarini puxta örganiş asnosida har bir bemor bolaning rangi, ovozi, hatti-harakatlari orqali ruhiy holatiga baho berişni va taşxislaşni  örgandi. Ustozlari bilan hamkorlikda işlab, “qöli yengil bolalar şifokori” sifatida tanildi. Özi xizmat körsatadigan Manğit şahrining 11-sonli hududi aholisi esa “özimizning Dilbarxon”, “özimizning döxtir opa”, deb mehr körsatadigan bölişdi.

Şifokor uçun xalq mehrini qozonişdan köra uluğroq baxt bölmasa kerak. Dilbarxon özining fidoyiligi, goh qahraton qişlarda, goh jazirama yoz, kuz-u bahorning izğirinli, yomğirli kunlarida öziga birkitilgan mahalla köçalarida uyma-uy kirib, yoş bolalar, endi tuğilgan murğak çaqaloqlar soğligini nazorat qilişdan, yoş onalar bilan uçraşib, bola parvarişi böyiça zarur tuşunça va tavsiyalar berişdan aslo çarçamadi. Har bir işga qatʼiyat va işonç bilan kirişadigan, sabr-toqat bilan bemorlari holatini doimiy kuzatib, to ular soğayib ketguniça tinib-tinçimaydigan Dilbarxon özi mehnat qiladigan jamoa orasida ham hurmat, eʼtibor qozondi. 2015  yilning 1-yanvaridan unga Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi rahbariyati katta işonç bildirib Boş immunolog lavozimiga tayinlaşdi.

Azaldan zimmasidagi masʼuliyatni çuqur his qilib yaşaşga odatlangan Dilbarxon Allamberganova Amudaryo tumani Boş immunologi sifatida barça yoş toifasidagi bemorlar, qolaversa, xalqimizning immun tizimini mustahkamlaş, jamiyatda soğlom turmuş tarzini qaror toptirişga qaratilgan tibbiy-maʼrifiy tadbirlarga boş-qoş.

Doimiy öqib-örganiş orqali tibbiyot sohasiga oid zamonaviy bilim va tajribalarni öz faoliyatiga dadillik bilan tatbiq etgan D.Allamberganova 2019-yilda oliy toifali şifokor darajasiga erişdi.

Oddiy, öta kamtar, özi aytganiday, har qanday vaziyatda ham sabr-toqat va qatʼiyat bilan iş yuritadigan Dilbarxon oilada sadoqatli va saodatli rafiqa, mehribon va talabçan ona, sarişta uy bekasi. Uning baxt-u saodati şundaki, Dilbarxon Amudaryo tumanining maʼnaviy  jihatdan boy-badavlat xonadonlaridan biri – taniqli pedagog Jumamurod Çorşamovlar oilasiga kelin bölgan. Umr yöldoşi Mansur Çorşamov bilan birgalikda qurgan oila qörğoni havasga munosib. Bir öğil, bir qizni mehr köşkida ulğaytirayotgan Dilbarxon bilan Mansur Çorşamovlar tarbiyasini olgan farzandlari ham ilmga intiluvçan. Qizlari Dinoraxon NDPIning xorijiy filologiya fakulteti talabasi, Ötkirjon esa 64-sonli maktabning eng aʼloçi bitiruvçi sinf öquvçisi.

Turli bayramlar sanalarida Dilbarxonning oilasi bağri biri-biridan izzatli mehmonlar qadamidan yaşnab ketadi. Qaynotasi, Amudaryo tarixiy ölkaşunoslik muzeyi taşkilotçisi va rahbari Şavkat Çorşamov, faxriy ustoz Zevar Allamberganova, mehribon onasi, aziz ustozi Oyşa Ismoilova,... (bu röyxat juda uzun). Ular Çorşamovlarning nevara kelini Dilbarxon Allamberganova yasatgan fayzli dasturxon atrofida jam bölişadi. Örtada mehr hokim, sabr gözal, qadr-qimmat uluğ, oila bağri hamişa obod. Bağri obod oilalar sohib va sohibalari esa hamişa baxtli-saodatlidirlar. Dilbarxon ana şunday baxt-u saodatga muşarraf ayol.

 

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026