SOĞLOM OVQATLANIŞGA ODATLANING, SALOMATLIGINGIZNI ASRANG!
Ovqatlaniş tibbiy nuqtai nazardan yoş, tana tuzilişi, jinsi, kasbi, iqlim, mabodo kasallik bölsa, uning turi va davridan kelib çiqib, xastalikning oldini oliş uçun turli xil tarkibda tavsiya etiladi.
Ovqatni har kuni maʼlum vaqtda yeyiş kerak. Şunday qilinganda ovqat yeyiş oldidan meʼda-içak şirasi köp ajraladi. Ovqatni vaqtida yeganda yaxşi hazm böladi va uning kimyoviy komponentlari töla özlaştiriladi. Ovqatlaniş tartibining buzilişi bu jarayonlarni buzibgina qolmay, balki gastrit, meʼda va ön ikki barmoq içak yarasi kabi turli kasalliklarning paydo bölişiga ham olib keladi.
Pala-partiş ovqatlaniş moddalar almaşinuvining buzilişiga sabab böladi. Uglevodlar almaşinuvining buzilişi va u tufayli tana vaznining oşib ketişi yoki qonda xolesterin miqdorining köpayişi bunga yaqqol misol böla oladi. Soğlom va töğri ovqatlaniş avvalo tartibli olib borilgandagina foyda beradi. Agarda ovqatlaniş tartibiga rioya qilinmasa, hazm qiliş faoliyati qiyinlaşadi, tartibsiz, notöğri ovqatlaniş esa, kasalliklarga olib keladi. Umuman olib qaraganda, ovqatlanişda tartibga qatʼiy rioya qiliş, meʼyorida yeyiş, sifatiy mukammalligini taʼminlaş, ovqat xilma-xilligiga eʼtibor beriş kerak.
Soğlom ovqatlanişning tamoyillari sifatida quyidagilar tavsiya etiladi:
1. Turli xil oziq-ovqat mahsulotlari.
2. Kun davomida bir neça marta, turli xil meva va sabzavotlar, yaʼni yangi va mahalliy şaroitlarda yetiştirilgan mahsulotlarni 400 gr.dan kam bölmagan miqdorda.
3. Har kuni non, yirik tortilgan un mahsulotlari, yormalar, kartoşka.
4. Ovqat bilan birga yoğlarning organizmga tuşişini nazorat qiliş, iloji boriça hayvon yoğlarini ösimlik yoğlariga almaştiriş.
5. Yoğli göşt mahsulotlar örniga dukkaklilarni, baliq, tovuq göşti yoki yoğsiz göşt.
6. Yoğliligi past bölgan sut va sut mahsulotlari – kefir, tvorog, yogurt, yoğliligi va tuzi past bölgan pişloqlar.
7. Tarkibida kam miqdorda qand bölgan mahsulotlar, yaʼni şakar va qand, şirinliklar va şirin içimliklarni çegaralaş.
8. Tuzni kamaytiriş, bir kunlik umumiy miqdori 1 çoy qoşiq – 5 gr.dan oşirmaslik.
9. Çoyni tabiiy şarbatlar va içimlik suvi bilan almaştiriş yoki asosiy ovqatlar isteʼmol qiliş oraliğida içiş.
10. Taom tayyorlaşda xavfsizlikni taʼminlaş juda muhim. Taomni buğda pişirilganda, qaynatilganda va dimlanganda yoğ, tuz va qand miqdorini kam işlatiş.
11. Çaqaloqlarni birinçi 6 oy davomida kökrak suti bilan boqiş. Qöşimça ovqatlarni asta-sekinlik bilan, yaʼni kökrak suti bilan boqişni davom ettirgan holda berib boriş.
12. Tana vaznini belgilangan meʼyorda uşlab turiş uçun har kuni organizmga maʼlum miqdorda jismoniy yuklama beriş.
Dunyodagi yetakçi ilmiy markazlarda olib borilgan kuzatuvlar şuni körsatmoqdaki, yuqori sifatli un mahsulotlari va hayvon yoğidan tayyorlangan taomlar hamda şirinliklarni meʼyoridan ortiq tanovul qiliş yurak qon-tomir va boşqa qator aʼzolar kasalliklari paydo bölişiga olib keladi. Çunki mazkur taomlar tana vazni ortişi – semizlik, qonda xolesterin miqdorining oşişi, qon bosimining kötarilişi, miokard infarkti, qandli diabetga moyillik tuğilişining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Uşbu kasalliklar esa mehnat faoliyati susayişiga, hayot sifatini yomonlaşişiga va bevaqt hayotdan köz yumiş holatlari yuz berişiga sabab böladi. Yoğli va uglevodga boy taomlarni meʼyoridan ortiq isteʼmol qiliş oqsillar, uglevodlar, yoğlar örtasidagi muvozanatni buzilişiga zamin yaratadi. Aksinça, sabzavot va mevalar, sut mahsulotlaridan yetarliça foydalanilmaslik natijasida vitaminlar, makro va mikroelementlar yetişmasligi yuzaga keladi. Şuning uçun har bir kişi imkon qadar soğlom va töğri ovqatlanişga intilişi lozim.
J.Yavkaşev, tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶