28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:53
Maqolalar 👁 672

MEHR BERIB, MEHR KOʻRMAGAN ONA

MEHR BERIB, MEHR KOʻRMAGAN ONA

(Boʻlgan voqea)

Eshikka qarab yotaverishdan Qumri xolaning toqati-toq boʻldi...

Yozning oʻrtasi boʻlsa ham kechasi bilan tinmay yomgʻir yogʻdi. Derazaga yomgʻir tomchilarining chirsillib urilishi xuddi musiqa tovushlari kabi yoqimli edi.

U tashqariga chiqib, yomgʻir yogʻishini kuzatgisi keldi. Ammo taqdir hukmi, Qumri xola bir necha yildan beri toʻshakka mixlangan. Yomgʻir tomchilariga oʻxshab, uning koʻz yoshlari duv-duv toʻkildi.

U bolalarini juda sogʻingandi. Koʻz oldiga yoshligi, zabardast erkaklardek kuch-quvvatga toʻlgan, suqsurday epchil-chaqqon yurishlari kelaverdi. Oʻzining holiga oʻzi achindi.

– Qayerda adashdim, qayerda xato qildim? Hamma ogʻirlikni yelkamga olaverib, bolalarimni taltaytirib yubordimmi? Nega farzandlarim bemehr, nega?

Xola yigʻlay-yigʻlay ovozi chiqmay qoldi. Yoz issigʻidan boʻgʻriqib yoʻtal tutar, nafas olishi qiyinlashib, ogʻzini katta ochar edi...

Zumrad bugun tushlikni ertaroq tayyorladi. Uy-roʻzgʻor tashvishlari bilan boʻlib uch kundirki, Qumri xolanikiga ahvolini soʻrab chiqolmayapti. Qoʻshnilari bir-biriga mehrli, tez-tez Qumri xolanikiga chiqib turishadi. Zumrad bir kosa ovqat olib xolanikiga chiqdi.

– Zumrad... Zumrad..., – xola Zumradni koʻrib yigʻladi, – mana shu oyoqlarim yurmayapti.

Zumrad xolaning ahvoli ogʻirlashib qolganligini bilmagan edi.

– Xolajon, albatta, yuradi. Bugun boʻlmasa, ertaga yuradi. – Zumrad xolani quchoqlab, tinchlantirishga urindi. Uning sanalib qolgan qovur-gʻalari-yu, boʻrtib chiqqan yelka suyaklarini silayotib, Zumrad birdan seskanib ketdi. “Buncha ozgʻin bechora, faqat suyak boʻlib qolibdi-ya! Farzandlariga xabar berish kerakmikan?” – deb oʻyladi.

Uy ham anchadan beri tozalanmaganligidan shiftlarga oʻrgimchaklar in qurib tashlagan, deraza burchaklarini ham egallab olgan edi. Xolaning yuz-qoʻllarini yuvdirib, oldiga ovqatini qoʻyarkan:

– Siz bemalol ovqatlana-vering, men xonalarni tozalab chiqaman, – dedi.

Zumrad yeng shimarib uy tozalashga kirishib ketdi. Bir pasda hamma yoqni chinnidek qilib boʻlganidan keyin xolaning yaqin qarindoshlarini xabardor qilishga qaror qildi.

Qumri xolaning yolgʻiz oʻgʻli va qizi Rossiya davlatiga ishlagani ketganiga ancha boʻldi. Oʻgʻlini kuzatib qolganida sogʻligi juda yaxshi edi. Vaqtida davolanmaganligidan kasallik zoʻraydi va toʻshakda yotib qoldi... Uzoq qarindoshlari ham Zumrad ogohlantirganligi uchun Qumri xolanikida yashay boshlashdi.

Jazirama issiq tanani kuydiradi. Tirik jon borki, oʻzini soya-salqin yerga uradi. Ana shunday jazirama, saraton kunlarining birida Qumri xola vafot etdi. Bir zumda qoʻni-qoʻshnilar, qarindosh-urugʻlar yigʻildilar. Janozaga kelgan odamlar juda koʻp boʻldi. Ular Qumri xola hayotda orttirgan qadrdonlari edi. Mahalla ahli Qumri xolani soʻnggi manzilga kuzatdilar. Tobut yerdan koʻtarildi. Ammo, ammo... tobut ortida “onajon!” deb uvvos solib yigʻlaydigan na oʻgʻil, na qiz farzandi boʻlmadi shu kuni. Tobutga qoʻni-qoʻshnilar yelkalarini navbatma-navbat tutdilar... Bemehr oʻgʻil bilan qiz uchinchi kuni yetib kelishdi va shunday afsus-nadomat bilan yigʻlashdiki, ularni koʻrganlarning biri achinsa, boshqa biri:

– Onani xoʻrlaganning yuzi qora, sizlar onangizning duosini olmadingiz, roziligini eshitmadingiz, diydoriga toʻymadingiz, eng soʻnggi manzilga kuzatib, farzandlik burchingizni ado qilmadingiz, bu bizning musulmonchiligimizga toʻgʻri kelmaydigan ish, – deya bemehr farzandlardan norozi boʻldi.

Qizi esa onasining qabriga qimmatbaho marmar oʻrnatishini aytib yigʻlaganida Zumrad titrab ketdi:

– Onangning qabrini oltinga koʻmsang ham, uning oldidagi qarzingdan qutulolmaysan, koʻz yoshlaringga el-yurt ishonadi, deb oʻylaysanmi? – dedi jahl bilan.

Odamlar tarqalishdi. Yolgʻiz yashasa-da, hovli-joyini obod qilib, mahallaga mehr berib oʻtgan, mahalladoshlaridan mehr koʻrgan Qumri xola bilan bogʻliq xotiralar odamlar bilan birga ketganday, hovli ham huvillab qoldi.

Zuhra AHMEDOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026