NAVRÖZ — YaNGILANIŞ, MEHR-OQIBAT VA ŞUKRONALIK AYYoMI
Qahraton qişning izğirinli kunlari ortda qolib, ona zamin uzra bahorning iliq şabadalari esa boşladi. Daraxtlar kurtak yozib, qir-adirlar özining yaşil libosini kiymoqda. Asrlar qaʼridan sado berayotgan, tomirlari uluğ va şonli moziyga tutaşgan qadimiy va navqiron bayramimiz – Navrözi olam yurtimizga kirib kelmoqda. Bu şunçaki fasllar almaşinuvi yoki taqvimdagi yangi kun emas, balki insoniyatning tabiat bilan uyğunligini, ruhiy poklaniş va yangi umidlar tuğilişini anglatuvçi qadrli bayramdir. Ota-bobolarimiz neça ming yillardan buyon bu ayyomni ezgulik, mehr-oqibat, saxovat va yaratuvçanlik timsoli sifatida ardoqlab keladilar.
Navröz – borliqning uyğonişi, inson va tabiat örtasidagi uyğunlik, ona zaminga mehr va eʼtiborni ifoda etadigan, yurtdoşlarimizni tinç va osuda hayotimizni qadrlab, şukronalik tuyğusi bilan yaşaşga çorlaydigan uluğ bayramdir.
Bu qutluğ va qadim bayramni butun xalqimiz katta xursandçilik bilan qarşi olmoqda. Uşbu bayram munosabati bilan hududlarda, ovul va mahallalarda, korxona-taşkilotlar va taʼlim muassasalarida ham bayram tadbirlari ötkazilmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi qaroriga asosan Amudaryo tumanida ham “Navrözni uluğlaş – insonni uluğlaşdir” şiori ostida katta bayram tadbiri taşkil etildi.
Prezidentimizning yuqoridagi qarorida taʼkidlanganidek, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar tufayli inson qadri, uning huquq va manfaatlarini taʼminlaş, xalqimiz farovonligini oşiriş, jamiyatda tinçlik, döstlik va hamjihatlik muhitini, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlaş yölida ulkan qadamlar taşlanmoqda. Bularning barçasi qadimiy tarix va anʼanalarga ega bölgan şarqona yangi yil bayrami — Navrözi olamning insonparvarlik mohiyati, uning bağrikenglik, saxovat va mehr-oqibat kabi azaliy qadriyatlari ahamiyatini yanada yuksaltirmoqda.
Bayram oldidan tumandagi ovul va mahallalar ahli, taʼlim muassasalari va korxona-taşkilotlar vakillari hamda fermer xöjaliklari jamoalari iştirokida körgazmalar taşkil etildi. Xalq saylida tuman hokimi Sobir Xöjametov boşçiligida rasmiylar ham iştirok etib, körgazmalar bilan tanişdilar.
Navröz saylida tumandagi qöli gul hunarmandlar tomonidan taşkil etilgan xalq hunarmandçiligi körgazmasi, mohir oşpazlarning milliy taomlar körgazmalari, tadbirkor va işbilarmonlarning sara mahsulotlaridan iborat savdo rastalari, tumanning ovul va mahallalarining öziga xos urf-odat va anʼanalari aks etgan şohsupalar töridagi noz-neʼmatlarga töla dasturxonlar közlarni quvnatdi. Taʼlim muassasalari iştirokidagi körgazmalarda esa öquvçi va öqituvçilarning erişgan yutuqlari hamda qölga kiritgan muvaffaqiyatlari namoyiş etildi.
Dasturxonlar bahoriy neʼmatlar – turli xil köklam taomlari bilan bezatildi. Momolarimizning mehrli qöllari bilan tayyorlangan sumalak, kök somsa, bahoriy çuçvara va boşqa milliy taomlar bayram dasturxonining körkiga körk qöşdi. Bu taomlar nafaqat tanga quvvat, balki ruhga sokinlik beruvçi, oilalarni va qöni-qöşnilarni bir dasturxon atrofida jamlovçi bebaho milliy neʼmatlarimizdir.
Bugun Özbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglik davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Bu zaminda neça asrlardan buyon özbek va qoraqalpoq, qozoq va turkman, tojik va qirğiz, rus va tatar hamda boşqa millatlar vakillari bir tanu bir jon bölib, ahil-inoq yaşab kelmoqdalar. Ularning şodligi ham, taşvişi ham muştarak. Navröz saylida har bir millat öz milliy libosi va kuy-qöşiği bilan iştirok etgani ana şu buyuk döstlikning yorqin va jonli namunasi böldi.
Maydon uzra karnay-surnay sadolari yangrab, barçani bayramga çorladi. Odamlarning yuzidagi tabassum, bir-biriga bölgan samimiy muomalasi, özaro mehr-oqibat bayramning asl ruhini namoyon etadi. Navröz – birdamlik, tinçlik, totuvlik, döst-birodarlikni özida ifoda etuvçi xalqçil bayramdir.
Döstlik mahallasidagi öyingohda bayramning asosiy tantanalari boşlandi. Tuman hokimi Sobir Xöjametov yiğilganlarni Navrözi olam bilan tabrikladi. Bayram tabrigida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan tub demokratik islohotlar, xalqimizning kundalik hayoti, ongi va dunyoqaraşida yuz berayotgan ijobiy özgarişlar, özaro birlik va hamjihatlik fazilatlari Navröz kunlarida ayniqsa yaqqol namoyon bölişi alohida eʼtirof etildi.
Bu yilgi Navröz muborak Ramazon hayiti bayrami bilan hamohang tarzda nişonlanayotgani, bayramlar arafasida keksa avlod vakillarini va mehnat faxriylarini har tomonlama eʼzozlaş, kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalar holidan xabar oliş, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaş işlariga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.
“Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida barça hududlarda, köça va maydonlar, mahalla va qişloqlarda obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş tadbirlari ötkazilayotgani qayd qilinib, Navrözning çinakam uyğoniş, yaşariş va yaşnaş ayyomi ekani eʼtirof etildi.
Şundan keyin Navröz arafasida ötkazilgan turli musobaqalarda ğoliblikni qölga kiritgan sportçilarga, tumanning şarafini himoya qilayotgan bilimdon va taşabbuskor yoşlarga, xususan joriy yilgi Zulfiya nomidagi davlat mukofotining amudaryolik sohibasi va boşqa bir qator faollarga bayram sovğalari topşirildi.
Mukofotlarni qabul qilib olayotgan yoşlarning közlaridagi quvonç, yuzlaridagi faxr-iftixor tuyğulari barçaga kötarinki kayfiyat ulaşdi. Ularning har bir yutuği ortida davlatimizning kelajak avlodga qaratayotgan ulkan eʼtibori va ğamxörligi mujassam. Sahnada turib hayajon bilan taşakkur sözlarini aytayotgan yigit-qizlar ertangi nurafşon kunlarimizning çinakam bunyodkorlari, yurtimizning işonçli qanotlaridir.
Şundan söng tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan “Navrözni uluğlaş — insonni uluğlaşdir!” degan ezgu ğoyani özida mujassam etgan teatrlaştirilgan bayram tadbiri yiğilganlar eʼtiboriga havola qilindi.
Kontsert dasturida jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo döstlik va totuvlik, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar vakillarining milliy urf-odatlari, anʼana va qadriyatlari keng namoyiş qilindi.
Sahnada çiroyli bezatilgan bahor manzaralari, oçilib turgan şaftoli va örik gullarining maketi bayramga yanada fusunkorlik bağişladi. Sanʼatkorlarning kamalak ranglaridek tovlanuvçi milliy liboslari, doira zarblari va nayning umidbaxş sadolari atrofdagilarni beixtiyor raqsga çorladi. Har bir qöşiq va raqs tomoşabinlarning gulduros qarsaklari, şodon hayqiriqlari bilan qarşi olindi. Tabiat va inson uyğunligi tarannum etilgan bu çiqişlar qalblarda şukronalik hissini uyğotdi.
Bayram dasturidan mamlakatimizning har bir hududiga xos bölgan xalq öyinlari, askiya va hazillar, tomoşalar joy oldi. Qoraqalpoğiston va amudaryolik sanʼatkorlar tomonidan ona Vatan, bahor va Navröz, yangilaniş va yaşariş tuyğularini madh etuvçi kuy-qöşiqlar, raqslar ijro etildi.
El-yurt obodligi va farovonligi yölida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan, qişloq va mahallalar hududlarini boğ-roğlarga aylantirayotgan fermerlar, sohibkor-u boğbonlar Navrözdan keyin ekin-tikin işlariga kirişadilar. Sahnada bobodehqonlarning yerga uruğ qadaş jarayoni öziga xos teatrlaştirilgan tomoşalar orqali mahorat bilan körsatib berildi. Nuroniylar “Ilohim, bu yilgi hosilimiz möl bölsin, xirmonimizga baraka bersin!” deya ezgu tilaklar bildirib, duolar qildilar. Navröz nafaqat bayram, balki zahmatkaş dehqonlarimiz uçun yangi mehnat mavsumining boşlanişi, umid va qut-baraka deboçasidir.
Bayram tadbirlari doirasida milliy öyinlar va sport musobaqalari ham ötkazildi. Milliy kuraş, arqon tortişiş kabi bellaşuvlar ğoliblari aniqlanib, rağbatlantirildi. Uşbu bellaşuvlarni kuzatar ekanmiz, Navrözning neça asrlik qadriyatlar bilan uyğunligi yaqqol közga taşlanadi. Milliy kuraş xalqimizning qonida oqayotgan mardlik, halollik, çapdastlik kabi xislatlarni özida mujassam etgan bölsa, arqon tortişiş musobaqalaridagi jamoaviy birdamlik va halol raqobat yoşlarimizning kuç-qudratini, botirligini va har qanday qiyinçilikni birgalikda yengib ötişga tayyorligini anglatadi. Navröz şunçaki tomoşa emas, balki avlodlarni bir-biriga boğlovçi maʼnaviy köprikdir.
Globallaşuv davrida, dunyo şiddat bilan özgarayotgan bir vaqtda, Navrözdek qadimiy va sof bayramlarimiz asl insoniy fazilatlarimizni saqlab qolişda beqiyos ahamiyat kasb etadi. U bizni tabiatni asraşga, yon-atrofimizdagilarga mehribon bölişga va ötmiş ajdodlarimizning muqaddas anʼanalarini davom ettirişga undaydi.
Osmoni musaffo, tinç yurtgagina mana şunday töy-tomoşalar va sayillar yaraşadi. Şunday ekan, bugungi dorilamon kunlarning qadriga yetib, şukronalik bilan yaşaş har birimizning insoniy burçimizdir. Amudaryo tumanida kötarinki ruhda bölib ötgan bu galgi Navröz tantanalari ham qalblarda ana şunday şukronalik va minnatdorlik tuyğularini uyğotdi. Bu bayram özining “Navrözni uluğlaş – insonni uluğlaşdir” degan boş ğoyasi orqali har bir fuqaroning jamiyatdagi örni, uning qadr-qimmati naqadar baland ekanligini yana bir bor namoyon etdi.
Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan tom maʼnodagi tarixiy özgarişlarga mos holda, maʼno-mazmuni tobora çuqurlaşib borayotgan Navröz ayyomi butun yurtimiz böylab ovul va mahallalarda, şahar va qişloqlarda umumxalq sayli sifatida, kötarinki ruhda nişonlanmoqda.
Fursatdan foydalanib, barça yurtdoşlarimizni yaşariş va yangilaniş ayyomi – Navrözi olam bilan çin qalbimizdan tabriklaymiz! Bahorning gözal kunlari har bir xonadonga qut-baraka, soğlik-salomatlik va çeksiz quvonç olib kelsin. Har kuningiz Navrözdek fayzli va tarovatli bölsin, aziz yurtdoşlar!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶