Navröz — döstlik va hamjihatlik bayrami!
Azal-azaldan şarq xalqlari uçun yangi yil boşi, dehqon uçun baraka ramzi va insoniyat uçun mehr-oqibat timsoli bölib kelgan Navrözi olam şu kunlarda ham yurtimizning turli göşalarida katta şod-u hurramlik bilan nişonlanmoqda. Bugun tom maʼnoda yangilanayotgan Yangi Özbekistonda keçayotgan ulkan özgarişlar, bunyodkorlik işlari, xalqimizning ertangi kunga bölgan mustahkam işonçi va jamiyatimizdagi millatlararo totuvlik mana şu qutluğ ayyom şodiyonalarida yanada yorqinroq namoyon bölmoqda.
Nukus şahridagi “Nodavlat notijorat taşkilotlari uyi”da ham bahorning ilk oyining sönggi kunida Navröz bayrami keng turda nişonlandi. Özbekiston nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölinmasi taşabbusi bilan, bir qator hamkor taşkilotlar iştirokida taşkil etilgan “Navröz – yangilaniş, döstlik va baraka bayrami!” şiori ostidagi bayram tadbiri yurtimizdagi millatlararo totuvlik, bağrikenglik va mehr-oqibat tamoyillarining amaliy ifodasi böldi.
Tantanali tadbirda sözga çiqqan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining örinbosari Alişer Allaniyazov, Qoraqalpoğiston Qozoq milliy-madaniy markazi boşliği Asqar Umbetayev, Özbekiston nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölinmasi boşliği Quöatbay Karimxodjayev va boşqalar taʼkidlaganlaridek, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda millatlararo totuvlikni mustahkamlaş, turli xalqlar örtasida özaro hamjihatlik va bağrikenglik muhitini yanada kuçaytiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan.
Amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar va hayotiy çora-tadbirlar jamiyatimizda özaro hurmat va birdamlik tuyğularini yuksaltirişga xizmat qilmoqda. Darhaqiqat, bugun Özbekiston zaminida turli millat va elat vakillari ahil-inoq, bir oila farzandlaridek yaşab, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yölida bir yoqadan boş çiqarib mehnat qilmoqdalar. Navröz bayrami esa ana şu döstlik va bağrikenglik muhitini yanada jipslaştiruvçi, barçani bir ğoya va maqsad yölida birlaştiruvçi vositadir.
Tabiatdagi poklaniş jarayoni insonlar ruhiyatida ham aks etişi Navrözning eng gözal xususiyatlaridan biridir. Köpni körgan, hayot maktabini ötagan nuroniy oqsoqollarimiz taʼbiri bilan aytganda, “har bir yil bahoridan maʼlum”. Ular bu yilgi bahorning fayzli kelayotganini, köklamdagi yoğingarçiliklar möl-kölçilik va farovonlikning mustahkam zamini bölişini taʼkidladilar. Dasturxon ustida qilingan duolar va yaxşi niyatlar bayram tadbiriga alohida şukuh bağişladi.
Tadbir davomida taşkil etilgan körgazmalar va milliy liboslardagi çiqişlar iştirokçilarning yodida uzoq vaqt saqlanib qoladigan böldi. Turli millat vakillarining özlariga xos milliy kiyimlarining namoyişi, mohir hunarmandlar tomonidan tayyorlangan xalq amaliy sanʼati durdonalari körgazmasi xalqimizning boy madaniy merosini özida aks ettirdi. Madaniyat va sanʼat sohasi vakillari ijrosidagi kuy-qöşiqlar, jöşqin milliy raqslar va kontsert dasturi bayram qatnaşçilariga yuqori kayfiyat ulaşdi. Har bir kuylangan taronada va ijro etilgan raqsda vatanga muhabbat, tinçlikka şukronalik, bahor va Navröz soğinçi mujassam böldi.
Tadbir davomida Navrözning nafaqat milliy bayram, balki xalqlar örtasidagi döstlik köprigi sifatidagi örni ham alohida eʼtirof etildi. Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş va ularni asl holiça kelajak avlodlarga yetkaziş har birimizning burçimiz ekani yana bir bor taʼkidlandi.
Navröz şunday qutluğ ayyomki, u inson qalbidagi eng oliyjanob fazilatlarni — keçirimlilik, saxovat va mehr-şafqatni uyğotadi. Bu bayram bizni yanada jipslaştirib, yurtimiz tinçligi va farovonligi yölida yanada hamjihatlik bilan mehnat qilişga undaydi.
Yangilaniş va ezgulik fasli bölgan Navrözi olam munosabati bilan taşkil qilingan bayram tadbiri söngida nuroniylar har bir xonadonga qut-baraka, yurtimizga omonlik va dasturxonlarimizga tökin-soçinlik, xalqimizga baxt-saodat yor bölişini tilab, duoga qöl oçdilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶