28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:55
Maqolalar 👁 1,082

Ortingizda bir chimdim mehr qolsin

Ortingizda bir chimdim mehr qolsin

Mehr qahat boʻlmasin, azizlar

Mehr. Bor-yoʻgʻi toʻrtta harfdan iborat bu soʻzda ne sehr borki, insoniyat tugʻilganidan to soʻnggi nafasigacha shu moʻʼjizaviy tuygʻu ogʻushiga intilib yashaydi. Shundanmi, momo-bobolarimiz duoga qoʻl ochganlarida ulugʻ Tangri taolodan oʻgʻil-qizlariga aql-farosat, shafoatli hayot, el-yurtiga mehr-oqibat va birdamlik soʻrashni aslo kanda qilmaydilar. Momo-bobolarimiz biladilar: mehr ildiz otgan oilada inson, avvalo ota-ona, tugʻishganlik qadri hamisha baland tutiladi. Bunday oilalar ham, oila aʼzolari ham el-yurtga fayz bagʻishlab yashaydilar. Xalqiga, Vataniga fidoyilik qiluvchilar ham ana oʻshalardir. Oiladagi mehr-oqibatdan rang olib, elga qoʻshilgan, el boʻlgan bu kabi insonlarga nisbatan qalbimizda havas uygʻonadi. Lekin...

Bor-yoʻgʻi beshta harfdan iborat bu inkor soʻz koʻnglimizda avvalo hadik uygʻotadi, soʻngra... Soʻngra oʻz xulq-atvori bilan atrofidagilarga ozor yetkazuvchi, dillarga ranj-alam solib, koʻzlarni bemavrid yoshlaguvchi insonlarning mehrdan yiroq dunyosiga moʻralaymiz-u, vujudimiz muzlaydi. Mehribon koʻngillardan rang olib shodlangan koʻnglimiz xira tortadi.

“Lekin shundaylar ham borki, oʻz jigarbandidan mehrini darigʻ tutib yashaydi”, – deyishimiz bilan koʻz oldimizda mehr qahat oila, mehrdan mosuvo odamlar, tund chehralar gavdalanadi. Shunda dilimizdan bir fikr kechadi:

– Mehr qahat boʻlmasin, azizlar! Mehrsizlik insonlarni bir-biridan uzoqlashtiradi, obroʻsizlantiradi va ... el-yurt nazaridan qoldiradi...

Oʻgaylik devorini qulatgan mehr

Yaqindagina biz bilan ham-nafas, toʻlib-toshib yashab yurgan ajoyib onaxonimiz bexos yotib qolibdilar. Gap-u soʻzi oʻrinli, hikmatli, nihoyatda farishtali onaxonning mahallada hurmati biland edi. Koʻrgani bordim. Yoshligida nihoyatda goʻzal va latofatli boʻlgan bu ayolni keksaligida ham goʻzallik tark etmagan, yuzi-koʻzi nurli edi. Xastalik goʻyo adashib uning jismini mahv etgan-u, bir kuni tark etadiganday:

– Xudoyimga yoqibman, shekilli, dard berdi, shifosini ham beradi, shukur. Onaxonning har bir lutfida shukrona, dardidan soʻz ochmadilar. Garchi toʻshakda boʻlsalarda, meni shodon kutib, samimiy xayrlashdilar. Ikki kundan soʻng esa onaxon bandalikni bajo keltirdilar. Sadrxonada “onam”lab, “opam”lab, “jigarim”lab yigʻlaganlar, onaxonning tobutiga bir bora yelka tutmoqqa oshiqqanlarning hisobi boʻlmadi.

Men onaxonning butun hayotini yaxshi bilardim: ota-onadan yolgʻiz farzand boʻlgan bu ayol ikki marta turmush qurdi, farzand koʻrmagan, ikkinchi turmushida onasidan ayrilib yetim qolgan besh nafar bolaga onalik mehr-muhabbatini bergan, oʻqitish, uyli-joyli qilish uchun oʻzini oʻtga-choʻqqa urgan, bolalar otasidan ham ayrilib qolganida taqdirning bemavrid sinovlariga bardosh berib yashagan bagʻrikeng, koʻngli toza, mehr-oqibatda tengsiz ayol edilar. Kattasi 10 yoshda, kichigi 1 yoshda onadan, soʻng otadan ayrilgan goʻdaklar ayolning mehr ardogʻida ulgʻayishdi. Ularning qalbiga oʻgaylik umuman yot edi. Onaxon tuzgan oilaviy tartib, oilaviy tutum ularning qalbini mehr nuri ila ziynatlagan edi. Bu oilaga dillarda havas bisyor edi. Tarbiyali, bir-biriga mehribon, solih farzandlar onaxonning ortida bir soʻlim mevazor bogʻ kabi gurkirab qoldilar. Misoli mehr-muhabbat boʻstoni kabi!

Haddan ortiq mehr – isrofdir

Mahallada obroʻ-eʼtiborli yana bir onaxon vafot etdilar. Oʻzbekchilik, janozaga bordim. Onaxonning qizlari, tugʻishganlari saf tortib oʻtirgan sadrxonada ayanchli holat: kelinlar bir taraf, onaxonning qizlari bir taraf dahanaki jang ustidan chiqdik. “Astagʻfurilloh!” – deb yoqasini tutamlagan qancha-yu, ularni murosaga keltirmoqqa intilganlar qancha?!

– Onamning sirgʻasini nega yechib olasan, ne haqqing bor! – Kelinlarni talaydi qiz.

– Oltin va kumush uzugiyam yoʻq, – qoʻshimcha qiladi yana biri.

Onaxoning kelinlari lom-mim deyishmaydi. Lekin tilli-jagʻli ovsinlardan biri qizlarni “gij-gij” laydi:

– Archasi (sandiq)da falon-falonday narsalari ham bor edi-ya, chiqmadi...

Keksa momolardan biri oʻrtaga tushdi:

– Bibijon (ismi oʻzgartirildi) barcha ogʻirlikni oʻz gardaniga olib, sizlarga faqat mehr beraverib, mehr koʻrmagan ekan, bechora. Otadan mehr koʻrmadi, erta yetim qoldi, deb nuqul oʻzi yugurib-yelib, sizlarni taltaytirib yuborgan ekan. Ortidan bunday mojarolar chiqishini ham bilgan, boyaqish. Bibijonning sirgʻasi ham, uzuklari ham menda, nima qilasizlar? Meniyam talaysizlarmi yo onangizni oxirat manziliga tinchgina kuzatasizlarmi?

Hamma jim boʻlib qoldi. Jimlikni oilaning balogʻatga yetmagan 12 yashar kenja oʻgʻli buzdi. U dahlizda, mayyit yotgan eshik oldida uvvos tortib yigʻlardi:

– Men onajonimni bir koʻray, menga onajonimni koʻrsatinglar!

Bu holatdan yigʻlagan ham yigʻladi, yigʻlamagan ham yigʻladi. Oʻzlaridan tinib-tinchib ketgan uch qiz va ikki oʻgʻil mayyit yotgan eshikdan bosh suqib, onaizorining diydorini soʻnggi bor koʻrishga shoshilmadi.

Maʼlum boʻlishicha, onaxon oʻlimi oldidan kenjatoy oʻgʻli uchun yigʻib qoʻygan jamiki narsalariga qoʻshib sirgʻa va uzuklarini ham mahalla imomi guvohligida qoʻshni momoga topshirgan ekanlar va “oʻgʻlim uylanganida ishlatinglar” , – deya iltimos qilibdilar.

“Mehribon va mushfiq bu ayolning bu ishi balki toʻgʻri boʻlgandir”, – degan oʻy kechdi dilimdan. Bolalariga haddan tashqari mehr beraverib, pirovardida “onamiz shunday qilishi kerak”, – deb qabul qilgan, faqat mehr koʻraverib, xudbinlashib ketgan farzandlariga ishonmagani toʻgʻridir? Agar farzandlari dilida onasidan olgan mehrga ozgina boʻlsa-da mehr qaytarish hissi boʻlganida sadrxonada “onam”lab yoʻqlash oʻrniga sirgʻa bilan uzuk talashmas edi.

Shu yerda Navoiy hazratlarining: Mehr koʻp koʻrguzdim, ammo mehribone topmadim” radifli mashhur gʻazali yodga tushdi. Koʻrganim, kuzatganimdan hayotiy xulosa shuki, biz farzandlarimizga ortiqcha mehr beraverib, mehrimizni isrof qilmaylik, mehr berish asnosida ular qalbida yaqinlariga nisbatan mehr tuygʻusini ham uygʻotaylik, azizlar. Mehr koʻrguzib, mehr koʻrmoq yaxshi tarbiya va tutum ekanligini unutmaylik.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026