MILLATIMIZ QIYoFASINING HUQUQIY AKSI
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 26-yil tölmoqda. Şu davr mobaynida mazkur hujjatda aks etgan huquqlarimiz asosida xalqimiz ulkan yutuqlarga erişdi.
Konstitutsiyamizning davlatimiz va jamiyatimiz ravnaqi yölida tutgan örni haqida qançalik köp gapirsak ham oz.
Konstitutsiyamiz sodda, ravon va xalqçil tilda yozilgani uçun uni dunyoning yetakçi davlatlari Konstitutsiyalari bilan yonma-yon qöyiş mumkin.
Milliy Qomusimizning yana bir jihati borki, uning dunyo Konstitutsiyalari içida noyobligini belgilab beradi. Bu noyoblik milliy mentalitetimiz, urf-odatlarimiz, tariximiz bilan çambarças boğliq. Gap Konstitutsiyamizning “Oila” deb nom olgan XIV bobi haqida bormoqda.
Darhaqiqat, öz Konstitutsiyalarida oiladek muhim masalaga joy bergan davlatlar dunyoda sanoqlidir. Konstitutsiyamizning muqaddima qismida:
“... Hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatini anglagan holda...” – iborasi bejizga keltirilmagan. Zero asosiy Qonunimizda belgilanganidek, oila jamiyatning asosiy böğinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida böliş huquqiga ega.
Aytiş joizki, bu masalaga davlat darajasida katta eʼtibor qaratiş şu jamiyatning ertangi kuni qanday bölişiga bevosita boğliq.
Konstitutsiyaning 64-moddasida belgilanganidek, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bölgan bolalarni boqiş, tarbiyalaş va öqitişni taʼminlaydi, bolalarga bağişlangan xayriya tadbirlari va faoliyatlarni rağbatlantiradi.
Mustaqilligimizning ilk yillaridan davlatimiz tomonidan onalik va bolalikni himoya qiliş, ularni ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy jihatdan avaylab-asraş yölida köplab işlar amalga oşirilmoq-da. Birgina davlat byudjetidan taʼlim va soğlikni saqlaş sohasiga ajratilayotgan mablağlarning miqdori bunga yaqqol misol böla oladi. Bu kabi yuzlab misollarni keltiriş mumkin. Ammo şu örinda mavzuga oid tanqidiy nuqtai nazarni ham bildirib ötiş örinli deb hisoblayman.
Davlatimiz “Oila” institutini asrab-avaylaş borasida har qança urinmasin, afsuski, mazkur muqaddas dargohning qadriga köp putur yetkazilmoqda, nazarimda. Zamonaviy axborot texnologiyalarning rivojlanişi oqibatida taʼlim-tarbiya öçoği bölmiş oilaga ommaviy madaniyatning turli körinişlarda kirib kelayotgani, töylarimizdagi milliy qadriyatlarimizga zid bölgan urflarning yildan-yilga köpayayotgani va eng açinarlisi, şunday töylar sababli oilalarda ajraşişlar sonining oşib borayotgani jamiyatimizning har bir aʼzosini öyga soladi ...
Konstitutsiyamizda “nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”, – deb körsatilgan. Lekin “teng huquqlilik” tuşunçasi yoşlarimiz, köp hollarda ularning ota-onalari tomonidan notöğri talqin qilinişi, afsuski, oilalardagi munosabatlarning darz ketişiga sabab bölmoqda.
Statistik maʼlumotlarga qaraganda tumanimizda körilgan ajraşiş bilan boğliq fuqarolik işlari 2017-yilda 115 tani taşkil qilib, şundan 70 tasi qanoatlantirilgan. 2018-yil 9 oyida bu körsatkiç 119 ta bölib, qanoatlantirilgan arizalar soni 73 tani taşkil etgan. Anglaganingizdek, bu boradagi körsatkiçlar yil sayin oşib bormoqda.
Ajraşişlar sonining yildan-yilga köpayib borayotgani sababi nimada? Bunda gap faqat raqamlar haqida ketmayapti axir! Bu raqamlar orqasida neça-neça tirik yetimlar, yoş bolalarning öksigan qalblari, sudma-sud ovora bölgan er yoki xotin, davlat idoralarining mazkur muammo yeçimi yuzasidan qilayotgan çora-tadbirlari bor.
Şu örinda ajraşişlar sababi xususida qisqaça töxtalib ötsak.
Bunga sabab qilib oiladagi er-xotin örtasidagi özaro hurmatsizlik, oiladagi mulkiy munosabatlarning şaxsiy munosabatlardan ustun qöyilişi, ota yoki onaning oilaga, öz farzandlariga bölgan masʼuliyatsizligi kabi asosiy omillarni keltiriş mumkin. Şu bilan bir qatorda internet tarmoğidagi maʼlumotlar, uyali aloqa telefonlarining salbiy maʼnodagi imkoniyatlari, kundalik hayotimizdagi turk va boşqa millatga xos seriallarda qaynona va kelinlarga berilayotgan “saboqlar” ning köpayayotgani kabi ikkilamçi omillarni ham keltiriş mumkin.
Biroq hayotimizda sanab ötilgan salbiy omillarning barçasiga aks taʼsir etuvçi vositalar ham bor. Ammo bu vositalar oxirgi yillarda, afsuski köpçilikni qiziqtirmay qöydi. Gap sevib öqiladigan badiiy kitoblar va oiladagi tarbiya haqida bormoqda. Aynan şu ikki vosita har qanday insonni hayotning turli qiyinçiliklaridan olib çiqib keta oladi. Insonni sabrli va bardoşli qiladi. Bejizga Prezidentimiz deyarli har bir uçraşuv, majlis va intervyusida yoşlarni köproq kitob öqişga daʼvat etmayapti. Sababi ertamizning egalari ular. Baxtli oilalarimizning köp bölişi yoki aksi bölişi aynan yoşlarning bugungi kunda tanlayotgan yöliga boğliq...
Xulosa örnida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat tuzumi, suverenitetini, uning xalqaro maydondagi manfaatlarini mustahkam himoya qiliş bilan birga jamiyatning asosiy böğini bölmiş oilani ham şunday himoyasiga olgan va davlatimizda oilalarning ravnaq topişi uçun huquqiy jihatdan barça imkoniyatlarni yaratib berilganini alohida taʼkidlamoqçiman. Faqat oila atalmiş muqaddas dargohni davlat idoralari emas, biz özimiz, har bir ayol va erkak himoya qilişimiz kerakligini unutmasligimiz darkor. Zotan, bu dargohning darz ketişi ertaga jamiyatning parçalanişiga, bu esa öz navbatida davlat manfaatlariga putur yetişiga olib kelişi tayin.
Şunday ekan, keling, azizlar, har birimiz öz oilalarimizning tinçligini asraylik! Zero, şu – bir qaraşdan oddiy, lekin öta murakkab bölgan vazifamizni ado etişimiz davlatimiz kelajagiga qöşgan katta hissamiz böladi.
Jamşid BEKIMBETOV,
tuman Adliya bölimi boş maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶