Yoşlarning huquqiy savodxonligini yuksaltiriş va kasbga yönaltiriş borasida amaliy muloqotlar taşkil etildi
Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuçli fuqarolik jamiyati barpo etiş yölida amalga oşirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati, heç şubhasiz, yoşlarning huquqiy ongi va madaniyati qay darajada rivojlanganligiga bevosita boğliq. Sönggi yillarda Özbekistonda ösib kelayotgan yoş avlodni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalaş hamda ularning kelajakda munosib va jamiyat uçun foydali kasb egalari bölib yetişişlarini taʼminlaş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Uşbu ezgu maqsadlarni hayotga tatbiq etiş, öquvçi-yoşlar örtasida turli huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda ularning huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatiga bölgan qiziqişini yanada rağbatlantiriş maqsadida joylarda turli maʼrifiy tadbirlar, seminarlar va oçiq muloqotlar muntazam ravişda ötkazib kelinmoqda.
Amudaryo tumanidagi 1-sonli politexnikum hamda 40- va 1-sonli umumtaʼlim maktablari binolarida aynan yuqoridagi maqsadlarga xizmat qiluvçi, yoşlarning huquqiy ongi va bilimlarini mustahkamlaşga qaratilgan keng qamrovli uçraşuvlar bölib ötdi.
Uçraşuvlarda sohaning yetuk va tajribali mutaxassislari, mahalliy davlat hokimiyati vakillari va huquq-tartibot idoralarining rahbar xodimlari bevosita iştirok etib, yoşlar bilan yuzma-yuz, samimiy muloqot qildilar. Tadbirlarda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasining masʼul xodimi Alişer Yesemuratov, Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasining katta prokurori Rasul Jalğasbayev, şuningdek, Amudaryo tumani hokimining örinbosari Nodirbek Kamolov hamda tuman prokurorining yordamçisi Sanjar Abdullayevlarning iştirok etdi.
Sözga çiqqan soha mutaxassislari tomonidan Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasining bugungi kundagi faoliyati, uşbu nufuzli oliy taʼlim muassasasiga öqişga qabul qilişning zamonaviy va şaffof tartib-qoidalari töğrisida yiğilganlarga atrofliça va qiziqarli maʼlumotlar taqdim etildi. Tadbir iştirokçilariga akademiyadagi mavjud taʼlim yönalişlari, öqitişning öziga xos innovatsion xususiyatlari batafsil tuşuntirildi.
Uçraşuvlar erkin oçiq muloqot va savol-javoblar formatida ötdi. Bu esa yoşlarga özlarini qiziqtirgan, yeçimini kutayotgan barça masalalar yuzasidan bevosita mutaxassislardan javob oliş imkonini yaratdi. Öquvçi-yoşlar tomonidan huquqni muhofaza qiliş organlariga işga kiriş jarayonlari, talab etiladigan kasbiy va şaxsiy fazilatlar, prokuratura tizimidagi masʼuliyatli xizmat faoliyati yuzasidan köplab savollar berildi. Malakali mutaxassislar va rahbar xodimlar har bir savolga hayotiy misollar va amaldagi qonunçilik hujjatlariga tayangan holda, yoşlar auditoriyasi uçun tuşunarli, sodda va atrofliça javoblar qaytardilar. Bunday samimiy muloqot öquvçilardagi mavjud tuşunmovçilik yoki ikkilanişlarni bartaraf etib, ularning kelajakdagi maqsadlarini yanada oydinlaştirib olişga katta yordam berdi.
Amudaryo tumanidagi taʼlim muassasalarida taşkil etilgan uşbu mazmunli va foydali uçraşuvlar yoşlarning huquqiy bilimlarini oşirib, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga bölgan faol pozitsiyasini şakllantiriş, yurt kelajagiga daxldorlik hissini kuçaytirişga xizmat qildi.
Bu kabi uçraşuvlar ösib kelayotgan yoş avlodni qonun-qoidalarga hurmat, yuksak vatanparvarlik va adolatparvarlik ruhida tarbiyalaşda mustahkam maʼnaviy poydevor vazifasini ötaydi. Qolaversa, ertangi kunimiz egalari bölgan yoşlarni huquqni muhofaza qiliş organlarida halol va fidokorona xizmat qilişga rağbatlantirib, mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlaşga munosib hissa qöşadigan yetuk kadrlar zahirasini şakllantirişda ham bu kabi tadbirlarning ahamiyatm beqiyosdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶