18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 08:21
Maqolalar 👁 886

TAMAGIRLIK – INSONNI YOʻLDAN OZDIRADI

TAMAGIRLIK – INSONNI YOʻLDAN OZDIRADI

Bismillahir rohmanir rohiym!

Tama deb birovdan bir narsa umidvor boʻlmoqqa aytiladi. Barcha aʼzolari sogʻsalomat va kuch-quvvatli inson boshqalardan tama qilishi sharʼan harom va durust emasdir. Ammo jismonan ojiz va notavon, kuch-quvvatsiz kishilarga esa bunday holat hayotiy zaruratdan boʻlsa, muboh (halol)dir.

Tamagir inson xuddi yemga oʻrgangan hoʻkizga oʻxshab birovdan biron narsa undirish, uni oʻziniki qilish ilinjida yurgani uchun undagi hayo, nomus, andisha va insonlarga xos maʼnaviy tuygʻularga, borabora imoniga ham zavol yetadi. Bu masalada Mirzo Huqondiy (r.a.) shunday misralarni bizga marhamat qilganlar:

Ochlik bila kechursang necha kuz,

Ochmagil hargiz tama noniga koʻz.

Boʻlgʻuncha Mirzo tama noniga yor,

Ochlik tigʻi birla koʻksingni yor.

Qadimda juda taqvoli, ahli tariqatlardan boʻlgan Savbon (r.a.) ismli bir inson safarga chiqadilar. U kishi otda va jamoat esa piyoda borar edilar. Nogahon, hazratning qoʻlidan qamchisi yerga tushib ketadi. Ul zot chaqqonlik bilan otidan tushib qamchisini oladi va yana imkon qadar jamoatning diqqatini oʻziga tortmasdan otiga minadilar. Uning yonlarida piyoda kelayotgan ayonlaridan biri dedilar: “Buyursangiz, biz qamchingizni olib berardik-ku”. Savbon hazratlari esa: “Tamagir ahlidan boʻlib qolmayin, deb sizlarga qamchimni olib beringlar”, – deyishni oʻzimga maʼqul koʻrmadim”, –degan ekanlar.

Abu Homid Gʻazzoliy (r.a.) aytadilar: “Faqirlik va tama qilmaslik, bu juda yaxshi xislat. Ammo faqir kishi odamlardagi narsalarga tama qilmay, sabr-u qanoatda boʻlib, oʻziga mol topish masalasiga qattiq qiziqmasdan yashamoqligi kerak. U bu xislatga faqat oʻziga va oilasiga yashashi uchun kundalik taom, kiyimi va maskandan oʻz hojatiga yetadigan miqdorigagina rozi boʻlishi va undan kamiga esa sabr qilishi, bir kuniga yoki bir oyga yetadiganidan ortigʻini oʻylamasligi lozim. Mabodo, bundan koʻprogʻini oʻylab, notoʻgʻri yoʻllarga kirib, orzu-havasi oshsa, tama va hirs xorligiga yoʻliqib, uning faqirlik maqomatiga qusur yetgan boʻladi”, – deganlar.

Fors mamlakatidan ikki yigit Chin mamlakatiga tomon safarga chiqishadi. Yigitlardan biri oilasida nihoyatda yuksak taʼlim va tarbiya olgan, sabr-u qanoatli edi. Ammo uning yoʻldoshi boriga qanoat qilmaydigan, oʻjar va tamagir feʼlli inson edi. Ular yoʻlda ketayotib yarmi yerga koʻmilgan katta xarsang toshga koʻzlari tushadilar. Toshda esa: “Kimki bu toshni yerdan kovlab chiqarib, uni aylantira olsa, xarsangning tagida koʻmib qoʻyilgan katta boyliklarga, dur-u javohirlarga ega boʻlishi mumkin, kimda sabr-qanoat boʻlsa, shuning oʻzi bu xarsangning ostidagi boyliklardan afzalroqdir”, – deb oʻyib yozilgan ekan. Boyagi tamagir yigit bu xatni oʻqigach, talvasaga tushib, besaranjom boʻlib, hali qoʻlga kiritilmagan boylik hirsida yonib, tezroq toshni kovlab, uning ostidagi dur-u javohirotlarga ega boʻlish niyatida yonidagi yigitdan nomaʼlum mol-dunyoni qizgʻanib, tirnoqlari bilan boʻlsada toshni kovlashga kirishib ketadi. Yuksak tarbiyali va sabr-qanoat sohibi boʻlgan ikkinchi yigit esa xazina toʻgʻrisidagi bitikni oʻqigach, bunga parvo ham qilmasdan, oʻz yoʻlida davom qiladi. U oʻziga-oʻzi deydi: “Agar Tangri kimgaki ehson qilsa, xazina oʻzi toshni yorib chiqadi”.

Yigit tuni bilan yoʻl yurib, bir shaharning darvozasiga yetib keladi. U shaharga kiruvchilarning eng birinchisi edi. Bu mamlakatning odati va qonuniga koʻra, elning podshosi olamdan oʻtsa, podshohning valiahdi boʻlmasa, uning oʻlimini qattiq sir saqlashi va shu kuni erta tongda shahar darvozasidan kim birinchi boʻlib ichkari kirsa, ushbu kishini agar aql-zakovatli, bilimdon boʻlsa, saroy ayonlari oq kigiz ustida boshiga toj kiygizib, el-yurt oldida podshohlik taxtiga oʻtqazib qoʻyishar ekanlar. Sabr-qanoatning mukofotini qarangki, oʻsha yigitni Xudo oʻzi yarlaqab, el ayonlari boshlariga koʻtarishib, hurmat va izzatlar bilan shu yurtning podshohlik taxtiga oʻtqazishibdi. Boyagi tamagir, hovliqma yigit esa yoʻl chetidagi toshni tinimsiz kovlab, joyidan agʻdarib koʻrsa, toshning u tomonida shunday bitik bor ekan: “Xomtama va aqlsiz inson bu dunyoda mashaqqatga qoladi”.

Birini sabr-qanoat podshoh qildi, birisini esa tama va dunyo hirsi xarob qildi. Kimga iqbol yor boʻlsa, qayoqqa yuz bursa, himmati uning yoʻldoshidir. Kishining himmati, uning yoʻlboshchisidir...

Abu Hozim aytadi: “Uch narsa kimda boʻlsa, aqli mukammal boʻladi: kim oʻzini bilsa, tilini keraksiz soʻzlardan tiysa, Alloh bergan rizqiga qanoat qilsa”.

Boylik bu – qanoatdadir. Dunyo rohatini esa koʻpdan qidiradilar. Aslida bu notoʻgʻri, rohat ozda boʻladi.

Endi hirs va tamaning muolajasi va insonni qanoatga olib keluvchi yoʻllar masalasiga ham ulugʻlar lafzidan ozgina toʻxtalib oʻtsak. Imom Ahmad Quloma Maqdisiyning “Saodat izlovchilarga qoʻllanma” nomli asarida insonlarda uchraydigan bu dardga davo uch qismdan iboratligini aytib: “Maishatda iqtisod qilish va nafaqada muruvvatli boʻlish, kim qanoatli boʻlishni iroda qilsa, imkoni boricha xarajat eshiklarini berkitishi va oʻzini lozim narsalardan tiyishi, qanday taom boʻlsa, shunga qanoat qilishi, taomga qoʻshilib yeyiladigan narsalarning oziga ham koʻnikishi, bir dona kiyim bilan kifoya qilishi va oʻzini, ahli oilasini ham shunga oʻrgatib borishi shart” – deganlar...

Qanoatda, shubhasiz, ulugʻvorlik, tama va hirsda xorlik borligini bilish kerak. Kimda-kim maylistagidan sharafini ulugʻ deb bilmasa, uning aqli zaif va imoni qusurlidir.

Mol-dunyo yigʻishda koʻp xavf-u xatarlar boʻlishini tushunishimiz kerak. Musulmon inson doimiy ravishda faqirlik savobiga erishib borishi va oʻzidan quyi darajadagilarga, shuningdek oʻzidan yuqori saviyada boʻlganlarga doimiy ravishda ibrat nazari bilan qarashlari lozim boʻladi.

Xullas, sabr qilish, inson oʻz shaxsiyatidagi orzu va istaklarni maʼlum darajada cheklashdir. Bu oʻtkinchi dunyoda bir necha muddat oʻzni tiyib, sabr qilishdan maqsadimiz, xavf-u xatarsiz, emin-erkinlikda va jamiyatimiz qonunlariga toʻla-toʻkis amal qilgan holda farovon va obod, ozod yashashdir.

Mamlakatimizda poraxoʻrlik, uyushgan jinoyatchilik va tamagirlikning turli koʻrinishlardagi illatlariga keng jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorlikda kurash olib bormoqdalar. Muhtaram Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimizda olib borayotgan ichki va tashqi siyosatida ham bu kurash jarayoni oʻz isbotini topmoqda. Bu esa mamlakatimiz xalqlarining asriy orzusi edi.

Qodirbergan hoji.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026