TOʻGʻRI YOʻLDAN TOYGAN AYoLGA JAZO TAYINLANDI
Jamiyatda erkak adashsa – bir kishining fojeasi, ayol adashsa – butun avlod fojeasi. Chunki ayol farzandni dunyoga keltiribgina qolmay, uni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazuvchi, koʻnglida ajdodlarimizga munosib qilib voyaga yetkazib, xalqimizga sidqidildan xizmat qiladigan, yurtimizni sevib ardoqlaydigan komil inson tarbiyalashda masʼul boʻlgan shaxsdir. Farzand tarbiyasida otalarning, oiladagi boshqa shaxslarning rolini kamsitmagan holda aytish mumkinki, onalarning oʻrnini hech kim bosa olmaydi.
Onalikning ham oʻziga yarasha burch, masʼuliyatlari bor. Bu burch va masʼuliyatini anglamaydigan onalar esa farzandlarini lozim darajada tarbiya qila olmasligi tayin.
Nukus shahridagi posyolkalardan birida tugʻilib oʻsgan, oilasiz, bir farzandning onasi boʻlgan Biybigur (ism oʻzgartirilgan) ana shundaylar toifasidan. U ishlamay moʻmay pul topish, hayotda yallo qilib yurish uchun hatto oʻz tanasini sotishdan ham qaytmadi. U shunday huquqbuzarlikni sodir etayotgan vaqtida tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlarining el tinchlik, osoyishtaligini saqlash, huquqbuzarliklar, jinoyatlarning oldini olish maqsadida oʻtkazilgan tadbiri davomida qoʻlga olindi.
Bu huquqbuzarligi uchun u tuman Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudi tomonidan tegishli maʼmuriy jazoga tortildi.
M.KARIMBOYeVA, tuman Maʼmuriy sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶