“GIYoHVANDLIK — ILLAT, UNGA QARŞI KURAŞIŞ HAR BIR INSONNING BURÇI” MAVZUSIDA SEMINAR TAŞKIL ETILDI
Giyohvandlik — asr vabosi. Bu illat insonni nafaqat aqlan va ruhan yemiradi, balki vaqtida aniqlanib, unga qarşi keskin kuraş çoralari qöllanilmasa, giyohvandlik odamni jisman yöq qiladi, yaʼni ölimga olib keladi. Şu bois, bu illatga qarşi kuraş butun dunyoda global tus olgan va dunyo davlatlari siyosatida ustuvorlik kasb etgan. Bu borada mamlakatimizda ham aholini giyohvandlik balosidan asraş, ularning tinçligi va osoyiştaligini taʼminlaşga qaratilgan keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda. Amudaryo tumani Madaniyat bölimi binosida ötkazilgan “Giyohvandlik — illat, unga qarşi kuraşiş har bir insonning burçi” mavzusidagi seminar ham bu boradagi amaliy işlarga misoldir.
Tadbir Amudaryo tumani hokimi örinbosari Nodirbek Kamolov tomonidan oçildi va olib borildi. Seminarda Amudaryo tumani Içki işlar bölimi boşliği Temurbek Doşumbayev, tuman prokurori örinbosari Omirbay Xudaybergenov hamda tuman mahallalarida istiqomat qiluvçi yoşlar, taʼlim-tarbiya va jamoat faollari iştirok etdilar.
Seminar avvalida masʼullar yurtimizda jamoat xavfsizligini mustahkamlaş va fuqarolarning huquqlarini himoya qiliş maqsadida olib borilayotgan islohotlarga töxtaldilar. Alohida taʼkidlanganidek, joriy yilning 3-noyabr sanasida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida”gi muhim Farmon kuçga kirdi. Mazkur Farmon bilan giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olişga masʼul davlat organlarining ustuvor vazifalari belgilab berilgan.
Farmonda taʼlim muassasalarida, öquvçi va talabalar orasida psixofaol moddalarning tarqalişiga batamom çek qöyiş, yoşlarda giyohvandlik illatiga murosasiz munosabatni şakllantiriş, noqonuniy aylanmaga qatʼiy jinoiy-huquqiy mexanizmlar orqali barham beriş va jazo çoralarini keskin kuçaytiriş, şuningdek, yoşlarga nisbatan sodir etiladigan narkojinoyatlar uçun javobgarlikni oğirlaştiriş közda tutilgan.
Seminarda sözga çiqqan Amudaryo tumani prokurorining örinbosari Omirbay Xudaybergenov tumanda jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş maqsadida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarga eʼtibor qaratdi. Uning taʼkidlaşiça, joriy yilning ötgan 10 oyi davomida giyohvandlik vositalari bilan boğliq 2 ta holat aniqlanib, jinoyat işi qözğatilgan.
Tuman Içki işlar bölimi boşliği Temurbek Doşumbayev esa giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarşi kuraşiş böyiça 2024-2028-yillarga möljallangan milliy strategiya ijrosi yuzasidan IIB tomonidan amalga oşirilgan işlar va tezkor tadbirlar natijalari haqida maʼlumotlar taqdim etdi.
Taʼkidlanganidek, 2025-yil 29-noyabr kuni olib borilgan “Tun” tezkor-tadbiri davomida tuman mahallalaridan birida yaşovçi fuqaroning uyining qozonxonasidan “marixuana” giyohvandlik moddasi va uruğlari, şuningdek, heç qanday hujjati bölmagan 1 dona pnevmatik qurol hamda 13 dona 12 kalibrli ov qurollari aniqlanib, hujjatlaştirilgan.
Yana bir fuqaroning giyohvand modda isteʼmol qilib yurganligi haqidagi murojaat böyiça tezkor tadbir ötkazilib, uşbu şaxs tibbiy ekspertiza xulosalariga köra Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari asosida jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Seminar davomida taʼlim-tarbiya sohasi va jamoat faollari hamda yoşlar giyohvandlikka qarşi kuraşiş nafaqat huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari, balki har bir fuqaroning zimmasidagi burçi ekanligi xususida öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Seminar yakunida iştirokçilar uçun tuman Madaniyat bölimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyiş etildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶