26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 22:32
Maqolalar 👁 838

Mehr qahat boʻlmasin!

Mehr qahat boʻlmasin!

Yaqindagina guvoh boʻlganim bir voqea ushbu maqolani yozishga turtki boʻldi. Bir davrada oʻn chogʻli 40-45 yosh atrofidagi ayollar oʻtirishardi. Barchasining nigohi xona toʻrida oʻtirgan, yoshiga nisbatan ortiqcha pardoz-andoz qilgan, sochlari yelkasiga tushib turgan toʻladan kelgan ayolda edi. Gap-soʻzlaridan ayol xorijda ishlab qaytgandi.

– Kelganimdan beri hali uyda tura olmayapman ham. Har kuni bir boradigan joy chiqadi. Hali buyoqqa otlanayotsam, kichkina qizim yigʻlaguday boʻldi, ikki yilda endi keldingiz-ku uyda turmaysiz, deb. Boʻy yetay deb qoldi-ku, biroq hali qiligʻi goʻdakday. Emib qol, dedim.

Ayol shu kabi gaplar bilan hammani oʻziga qaratib tinmay gapirardi. Mening koʻz oʻngimda esa ikki yil eshik “tiq” etsa, “onam emasmikan?” degan umid bilan koʻzlari nigoron boʻlib intiq kutgan, uyiga kelgach ham oʻzi aytganiday, har kuni boradigan joyi chiqayotgan onasi mehriga tashnaligini arazi bilan ifodalayotgan qizaloq jonlandi. Xayolan u bilan suhbatlashaman: Eh... norasida! Sening gunohing nima ediki, onang davradoshlariga seni aytib, ustingdan kulsa?! Aybing onangni sogʻinganingmi? Bagʻrida boʻlishingni istaganingmi?..

Ikki yillab farzandlarini mehridan, tarbiyasidan mosuvo qilib bemalol xorijda yurgan ayol bularni idrok etolmasa, uyda oʻtiring, deya zorlanishini bolasining injiqligiga yoʻysa, senda ne ayb, qizaloq? Aslida sen izlagan, tashna boʻlgan onalik mehri onangda boʻlmasa (agar shunday boʻlmaganida shuncha vaqt oilasidan uzoqda yura olarmidi, farzand diydori qiynamasmidi?), hatto kelgach ham sen bilan bamaylixotir oʻtirishga bordi-keldilardan orttirib vaqt topolmasa, nachora, qizaloq!..

Afsuski, farzandlarini goʻdakligidanoq qaynona-qaynotasiga, biror yaqiniga, hatto yetti yot begona-enagalarga tashlab, xorijda pul topgani ketgan ayollar anchagina. Bagʻridan ungan bolasining nahot pulchalik qadri boʻlmasa ularga?

Shu mavzuda gap ketsa, koʻpchilik roʻzgʻori ehtiyojlari uchun yurganini aytib, oʻzini oqlaydi. Toʻgʻri, roʻzgʻor – gʻor, deganlariday, tirikchilikning oʻzi boʻlmaydi. Biroq buning uchun nahot ayol – avvalo farzand tarbiyasiga, roʻzgʻor ishlariga masʼul, xonadonini mehr nuri ila obod etib, oila aʼzolarining oʻzaro ahilligini, hamjihatligini taʼminlashi lozim boʻlgan nozik xilqat, mukarram zot xorijga borishi lozim boʻlsa? Tashvishlanarlisi, ularning mehriga zor boʻlib oʻsgan, vaqtida tarbiya berib, nazorat qilinmagan farzandlarning kelajagi nima boʻladi?

Qolaversa, xorijda ishlab yurgan ayrim ayollar xulq-atvorida oʻzimizning milliy mentalitetimizga xos boʻlmagan koʻrinishlar ham joy olayotgani barchaga ayon. Shularni oʻylagan odamning koʻngliga bir haqli savol keladi: oila ustuni sanalmish erkaklar-chi? Nega ular ayoli xorijdan yuborgan pullarini yeb, bola boqib oʻtirishdan uyalmaydigan boʻlib ketishayapti?

Xalqimizda ayollar qadim-qadimdan asrab-avaylangan, eʼzozlangan. Buni miloddan avvalgi birinchi ming yillikda yaratilgan “Avesto” dagi “Ayollarni mukarram tutinglar”, “Bahor oyining bir kuni ayollar iydi – bayrami qilib belgilab qoʻyilsin”, degan jumlalardan ham anglash mumkin.

Ayni kunda ham yurtimizda ayollarning oilalar tinch-totuvligini taʼminlashda, farzand tarbiyasida oʻrni juda muhim. Shu boisdan ham ularni ijtimoiy himoya qilishga, qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor tobora kuchaytirilmoqda. Ilm olishi, ishlashi, ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilinmoqda.

Bularning zamirida har bir ota-ona oʻz oilasida farzandlarini globallashuv jarayoni kechayotgan bugungi tezkor davrda yot gʻoyalarga berilmaydigan, odobli, yuksak maʼrifatli qilib voyaga yetkazishlariga, har bir oilaning obod, farovon boʻlishiga erishishdek ezgu maqsadlar mujassam. Chunki farzand tarbiyasiga eng avvalo, ota-ona javobgardir. Ota-ona mehri farzandga hech qachon qahat boʻlmasin.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026