26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 19:53
Maqolalar 👁 1,275

HAR SOʻZNI OʻYLAB AYTING, KUFRDAN VA KOFIR BOʻLIShDAN SAQLANING

HAR SOʻZNI OʻYLAB AYTING,  KUFRDAN VA KOFIR BOʻLIShDAN SAQLANING

Bismillahir rohmanir rohiym!

“Alfozi kufr” toʻgʻrisidagi taʼlimdan ozgina boʻlsa-da, xabardor boʻlish har bir iymonli inson uchun til ofatlaridan saqlanmogʻida oʻta muhim va zaruriy hisoblanadi. Bu masalada “alfozi kufr” har bir musulmonga oʻz tiliga erk bermasdan nihoyatda ehtiyot va hushyor, sergak boʻlishni, turli yaramas soʻzlardan tiyilib, dilini ham buzuq oʻy-fikrlardan pok saqlashi kerakligini oʻrgatuvchi fiqhiy yoʻnalishdir.

Inson zohiri va botinini musaffo holatga keltirishi, dunyo va oxirati gʻamini yeyish masalalari va uslublari oʻtgan fiqhiy olim-ulamolarimiz tomonidan bizlarga atroflicha bayon qilinib, kitoblarga bitilib ketilgan. Biz faqat ilm izlashga ozgina vaqt ajratib tumanimizdagi kutubxonalarga borishimiz, oʻqib-oʻrganishimiz va astoydil oʻz ilmlarimizga amal qilmogʻimiz lozim boʻladi. Mabodo, bunga ham imkon topa olmasak, ushbu kichik maqolamizga qanoat hosil qilib, ularni oʻrganishlaringizga toʻgʻri keladi. Ammo maqolamiz zinhor birovlardan ayb izlab, ularni eʼtiqod borasida obroʻsizlantirish yoinki oʻzimiz obroʻ qozonish, birovlarni kamsitish maqsadida bayon qilinmasdan, savob va ilm hosil qilish maqsadidagi kichkina bir harakatdir.

“Kufr” soʻzi – lugʻatda “shubha”, jaholat va inkor kabi sabablar bilan iymon keltirilmogʻi shart boʻlgan narsalarga iymon keltirmaslik maʼnosida beriladi. Aynan bu yoʻnalishda kufr uch xilga boʻlinadi:

–jahliy kufr – kofir va johil insonlarning kufrlari shunga oʻxshaydi;

– inkoriy va inodiy kufr – firʼavn va shunga oʻxshagan insonlarning kufrlari;

– hukmiy kufr – sharʼan iymon keltirmogʻi kerak boʻlgan narsalarni tahfif (kamsitish va pisand qilmaslik) etish natijasida maydonga keladigan kufr.

Baʼzi bir insonlar iymon va kufrning nima ekanligini, hidoyat, zalolat nima, dindan chiqib ketish nima ekanligini mohiyatan anglay olmasligi ham mumkin. Kalimai tavhid (shahodat)ni odat tarzida ogʻzaki tartibda aytish bilan insonni faqatgina ijmoliy (nomufassal – toʻliqsiz) iymonga keltirish mumkin. Ammo, “alfozi kufr”ni tushunish ancha mushkul boʻlsa-da iymonni tushunish, uning maʼnaviy sofligi amalini yuzaga keltirishda jiddiy eʼtiqodiy sof tushuncha hosil qilish zarur. Bu masalada birmuncha tushunmovchiliklarni bartaraf qilish uchun oddiy avomni qiynab qoʻysalar, masjidlar va mahallalar imom-xatiblaridan ilmiy tushunchalar olsalar juda durust boʻladi.

“Jomeʼ ul mutun”da “alfozi kufr” beshta turga boʻlinib bayon qilingan:

Birinchidan, Alloh taologa, Uning sifatlariga va afʼoliga taalluqli boʻlgan kufr soʻzlarni soʻzlamaslik joiz.

Bunda bir kishi Allohni noloyiq bir narsa bilan vasf etsa, ismlari va buyruqlarini masxara qilsa, Uning soʻzlarini inkor qilsa, sherigi, ayoli, bolasi bor desa, Unga jaholat, ojizlik va ayb-u nuqsonlarni nisbat bersa, Quddus, Qayyum va Rahmon kabi ismlarini maxluqotga taqasa kofir boʻlib dindan chiqadi.

Bir kishi: “Alloh menga shuni buyur-sa, qilmayman”, – desa kofir boʻladi. Bir kishi, Qurʼon va hadisda kelgan xabarlarning zohirini qasd etib, “Alloh fissamo” (“Alloh osmonda”) desa, kofir boʻlmaydi. Agar, mabodo, uning maqsadi Allohga makon nisbat berish boʻlsa, kofir boʻladi. (“Bahr ul-Kalom”dan olindi).

“Fusulayn” kitobida bunday deyilgan: “Bir kishi, Alloh bandalarini hukm qilish uchun oʻtiradi, turadi, desa va Unga yuqorida yoki pastda boʻlmoq kabi narsani izofa qilsa, kofir boʻladi. Bir kishi bizga “osmonda Xudo, yerda falonchi...” – desa ham kofir boʻladi.

Bir kishiga: “Allohdan qoʻrq”, desa, u: “Qoʻrqmayman”, – desa ham kofir boʻladi. Bir xotindan: “Gʻayb ilmi sirlarini bilasanmi?” –deb soʻrasalar, u: “Ha”,– deb javob bersa, nikohi bekor boʻladi. (“Barcha narsalarni bilguvchi yagona Allohdir”, desa nikohi buzilmaydi).

Bir bemor odam haqida: “Bu odam shu kasalligidan oʻladi”, – degan kishi kofir boʻlib dindan chiqadi. (Yagona Alloh biladi, davo berguvchi ham oʻzi, desa kofir boʻlmaydi). “Alloh hamma uchun yaxshi, lekin mening uchun yomon, menga yomonlik qildi”, – degan kishi kofir boʻladi. Zulm qilgʻuvchi odamga: “Allohdan qoʻrq yoki menga nohaq zulm qilaverishga Allohdan qoʻrqmaysanmi?” – desa, u zulmkor: “Qoʻrqmayman, bor, bilganingni qil”, – desa, albatta, zulmkor kofir boʻladi. Bu soʻzni zulm holatida soʻzlamasdan, qilgan ishida haqiqatni yuzaga chiqarish va ifodalash maqsadida aytsa, kofir boʻlmaydi. Bunday hayotiy misollardan koʻpini keltirishimiz mumkin. Ammo tafakkur qilish uchun shuning oʻzi ham yetarli boʻladi.

Paygʻambarlarga taalluqli boʻlgan va ularning shaxsiyatiga odobsizlik bilan aytilgan kufr soʻzlarni aytish.

“Bazzoziya”da keltirilishicha: “Dastavval Paygʻambarlar Allohning amr va nahiylarini insonlarga bildirgan zotlar ekanligini bilganidan keyin ularning barcha keltirgan vajlarini tasdiq etib, iymon keltirmoq vojibdir”.

Masalan, barcha yaxshiliklari bilan el orasida nazarga tushgan yaxshi bir odamni: “Bu paygʻambar odam”, yoki “Paygʻambardan ham yaxshiroq odam”, – deyishi bilan dindan chiqib, kofir boʻlishi muqarrar boʻladi.

Bir kishi xotiniga: “Hozir pulim yoʻq”, – deganida xotini: “Yolgʻon gapirayapsiz”, – desa va u odam: “Pulimning yoʻqligiga Paygʻambarlarni va farishtalarni guvoh qilsam-da gapimga ishonmaysanmi?” – deganida unga xotini: “Ha, ishonmayman”, – desa, u xotin kofir boʻladi va nikohi fasod buladi.

Bir ayol bilan bir erkak ikkovi kelishgan holda bir-birlariga oʻzaro nikohlansalar va “Allohni va Paygʻambarni bu nikohimizga guvoh qildik” – desalar yoki “Alloh va farishtalarni bu ishga guvoh qildik”, – desalar ularning qilgan ishlari nosharʼiy harakat boʻlganligi sababli kofir boʻladilar.

Uchinchidan, Qurʼoni karimga, ibodatlarga oid kufr soʻzlarni gapirmaslik zarur. Masalan, Qurʼondan biron oyati jalilani inkor qilgan, Qurʼoni karimni va masjidni mensimagan va dinga binoan hurmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan joylarga bepisandlik bilan qarab: “bularning barchalari xatodir”, – degan inson kofir boʻladi.

Bir bemorga yoki bir kishiga: “Namoz oʻqi”, – deyilganida: “Abadiyan namoz oʻqimayman”, – demogʻi kufr boʻladi. Bu masalani kufr emas deganlar ham boʻlgan. Yana bir kishiga namoz oʻqishini buyurishganlarida: “Oʻqimayman”, – deyishini kufr deganlar. Faqat namozning farz ekanligini inkor etsagina kofir boʻladi, deganlar. Mashhur faqih imom Muhammadning fikricha: “namoz oʻqimayman”, – degan soʻzning ham toʻrt ehtimoli bor: Yaʼni, “chunki men namozimni oʻqiganman”. “Sening buyrugʻing bilan oʻqimayman. Chunki sendan koʻra xayrli zot menga namoz oʻqishni buyurganlar”. “Fosiq boʻlganim uchun oʻqimayman”. (Bu uch hol ham kufr emas). Ammo: “Oʻqimayman, mening zimmamda farz emas, menga namoz oʻqish amr qilinmagan”, –desa, bu hol kufrga eltadi.

Bir kishi “namoz oʻqi” desa, ikkinchi kishi: “nafaqaga chiqsam, ishni qoʻysam, keyin namozni oʻqiyman”, – desa ham kofir boʻladi.

Bir kishi “namoz oʻqi” degan kishiga: “Sen namoz oʻqib, nima orttirding, nima foyda koʻrding?” –desa kofir boʻladi.

Bir kishiga “namoz oʻqi”, deyilganida: “ Ramazon oyi kelsin, oʻqiymiz, chunki ramazon oyidagi bir rakaat namoz boshqa oylardagi yetmish rakaat namozning savobini berar ekan”, – desa u kishini kofirlikka yetaklaydi.

Rukuʼ va sujudning farz ekanligini inkor qilgan va azonni masxara qilgan kofir boʻladi. Ammo azon aytguvchi muazzinning shaxsiy feʼlini koʻzda tutib masxaraomuz gap aytsa, unda kofir boʻlmaydi, gunohkor boʻladi.

Bir kishiga: “nega Qurʼoni karim oʻqimaysan?”- deyilganida, ”toʻydim” yoki “yoqtirmadim”, – desa kofirdir.

Bir kishi boshqa biriga: “Mushafning haqqini ol”, –desa kufrdir.

Toʻrtinchidan, ilmga va odamlarga tegishli kufr soʻzlarni aytmaslik shart.

Bir olim kishi bir masala yuzasidan gapirib turganida yoki bir hadisi-sharif rivoyat qilayotganida: “albatta, bu pul uchundir!”, “bugun izzat va hurmat pulda, ilmda emas!”, – degan kishi kofir boʻladi.

Bir kishi yonidagi qoʻshnisiga jiddiy yoki hazil qilib: “turgil, ilm majlisiga boraylik”, – desa-yu, qoʻshnisi: “ularning aytganlarini kim qila olardi, ilm majlisidan menga nima foyda tegar edi?” – desa, kofir boʻladi.

Bir kishi boshqa bir kishiga jiddiy yoki hazillashib: “ilm majlisiga borma, borsang, xotining taloq boʻlib, senga harom boʻladi”, –desa, uning oʻzi kofir boʻladi. “Bir qozon goʻsht qovurdoq men uchun ilm majlisidan afzaldir”, – desa ham musulmon kishi kofirga aylanadi.

hukmlardan birini masxara qilgan kishi ham dindan chiqib kofir boʻladi.

Beshinchidan, turli xil mavzulardagi kufr soʻzlarni tilga olmaslik kerak.

“Iymon ortadi yoki kamayadi”, – desa kufr boʻladi. “Kofir jannatdami yoki doʻzaxdami?” – degan kishi esa kofirdir.

Bir kishi yana birisiga: “oxirat uchun dunyoni tark et”, – desa, u: “men naqdi turganda nasiyani nima qilaman?” – desa kofir boʻladi. “Halol rizq yegin”, – degan odamga “haromni haloldan koʻra koʻproq yaxshi koʻraman”, – deguchi ham kofirdir.

“Aroqni yoki boshqa mast qiluvchi ichimliklarni juda yaxshi koʻraman, shularni ichmasam yashay olmayman” – degan kishi ham, “mast qiluvchi ichkilik harom emas”, – degan kishi ham kofirdir. Chunki bu odam haromligi sharʼan aniq boʻlgan narsani halol, degani uchun dindan chiqadi.

Bir kishi bir musulmonni nohaq kufrda ayblasa oʻzi kofir, xotini taloq boʻladi. Goʻshti yeyiladigan mollardan birini soʻksa, Imomi Aʼzam hukmiga koʻra, kofir boʻladi. Imomi Muhammad va Imomi Yusuf mazhablarida esa kofir boʻlmasdan, gunohkor boʻladi.

Bir kishining boshiga turli musibatlar tushsa-yu, u Allohga “uyimni, bolamni, mol-u mulkimni, mansabimni olding, tagʻin nima qilmoqchisan, sening menga qilmagan ishing qoldimi?” – desa kofir boʻladi. (Aslida u kishi Allohga “menga oʻzing toʻzim bergin, ey yagona Allohim, ne qilsang ham oʻzing Bilguvchi va Yaratguvchimsan, meni oʻzing rost yoʻlingga solgin”, – degani maqbul boʻlar edi).

Bir kishi kichik gunoh qilib qoʻysa, unga imom masalani tushuntirsa ham tushunishni mutlaqo istamasa, “tavba qiling”, – desalar, “men nima ayb qildimki, tavba qilsam”, – degani uchun u kishi kofir boʻladi. Kichik yoki katta gunohni halol, degan kishi ham kofir hukmida boʻladi.

Ushbu maqolamizda bilar-bilmas qilgan xato va kamchiliklarimiz sodir boʻlsa, Siz muhtaram gazetxonlarimizdan oldindan kechirim va uzrlar soʻraymiz.

Qodirbergan hoji Jumamurod oʻgʻli, tarixchi va islomshunos, mehnat faxriysi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026