24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 10:51
Jamiyat 👁 361

Kelasi haftada mamlakatimiz boʻylab “Keksalar haftaligi”ni oʻtkaziladi

Kelasi haftada mamlakatimiz boʻylab “Keksalar haftaligi”ni oʻtkaziladi

Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat, oila va mahallalardagi tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi 816-sonli qarori bilan har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” deb belgilangani keksa avlod vakillariga boʻlgan hurmat va eʼtiborning yana bir ifodasidir.

30-sentyabr kuni Amudaryo tumani hokimligi binosida boʻlib oʻtgan yigʻilishda ushbu haftalik doirasidagi tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha har bir mahallada amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yigʻilishda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenbayev hamda “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida tumandagi turli korxona-tashkilot rahbarlaridan tuzilgan ishchi guruh aʼzolari ishtirok etishdi.

Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev haftalik doirasida har bir keksa holidan xabar olish, ularga mehr-muruvvat koʻrsatish, ijtimoy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilib kelinayotgan saʼy-harakatlarni yanada jadallashtirish lozimligini aytib oʻtdi.

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenbayev 3-9-oktyabr kunlari “Keksalarni eʼozlash, ularga hurmat ehtirom koʻrsatish-xalqimizga xos ezgu fazilat” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan holda keksalar haftaligi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi bilan barchani tanishtirdi.

Taʼkidlanganidek, mazkur haftalik davomida mahallalarda usta-hunarmandlar, kulollar tomonidan yaratilgan milliy mahsulot turlari, turli millat vakillarining amaliy sanʼat namunalari koʻrgazmasi tashkil etiladi. Shuningdek, keksa avlod vakillari uchun Toshkent shahri va viloyatlar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etiladi. Qolaversa, barcha ziyoratgoh va qabristonlarda hamda yakka-yolgʻiz keksalarning xonadonlarida hasharlar oʻtkaziladi.

Shu kuni tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida ham shu mavzuda yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirok etdi.

Yigʻilganlarga haftalik doirasida keksalarning uy-joy, maishiy muammolarini hal etishga, sanatoriya-kurortlarda sogʻlomlashtiish va davolanishlari uchun sharoitlar yaratilishiga alohida eʼtibor berilib, har bir mahallada yashovchi keksa avlod vakillari reja asosida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, sogʻligʻini tiklashlari uchun amaliy yordamlar berilishi lozimligi alohida taʼkidlandi.

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi bilan birgalikda hududlarda nogironligi bor keksa ayollarga reabilitatsiya-texnik vositalari taqdim etilib, ehtiyojmandlarini bepul jarrohlik yoʻli bilan sogʻlomlashtirish choralari koʻriladi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, keyingi yillarda nuroniylarning nafaqa va pensiyalarini oʻz vaqtida, ular istagan shaklda yetkazib berish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, salomatligiga eʼtiborni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar keksalarimizning farovon hayotida oʻz aksini topmoqda.

“Keksalar haftaligi” va shu singari ijtimoiy loyihalar yoshi ulugʻ insonlar mamlakatimizda doimo eʼtibor va eʼzozda ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

F.Eshimbetova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026