"Ğayratli keksalar" şiori ostida ötkazilgan navbatdagi musobaqalarda şaxmat va şaşka sporti böyiça mahoratli va ğayratli nuroniylar aniqlandi
Mamlakatimizda mahallalarda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, ayniqsa, faol nuroniylarni va ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, Prezidentimizning 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oşirişga faol nuroniylarni jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaşga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli keksa avlod vakillari tobora faollaşib, yoşlarga ibrat bölişmoqda. Ayniqsa, nuroniylar iştirokida ötkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, turli sport musobaqalari ularning jamiyatda soğlom turmuş tarzini qaror toptirişga bölgan iştiyoqlarini rağbatlantiriş imkonini bermoqda.
“Nuroniy” jamğarmasi Amudaryo tumani bölimi tomonidan “Ğayratli keksalar” şiori ostida deyarli har haftada taşkillaştirilayotgan sport musobaqalari, salomatlik uçun piyoda yuriş tadbirlari qamrovi tobora kengayib, bu tadbirlarga tumanning eng çekka hududlarida istiqomat qiluvçi nuroniylar ham qamrab olinayotgani juda quvonarli.
Dastlab “Ğayratli keksalar” şiori ostidagi döstona bellaşuvlar sportning milliy kuraş turi böyiça ötkazilib, unda tuman bosqiçi ğoliblari aniqlangan edi. Navbatdagi musobaqalar esa ğayratli-şijoatli keksalarning şaxmat va şaşka böyiça özaro bellaşuvlariga boy tarzda ötdi.
Mazkur musobaqaning tuman bosqiçida tumandagi 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yiğinlaridan kelgan nuroniylar iştirok etdilar. Qizğin bahslarga boy, döstona vaziyatda ötgan musobaqalarda Olmazor, Gulzor, Boğ, Böston mahallalari nuroniylari faollik körsatdilar. Ayniqsa, şaxmat böyiça bölib ötgan ğayratli keksalarning bellaşuvi qiziqarli taassurotlarga boy, kuraşçanlik ruhida ötdi.
Unga köra, ğayratli-şijoatli nuroniy Mamatsolay Matyoqubov eng mohir şaxmatçi sifatida eʼtirof etilib, 1-örinni egalladi. Özining çiroyli kombinatsiyalarni qöllaş mahorati bilan hakamlar hayʼati aʼzolarining eʼtiborini qozongan Şomurod Ibodullayev 2-öringa munosib körildi. Şaxmat sporti böyiça 3-örin Jumaboy Matvafoyevga nasib etdi.
Şaşka böyiça ayollar örtasida ötkazilgan musobaqalarda özining tengsiz mahoratini namoyon etgan ğayratli nuroniy Zulfiya Allayorova faxrli 1-örinni egalladi. Musobaqada Böston mahallasi şarafini muvaffaqiyatli himoya qilgan ğayratli nuroniy Nina Xöjayeva 2-öringa loyiq körildi. 3-örin esa musobaqa davomida ğalabaga bölgan işonçini yöqotmagan, qalbi ğayrat-şijoatga töla nuroniy Gulçehra Allamovaga nasib etdi.
Döstona va samimiy vaziyatda ötgan musobaqa yakunida faxrli örinlarni egallagan ğayratli nuroniylarga musobaqa taşkilotçilari tomonidan çuqur minnatdorlik bildirilib, “Nuroniy” jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimining diplomlari va esdalik sovğalari topşirildi.
Musobaqa ğoliblarini taqdirlaş marosimida sözga çiqqan nuroniylar Yurtboşimiz tomonidan mamlakatimizda, şu jumladan Amudaryo tumanida ham keksa avlod vakillariga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va rağbatdan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Şu bilan birga nuroniylar örtasida bu kabi musobaqalar, ayniqsa, sport turlari böyiça bellaşuvlar, ertalabki salomatlik uçun piyoda yuriş maşqlari, soğlom turmuş tarziga bağişlangan tarğibot-taşviqot tadbirlarining köproq ötkazilişi tarafdori ekanliklarini maʼlum qilib, bu işlarning keksalar faolligini oşirişdagi ahamiyatiga yuqori baho berdilar.
Robiya Yöldoşeva tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶