Amudaryoda nuroniylar örtasida “Ğayratli keksalar” sport musobaqasi ötkazildi
Jamiyatning mustahkam tayançi, yoş avlodning maʼnaviy ustozlari bölmiş nuroniy otaxon va onaxonlarimiz hamişa davlatimizning yuksak eʼtiborida hamda ardoğida bölib kelmoqda. Bugungi şiddat bilan rivojlanayotgan davrda keksa avlod vakillarining hayotini sermazmun va yorqin lahzalarga boy tarzda taşkil etiş, ularning soğliğini asraş, şuningdek, ijtimoiy va madaniy faolligini oşiriş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan sanaladi. Şu örinda, yaqindagina Amudaryo tumanida ötkazilgan soğlom turmuş tarzi bayrami, aniqroği, faxriylar iştirokidagi ommaviy musobaqalar yuqoridagi fikrimizning yorqin dalilidir.
“Nuroniy” jamğarmasi Amudaryo tumani bölimi taşabbusi bilan hududdagi eng faol, şijoatli va sportsevar nuroniylar örtasida “Ğayratli keksalar” şiori ostida sport musobaqasining tuman bosqiçi kötarinki ruhda ötkazildi.
Taʼkidlaş joizki, sport tadbiri Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabr kungi “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oşirişda faol nuroniylarni jalb etiş va ularning imkoniyatlaridan samarali foydalaniş töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida taşkil etildi. Mazkur hujjatning tub mohiyatida keksa avlod vakillari uçun ularning yoşi, salohiyati va jismoniy holatiga töla mos keladigan turli sport tadbirlarini muntazam hamda tizimli ravişda taşkil etiş maqsadi yotadi. Qolaversa, ularni ommaviy jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişga keng jalb etiş orqali soğlom jamiyat poydevorini yaratişdek ezgu maqsadlar mujassamdir.
Davlatimiz rahbarining uşbu qarori doirasida amalga oşirilayotgan va butun respublikamiz böylab quloç yozgan bu kabi tadbirlar amudaryolik keksalarining böş vaqtlarini sermazmun va foydali taşkil etişda katta ahamiyat kasb etmoqda. Ularning jismoniy hamda ruhiy salomatliklarini yanada mustahkamlaş, şuningdek, barça mahallalarda çin maʼnodagi “Farovon hayot” muhitini yaratişda mazkur musobaqalar beqiyos ahamiyatga ega.
Mazkur sport musobaqalarining tuman bosqiçida Amudaryoning eng faol va sportsevar nuroniylari şaxmat, şaşka, milliy kuraş hamda mini-futbol kabi 4 ta ommabop sport turi böyiça özaro kuç sinaşdilar. Bellaşuvlar davomida iştirokçilarning ğalabaga bölgan iştiyoqi va şu bilan birgalikda, özaro döstona raqobat muhiti barça yiğilganlarga özgaça zavq, kötarinki kayfiyat bağişladi.
Aql gimnastikasi sanalgan şaxmat öyini böyiça erkaklar örtasidagi bahslar öta keskin, murosasiz va qiziqarli vaziyatlarga boy tarzda keçdi. Donolar öyini yakunlariga köra, Ismoil Ibragimov barça raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-örinni egalladi. Navbatdagi poğonalar esa Rustam Yusupov hamda Botirjon Şomuratovlarga nasib etdi.
Ayollar örtasidagi şaxmat musobaqalarida esa Gulora Allayorova 1-örinni qölga kiritgan bölsa, Gulçehra Allabergenova 2-öringa sazovor böldi. Şuningdek, şaşka böyiça ayollar örtasidagi öyinlar ham qizğin pallalarga boy bölib, tomoşabinlarning diqqatini tortdi. Uşbu yönalişda Muhabbat Maşaripova tengsiz va mahoratli deb topilib, 1-öringa munosib körildi. Umida Bekimbetova 2-örinni va Gulçehra Atabayeva 3-örinni egallaşga muvaffaq bölib, tomoşabinlarning olqişlarini olişdi.
Uzoq tarixga ega bölgan milliy iftixorimiz — kuraş bellaşuvlari esa sport muxlislarining asosiy diqqat markazida böldi. 80 kilogrammgaça bölgan vazn toifasidagi bellaşuvlarda Köklan polvon Rahimov raqiblariga heç qanday imkoniyat qoldirmay, mutlaq ğolibga aylandi va 1-örinni egalladi. Maxsud polvon Kenjayev 2-örinni, Gulmirza polvon Duşamov esa 3-örinni qölga kiritib, hali ham bilaklarida kuç borligini isbotlaşdi.
80 kilogrammdan yuqori bölgan vazn toifasidagi polvonlar bellaşuvi esa yanada hayajonli keçdi. Unda Davlatboy polvon Eşniyazov özining ajoyib usullari bilan barçani lol qoldirib, 1-örin sohibiga aylandi. Munosib raqiblar sifatida Allayor polvon Yuldaşev 2-örinni hamda Madiyor polvon Ğoipov 3-örinni band etişdi.
Mini-futbol böyiça bellaşuvlar ham çinakam sport bayramiga aylanib ketdi. Yaşil maydonda töp surgan nuroniylar jamoalari örtasidagi şiddatli hamda murosasiz öyinlar natijasiga köra, “Kuyuk-köpir” ovulining faol nuroniylar jamoasi barça raqiblaridan ustun kelib, 1-örinni egalladi. Futbol maydonida özlarining çiroyli öyinlarini namoyiş etgan “Olmazor” mahallasi vakillari 2-örinni egallagan bölsa, muxlislarning qizğin qöllab-quvvatlaşiga erişgan “Gulzor” mahallasi faxriylar jamoasi 3-örinni qölga kiritdi.
Musobaqaning eng hayajonli va esda qolarli lahzalari, albatta, tantanali taqdirlaş marosimi böldi. Yuqori tayyorgarlik körib, faxrli 1-, 2- va 3-örinlarni qölga kiritgan, şuningdek, bellaşuvlarda özining alohida faolligi, şijoati hamda sportga bölgan muhabbatini körsatgan barça faxriylar “Nuroniy” jamğarmasi tomonidan qimmatbaho sovğalar, diplomlar va esdalik mukofotlari bilan tantanali ravişda taqdirlandilar.
Taqdirlaş marosimida “Nuroniy” jamğarmasining Qoraqalpoğiston bölimi boşliği Tursunboy Abdijabbarov sözga çiqib, nuroniylarga körsatilayotgan bunday yuksak eʼtibor va çeksiz ğamxörlik uçun ular nomidan muhtaram Prezidentimizga çin dildan minnatdorlik bildirdi. Sözga çiqqan nuroniylar özlari yaşayotgan ovul va mahallalarda mana şunday zamonaviy va qulay şaroitlar yaratilib, ommaviy sport tadbirlari muntazam ravişda taşkil etilayotganidan behad mamnun ekanliklarini faxr bilan tilga oldilar.
Hayotning pastu balandlarini körgan otaxon va onaxonlarimiz özlarining samimiy dil sözlarida davlatimiz rahbariga hamda uşbu tadbir taşkilotçilariga çeksiz minnatdorçilik izhor etib, yurtimizning barqaror tinçligi, osmonimizning musaffoligi va xalqimizning farovonligini tilab, duoga qöl oçdilar. Keksalarni uluğlovçi mazkur sport musobaqasi nafaqat jismoniy sinov, balki avlodlar orasidagi mehr-oqibat, keksalarga bölgan yuksak ehtirom va soğlom turmuş tarzining yorqin namunasi sifatida barçaga birdek manzur böldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶