SOʻZDAN SOʻZNING FARQI BOR
Soʻz – sehrli. Bitta soʻz taʼsirida inson tubanlikka shoʻngʻishi yoki yuksaklik sari intilishi mumkin. Inson oʻylamay soʻzlab, kimningdir koʻngliga tegishi yoki oʻziga ortiqcha gʻalva orttirishi mumkin. Mabodo, oʻsha insonning maʼnaviy olami boy boʻlsa, soʻzlarining maʼnoli, maqsadli, jozibali boʻlishini taʼminlaydi. Bu haqda gap ketganda bobomning aytgan bir rivoyati esimga tushadi. Bobom shunday rivoyatlarni juda koʻp bor aytib, bizni xulosa chiqarishga undardi.
Emishki, bir shoh kunlardan bir kun tush koʻribdi. Tushida barcha tishlari toʻkilib qolibdi. Shunda shoh huzuriga donishmandlardan birini chaqirib, buning maʼnosini soʻrabdi. Donishmand birdaniga yigʻlab yuboribdi va:
- Ey shohim, sizning yaqinlaringizning hammasi vafot etadi, - debdi. Shoh gʻazablanib donishmandni jazolashni buyuradi. Keyin boshqa donishmandni chaqirib, undan ham soʻraydi. U esa birdaniga quvonib:
- Ey shohim, siz yaqinlaringizdan koʻra koʻproq umr koʻrarkansiz, – deb javob beradi. Shunday qilib shoh donishmandni dur-u gavharlarga koʻmib tashlabdi.
Shunday ekan, har doim soʻzlamoqchi boʻlgan soʻzimizni oʻylab soʻzlashimiz va ularni boshqalarga yumshoqlik bilan yetkazib berishimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi. Dono xalqimiz: "yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar”, - deb bejizga aytmagan.
Dinora KARIMBOYeVA,
Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.
(Foto: http://fikr.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶