25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 15:51
Jamiyat 👁 236

XALQ DARDINI OʻYLAB BELGILANGAN 10 TA USTUVOR YOʻNALISh YuRTMIZNING YaNADA FAROVONLAShIShIGA ASOS BOʻLADI

XALQ DARDINI OʻYLAB BELGILANGAN 10 TA USTUVOR YOʻNALISh YuRTMIZNING YaNADA FAROVONLAShIShIGA ASOS BOʻLADI

Qoraqalpogʻiston. Bepoyon kengliklari, choʻl-u qirlari, yashil vodiylari, qamish va yekanlar oʻsib yotgan shoʻrxok koʻllari va... ayni zamonda bu yurt xalqining dil dardiga aylangan Orolqum... Bu – biz sevgan, ardoqlagan zamin – Ona Yurt! Uning bagʻri keng, fidoyi, chehrasi hamisha ochiq, mehmondoʻst, mehnatkash xalqi har birimiz uchun aziz. Qoraqalpogʻistonning ertangi kuni, kelajagi uchun masʼullik tuygʻusi ham ana shu azizlik bilan tutash.
Joriy yilning 2-oktyabr sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasi yigʻilishini televideniye orqali kuzatarkanman, Qoraqalpoq xalqining dard-u gʻamiga yelka tutmoqqa qodir vatanparvarlargina bu yurtni yanada yuksaltirishlariga amin boʻldim. Ming shukurki, bu zaminda el-u yurtini aziz bilib boshida tutguvchi, shu xalq kelajagi uchun masʼullik tuygʻusi bilan yashaguvchi, elim, yurtim, degan fidoyi xalq farzandlari bisyor.
Odillik va shaffoflik asosida boʻlib oʻtgan sessiya yigʻilishida deputatlar va jamoatchilik vakillari Qoraqalpogʻistonning yangi rahbarini yakdillik bilan sayladilar.
Sessiyada soʻzga chiqqan Prezidentimiz Qoraqalpoq xalqining buyuk shoiri Berdaqning:
Xalqning gʻamini oʻylagan,
Yurt gʻamxoʻri kerak menga, - degan satrlarini keltirarkan, hozirgi murakkab sharoitda rahbar boʻlish oson emasligini, Qoraqalpogʻistonni rivojlantirish boʻyicha boshlangan ishlarni 2-3-marta koʻpaytirib davom ettirilishini taʼkidladi. Joʻqorgʻi  Kengesning yangi saylangan raisi Murat Kamalovning bu kabi keng qamrovli ishlarni sobitqadamlik bilan ado etishiga katta ishonch bildirdi.
Ishonch – katta imkoniyatlar tomon yoʻl, ishonch – inson ilmi, aql-zakovatini charxlab, ezguliklar sari yoʻllaguvchi kuch!
Prezident Qoraqalpogʻistonda oxirgi 4-yil ichida amalga oshirilgan ishlar, barcha sohalar boʻyicha oʻsish va rivojlanish surʼatlariga toʻxtalarkan, yangi rahbar faoliyatining eng muhim yoʻnalishi “Xalqning dardini eshitish va masalalarini hal etish” boʻlishi kerakligini taʼkidladi. Shu bilan birga hududda barcha sohalarni jadal rivojlantirish boʻyicha kelgusi 3-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar ishlab chiqilganini maʼlum qildi. Unga koʻra, har bir tumanda 2 tadan faoliyat turi “oʻsish nuqtasi” etib belgilandi. Respublika tumanlarini yanada ravnaq toptirish maqsadida mazkur “oʻsish nuqtalari” boʻyicha tadbirkorlik subʼektlari 3-yil muddatga yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, kichik korxonalarning aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qatʼiy miqdordagi daromad soligʻidan ozod qilinishini taʼkidladi.
Har bir tuman va shaharni jadal rivojlantirishga kuchli turtki berish, muammolarni tezkor hal etish uchun ularga vazirlar va banklar biriktirilib, kelgusi 3-yilga moʻljallangan oʻnta ustuvor yoʻnalish belgilab berildi. Qoraqalpogʻistonda juda qisqa fursat ichida:
- tumanlar va mahallalarni jadal rivojlantirish;
- aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish;
- investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
- Orol muammosining salbiy taʼsirini yumshatish;
- xizmat koʻrsatish sohasi salohiyatini toʻliq ishga solish;
- agrar sohani rivojlantirish;
- aholini uy-joy bilan taʼminlash;
- ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish;
- ayollarni qoʻllab-quvvatlash;
- jinoyatchilikning oldini olishga alohida eʼtibor qaratish koʻzda tutilmoqda.
Mazkur 10 ta ustuvor yoʻnalish boʻyicha belgilangan vazifalarni 3-yil ichida toʻliq amalga oshirishni taʼminlash, shu asosda Amudaryo tumanini ham jadal rivojlantirishga kuchli turtki berish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari OʻzLiDeP fraktsiyasi rahbari, Aktam Haitov va “Agrobank” ATB Boshqaruvi masʼul qilib biriktirildi.
Prezidentimizning mazkur koʻrsatmalari, yoʻl-yoʻriq va tavsiyalari Qoraqalpogʻistondagi barcha tumanlar qatori amudaryoliklar uchun ham yangi imkoniyatlar sari ochilgan oydin yoʻldir. Chunki, tadbirkorlik subʼektlarining yuqorida belgilab qoʻyilgan “oʻsish nuqtalari” boʻyicha 3 yillik soliqlardan, yakka tadbirkorlarning qatʼiy miqdordagi daromad soligʻidan ozod etilishining oʻzi xalqimizga davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan katta gʻamxoʻrlikdir.
Prezidentimiz deyarli har bir uchrashuv va mamlakat miqyosidagi yigʻilishlarda ayol-qizlarni qoʻllab-quvvatlash masalasiga alohida toʻxtalib oʻtadilar.
Yuqorida belgilangan 10 ta ustuvor yoʻnalishning biri yoshlar va ayollarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgani yanada quvonarli. Chunki, oilada ayol tinch, xotirjam hayotdan koʻngli toʻq boʻlsa, yoshlar kasb-korli, ilmli boʻlsa, jamiyat yanada farovonlashib boraveradi. Muammolar oʻz-oʻzidan kamayadi. Yoshlar va ayollarga eʼtibor nechogʻlik yuqori boʻlsa, oilalar ham barqaror, avlodlar barkamol boʻladi.
Agar eʼtibor berilsa, belgilangan har bir yoʻnalish biri-biri bilan uzviy bogʻliqlikda belgilangan. Unga koʻra, tumanlar va mahallalar jadal rivojlansa, aholi bandligini taʼminlash uchun koʻpdan-koʻp imkoniyatlar yaratiladi. Ish bilan band aholi daromad topadi, bu bilan kambagʻallikni qisqartirish sari qadam qoʻyiladi. Oʻz daromad manbaiga ega boʻlgan aholining uy-joy bilan taʼminlanishi esa infratuzilmaning rivojlanishiga yetarli turtki boʻladi.
Xullas, 10 ta ustuvor yoʻnalishning amaliy ijrosini taʼminlash Qoraqalpogʻistonning, shu jumladan, tumanimizning qiyofasini ham tubdan oʻzgartirib yuborishi tabiiy.
- Toshkentda nima yangilik boʻlsa, Nukusga kelishi kerak, - dedilar Prezidentimiz. – Yangicha ishlamasak, zamon qabul qilmaydi.
Darvoqe, yangicha ishlash, yangicha  fikrlash orqali biz oʻzimiz uchun aziz boʻlgan ona Yurtimizni yanada goʻzal, obod va farovon qilishga qodir fidoyi, oʻzaro ahil va jips xalq ekanligimizni amalda namoyon qilamiz. Shuning uchun ham Prezidentimiz Qoraqalpogʻistonni yanada rivojlantirishda, har bir tumandagi koʻchalarni, mahallalarni zamonaviy shaklga keltirish va odamlarga qulaylik yaratish lozimligini, bu ishlarni amalga oshirishda chin vatanparvar, mard va matonatli, jasoratli el ogʻalariga katta ishonch bildirdi. Biz sevgan ona Yurt – Qoraqalpoq zaminida ana shunday mard va matonatli, jasoratli insonlar yashab mehnat qiladilar va ular bu Vatanda betakror oʻzgarishlar yaratishga qodirlar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026